Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an 15 iyul voqealari bilan bog’liq maqola yozdi

Erdo’g’an maqolada turk xalqi 15 iyul kechasi nafaqat harbiy to’ntarishni bostirdi, balki butun dunyoda demokratiyaning sharafini saqlab qolganligini ma’lum qildi.

1012623
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an 15 iyul voqealari bilan bog’liq maqola yozdi

Bugun Hurriyat va Sabah gazetasida Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning 15 iyul voqealari bilan bog’liq maqolasi chop etildi.

Erdo’g’an maqolada turk xalqi 15 iyul kechasi nafaqat harbiy to’ntarishni bostirdi, balki butun dunyoda demokratiyaning sharafini saqlab qolganligini ma’lum qildi.

Prezidentning ta’kidlashicha, siyosat tarixida eng katta hiyonatlardan biri xalqning jasorati bilan zafarga aylandi.

“Turkiya 15 iyulda hukumatga qarshi harbiy to’ntarishni bostiribgina qolmadi, ayni paytda butun dunyoda demokratiyaning qadr-qimmatini ham saqlab qoldi”,-deb yoziladi maqolada.

Shuningdek, 15 iyulda nafaqat Fathulloh Gulen harakatiga, balki barcha to’ntaruv havaskorlariga va terror tashkilotlariga aniq javob berilganligi ta’kidlandi.

“Bugungi kunda Turkiya 15 iyul voqealaridan oldingiga nisbatan yana ham kuchliroq, yana ham demokratikroq”,-dedi prezident Erdo’g’an.

FETO harakati deyarli yo’q qilinganligini, jami 16 mamlakatda tashkilotning muassasalari yopilganligini ma’lum qilgan Erdo’g’an: “Endilikda dunyoning hech bir davlati FETO terroristlari uchun ishonchli emasligini ko’rsatdik. FETO yetakchisi Fathulloh Gulen ustidan sudga shikoyatimizni qat’iy davom ettiramiz”,-dedi.

 

 

 



Aloqador xabarlar