Turkiya tashqi siyosatiga nazar 29-qism

Turkiya va AQSh Munbichning taqdirini hal qilish bo’yicha kelishuv yo’lga qo’ydi.

Turkiya tashqi siyosatiga nazar 29-qism

 

Turkiya Respublikasi terrorizmga qarshi kurashda Afrindan keyin nigohini Munbichga qaratdi. Turkiya va AQSh Munbichning taqdirini hal qilish bo’yicha kelishuv yo’lga qo’ydi. Dasturimizning bugungi sonida Munbich masalasini muhokama qilamiz.

Avvalo Munbich haqida qisqacha ma’lumot berib o’taylik. Munbich Suriyaning Halab viloyatiga qarashli bir tuman bo’lib hisoblanadi. Evfrat daryosiga 35 km, Turkiyaga chegarasiga 40 km uzoqlikda joylashgan. Munbich territoriyasi hajmi jihatidan, hamda aholi soni jihatidan Halabning eng katta tumanidir. Munbich tumani Suriyada 2011 yilda boshlangan xalq qo’zg’alonlarini qo’llab quvvatlagan. Bu tuman 2012 yilning 17 iyulida Asad rejimi kuchlaridan muxoliflar nazoratiga o‘tdi. 2013 yilning aprel oyida esa, DAISh terror tashkiloti Halab hududlariga kirib kela boshladi.

Bu jarayonda Munbich muxolifati bilan DAISh o’rtasida kuchli to’qnashuvlar boshlandi. Xalqning DAIShga qarshi kurashi avj olishi bilan 2014 yilning boshlarida Munbichdagi mahalliy guruhlar o’zaro kelishib DAIShni Munbichdan quvib chiqarishga qaror berdilar. Muxoliflar 2014 yilning yanvar oyida DAIShni Munbichdan quvib chiqardi. Munbichning nazorati 15 kun muxolif guruhlar qo’lida qoldi. So’ngra, DAISh Munbichga yana ham qattiq hujum qila boshladi va natijada 2014 yilning yanvar oyida tumanni butunlay ishg’ol qildi. Bu jarayonda AQSh tomonidan qo’llab quvvatlangan YPG kuchlari tumanni DAIShdan ozod qilgan holda o’z hukmronligini o’rnatdi.

 Munbichning demografik tuzilishiga tarix jihatdan nazar tashlaydigan bo’lsak, turli madaniyatlardan ko’plab insonlar yashaganligiga guvoh bo’lamiz. Biroq, oxirgi 50 yilda aholi tuzilishining o’zgarishi natijasida Munbich sunniy arablar mezbonlik qilgan tumanga aylandi. 2017 yil oxirlarida tumanning jami aholi soni 600 mingga yetganligi taxmin qilinadi.

Hisobotga ko’ra, Munbichda 90% arab, 5% kurd, 4% turkman va 1% cherkeslar yashaganligi taxmin qilinadi.

Munbichdagi turkman qishloqlari tuman markazining shimolida joylashgan bo’lib, u yerda 8 ta turkman qishlog’i mavjud. Tuman markazida yashagan turkmanlar soni 4 yoki 5%ni tashkil qiladi.

Munbichda turkmanlar juda katta oila bo’lib yashaydilar. Lekin, arablar ularni ommaviy Turkman qabilasi deb ataydilar.

Munbichda DAISh hukmron bo’lgan davrlarda xalqning birgina istagi DAIShdan qutulish edi. Shu sababli, PKK/YPG terror tashkilotlari tumanga bostirib kirganida jiddiy qarshilikka uchramadi. Vaqt o’tishi bilan Munbich xalqining PKKga nisbatan ko’z-qarashi o’zgardi. PKKning mahalliy xalqqa nisbatan tazyiqlari kuchayishi va PKKga yaqin bo’lgan kurd aholini ularga qarshi gij-gijlashi xalqning fikrini o’zgartirdi.

PKK/YPG Munbichda strategik ahamiyatga ega bo’lgan maydonlarda yashovchi aholini majburiy ko’chishga undadi. So’ngra, PKK u yerdagi aholining mol-mulklarini talon-taroj qilishga kirishdi. Agar, u yerda yashagan biron kishi arab yoki turkman bo’lsa, uning turli muammolarga duch kelishi ehtimoldan holi emas. Turkiya qurolli kuchlari tomonidan Evfrat qalqoni harbiy amaliyoti o’tkazilgan hududda yoki Turkiya hududlari ichida siyosiy faoliyatlarda ishtirok etgan Munbichliklar bo’lsa, ularning qarindoshlariga tegishli mol-mulklar musodara qilinish holatlari kuzatiladi. Masalan; Munbichda tanilgan ziyoli oilalardan biri Suriya Turkman majlisi rahbari Vejih Jumaning Munbichdagi butun mol-mulki PKK terror tashkiloti tomonidan talon-taroj qilindi.

Haqiqat shuki, PKK terror tashkiloti Munbichni tark etishni xohlamaydi. Terror tashkiloti bu yerda taxt qurishni o’ylab, u yerning nomini ham “Mabuk” deya o’zgartirdi. Lekin, PKK AQShning himoyasisiz u yerda hukmronlik qilishiga imkon yo’qligini ham yaxshi biladi. Zero, Turkiya ham oxirgi paytlarda Munbichni ishg’ol qilgan terrorist guruhlarga nisbatan tazyiqlarni kuchaytirdi. Bu tazyiqlar AQShni Munbich bilan bog’liq Turkiya va PKK o’rtasida murosa yo’lini topishga majburladi. Bu sa’y-harakatlar 2018 yilning iyun oyida o’z natijasini berdi. AQSh va Turkiya Munbich bilan bog’liq yo’l haritasi ustida kelishib oldi. Bunga ko’ra, PKK/YPG terror tashkiloti tumanni tark etishi rejalangan.

 AQSh va Turkiya qo’shini hududda hamkorlikda nazoratni ta’minlaydi, Munbich uchun yangi kengash tuziladi va Munbich aholisi o’z uylariga qaytib kelib joylashishiga sharoit yaratiladi. Ikki davlat Munbich modelini Evfrat daryosining sharqida ham ishga solishga kelishib oldi.

Turkiya AQSh bilan tuzilgan kelishuv va hududda yuzaga kelgan vaziyat o’rtasida jiddiy farq borligini yaxshi biladi. Lekin, ushbu tashabbuslarga xozircha o’tish jarayonining bir bo’lagi sifatida qaramoqda. Bu to’g’ri strategiya, zero cheklangan tashabbuslarning o’zi ham Munbichda aniq natijalar paydo qilishi mumkin.

Kelgusi jarayonda nima bo’lishidan qat’iy nazar, Turkiya PKK terror tashkilotiga qarshi kurashni to’xtatmaydi. Shu sababli, Munbich va Evfrat daryosining sharqi bilan bog’liq tuzilgan kelishuvni amalda oshirishda muammo paydo bo’lgan taqdirda, Turkiya va AQShning bir-biriga qarama-qarshi bo’lishi ehtimoldan holi emas. Bunday bo’lgan taqdirda, Turkiya o’z chora-tadbirlarini o’zi olishi oshikor. Bu jarayonda Turkiya Munbich va Evfrat daryosining sharqini PKKdan qutqarish uchun ortiqcha energiya, vaqt va manba sarflashga majbur bo’ladi. Biroq, bu vaziyat Turkiyani bu yo’ldan voz kechirmaydi. Zero, buning o’rnagini Afrinda “Zaytun novdasi” harbiy amaliyotida ham butun dunyoga ko’rsatdi.

Otaturk Universiteti Xalqaro aloqalar bo’limi xodimi Jemil Do’g’ach Ipekning mavzuga doir mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.

 


Tanlangan kalimalar: Munbich , Suriya , AQSh , Turkiya

Aloqador xabarlar