Kipr milliy masalamizdir, Kiprda odil va doimiy bir yechim topish esa asosiy  g’oyamizdir

Rasmiy tashrifi uchun Shimoliy Kipr Turk Respublikasini ziyorat qilgan Prezident Rajab Tayyib Erdo’g'an, “ Kipr milliy masalamizdir, Kiprda odil va doimiy bir yechim topish esa asosiy  g’oyamizdir .” dedi.

Kipr milliy masalamizdir, Kiprda odil va doimiy bir yechim topish esa asosiy  g’oyamizdir

Rasmiy tashrifi uchun Shimoliy Kipr Turk Respublikasini ziyorat qilgan Prezident Rajab Tayyib Erdo’g'an,

“ Kipr milliy masalamizdir, Kiprda odil va doimiy bir yechim topish esa asosiy  g’oyamizdir .” dedi.

Ozarbayjondan orolga tashrif buyurgan Erdo’g’an va ShKTR Prezidenti Mustafa Akinji bilan  o’zaro va ish ziyofatining ortidan, Prezidentlik saroyida qo’shma matbuoti anjuman uyushtirdi.

Erdo’g’an,

“ Turkiya, Kipr Turk xalqining yechimsizlikdan  jabr ko’rganlar holiga kelishiga hech qachon ko’z yumaydi, Kiprlik Turklar bir Kipr Rum davlatida etnik guruh holiga kelishiga ham hech qachon  ruxsat bermaymiz.” dedi.

Erdo’g’an, ShKTRning eng katta ehtiyoji bo’lgan suv bilan ta’min etdik deb eslatib, bu bilan  ShKTRni strategik jihatdan ustun qilish  hamda iqtisodiyotga katta hissa qo’shishiga qarata juda muhim bir qadam tashlaganlarini aytdi.

“ Kelgusi davrda Shimoliy Kipr Turk Respublikasini Sharqiy O’rta   yer dengizda  bir joziba  markaziga aylantiradi, jon boshiga tushgan milliy daromadni ikki barobariga ko’tarish asosiy maqsadimiz.”deb aytgan Erdo’g’an, buni mushtarak  kelishuv  va aql bilan davom ettiramiz dedi.

Prezident Erdo’g’an, Akinji bilan amalga oshirgan o’zaro  uchrashuvda kunning dolzarb masalasidagi ko’plab mavzuni ko’rib chiqdilar. Kipr masalasining yechimi jarayonida kelingan nuqtani muhokama qilganlarini, Bosh vazir Tufan Erhurman va hukumat bilan ish ziyofatida  uchrashdilar.

“ Kipr milliy masalamiz, Kiprda odil va doimiy bir yechim topish ham g’oyamiz.” Degan Erdo’g’an, shunday davom etdi:

“ Biz Turk tomoni sifatida bu mavzuda oxirgi 50 yildir har turli sa’y- harakatni ko’rsatdik faqat sa’y- harakatimizga qaramasdan orolda keng ko’lamli yechimni  maqsad qilib  olgan jarayonlar natijasida bir yil oldin Kipr Konferensiyasi natijasiz qolishi bilan afsuski yakunlandi. Buning sababi esa Kipr Rum qismining  o’zini orolning yagona egasi sifati  ko’rishga davom etishi, Kiprlik Turklar bilan siyosiy tenglik asosida sheriklik tuzishga va siyosiy kuchini bahamlashishga yaqinlashmasligi edi.

 Oradan bir yil o’tishiga qaramasdan Rumlarning  ushbu zehniyati hech bir shaklda o’zgarmadi”

 



Aloqador xabarlar