TQKning terrorizmga qarshi kurashi davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlarining terrorizmga qarshi kurashi davom etmoqda.

TQKning terrorizmga qarshi kurashi davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlari tomonidan Turkiyaning O’smoniya, Shirnak va Diyarbakir qishloqlarida olib borilgan havo hujumlarida PKK terror tashkilotiga a’zo 17 terrorist yo’q qilindi.

Turk Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi tomonidan shu haqida berilgan bayonotga ko’ra O’smoniya, Shirnakning Beytushshebap va Diyarbakirning Kulp tumani sahrosidagi terroristlarga qarshi havo hujumi uyushtirilgan.

Amaliyotlar natijasida 17 terrorist yo’q qilingan.

Shirnakning Beytushshebap tumanida yarador ravishda qo’lga tushirilgan terroristlardan birining, tashkilotning Kalmehmetlar jabhasi lideri ekanligi iddio qilingan “Mehmet Goyi” laqabli Kadri Bayram ekanligi ma’lum bo’ldi.  

Mintaqada terroristlarga oid M 16 rusumidagi miltiq, 2 ta kalashnikov, qo’lda yasalgan portlaguvchi modda, 2 ta kichik yuk xalta va ko’plab ro’zg’or ashyosi topildi.

Turkiyaning Bitlis viloyatida ham 28-iyundagi amaliyot natijasida yo’q qilingan 10 terroristdan birining qidiruv ro’yhatiga kiritilgan PKK/ KJK terror tashkilotining Garzan yetakchisi Sefer Achar ekanligi aniqlandi.

 

 



Aloqador xabarlar