Mudofaa sanoatida milliy loyihalar 1-qism

Turkiyaning oxirgi yillarda mudofaa sanoatida amalga oshirgan muhim tashabbuslarining natijasi harbiy amaliyotlarda sezila boshladi.

Mudofaa sanoatida milliy loyihalar 1-qism

Turkiyaning oxirgi yillarda mudofaa sanoatida amalga oshirgan muhim tashabbuslarining natijasi harbiy amaliyotlarda sezila boshladi. Mamlakat hududlarida terrorist guruhlarga qarshi kurashdan tashqari, “Evfrat qalqoni” harbiy amaliyoti bilan boshlangan va “Zaytun novdasi” harbiy amaliyoti bilan davom etgan muvaffaqiyatli operatsiyalarda mahalliy va milliy mudofaa texnologiyalari qo’llanildi. Mahalliy qurollar, dronlar, qurolli uchuvchisiz havo vositalari butun dunyoning diqqatini o’ziga jalb qildi.

Avvallari, mudofaa sanoatida katta darajada chetga to’be bo’lgan Turkiya endilikda milliy kemasini, tankini, milliy radarini, uchuvchisiz havo vositalarini, milliy qurollarini ishlab chiqarmoqda va sun’iy yo’ldoshini jo’natmoqda.

Turkiyada mudofaa sanoatida qo’lga kiritilgan bu yutuqlar mudofaa sanoati kompaniyalari bilan harbiy muassasalarda xizmat qilgan xodimlarning hissalari va ayniqsa, oxirgi 15 yildan beri tashlangan qadamlarni oqilona boshqarishning natijasidir.

Nuri Demirag’: “Zafar burguti tayyora qanotining ustiga qo’ndi”

Turkiya mudofaa sanoati tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, mudofaa sanoati aslida katta xizmatlarga va fidokorliklarga qaramay, boshqaruvchilar tomonidan yetarlicha qo’llab quvvatlanmagan soha bo’lib keldi. 1930 yillarda Turkiyaning ilg’or tashabbuskorlaridan biri Nuri Demirag’ning hayot hikoyasi mahalliy sanoatda yillar mobaynida ko’zlangan maqsadga erishilmaganligini ko’rsatadi.

U mamlakatni temir yo’llari liniyalari bilan ta’minlaganligi uchun “Demirag’” ya’ni “Temir liniyasi” taxallusini oldi. Mamlakatni qayta tiklash uchun o’nlab ulkan loyihalarni amalga oshirdi. 1939 yilda samolyot ishlab chiqarib, aviatsiya maktabini ochishga muvaffaq bo’ldi. O’nlab uchuvchilarni yetishtirib chiqardi. Nuri Demirag’ “Zafar nayzaning uchida emas, zafar burguti havoda parzov qilib, tayyora qanotining ustiga qo’ndi” degan holda o’sha davrlarda ko’klarda parvoz qilishning qanchalik muhim ekanligini anglatdi. Anglatibgina qolmasdan, buni amalda isbotlash uchun samolyot zavodini qurdi. 1939 yilda ko’klarda parvoz qilgan birinchi mahalliy samolyotni ishlab chiqarishga muvaffaq bo’ldi.

Biroq, uning boshiga tushgan ishlar ajabtovur edi. Avvalroq mamlakatda energiya ehtiyojini ta’minlash uchun 1933 yilda “Keban suv ombori” loyihasini davrning kadastr vaziri Ali Chetinkayaga taqdim etar ekan, juda yomon muomalaga duch keldi. Ali Chetinkaya o’z davrida istiqlol sudlarida xizmat ko’rsatgan shaxslardan biridir. Demirag’ o’z loyihasini taqdim etar ekan, vazir “-Xa, Nuri bey suv ombori qurmoqchi bo’libsan. Qanday qurasan? Kim bilan qurasan? Bunchalik katta ishni qanday uddalaysan? Qurding ham deylik, u yerdan olingan energiyani kimga sotasan?” deya suvuqlik bilan munosabat bildiradi.

O’z muhandislari bilan kelgan Demirag’ bu javoblarga tayyor edi. Chunki, uning hisobotida bu savollarning barchasiga javob mavjud edi. Bunga qaramay vazir mavzuga befarq edi. Demirag’: “Bu masala mamlakat kelajagidir” deyishi bilan vazir uning so’zini bo’lib, shunday deydi.

“Mamlakatning kelajagini o’ylash senga qoldimi? Uni biz o’ylaymiz”,-deya jerkib tashlaydi. 1933 yilda loyihasi tamomlangan “Keban suv ombori” 1966 yilda takror muhim mavzuga aylanadi va qurilishi 10 yil davom etadi.

Davrning befarq yetakchilari tufayli shunaqangi muhim loyiha taxminan 33 yil oradan so’ng qurila boshlaydi.

Nuri Demirag’ 1939 yilda dastlabki milliy samolyotini ishlab chiqardi.

1935 yilda mamlakat ehtiyoji uchun zarur bo’lgan samolyotlarni sotib olish uchun safarbarlik boshlanadi. 10 ming liradan ko’proq ehson qilganlarning ismi samolyotga nom sifatida qo’yilardi. Nuri Demirag’ esa, ehson qilish o’rniga butun mol-mulkini milliy samolyotni ishlab chiqarish uchun sarflashga qaror beradi. O’sha kungacha mehnat qilib topgan bor puliga “xalqning omonati” sifatida qaraydi. “Yevropa va Amerikadan litsenziyalar olib, samolyot yasashni” ko’chirmachilik deb o’ylaydi va samolyot yasashda butunlay “turk modeli”ni ishlab chiqishga kirishadi.

1936- yili Beshiktashda zavotining negizi boshlatildi. Divrig’idagi zavod bilan mavjud Otaturk aeraporti bo’lgan joyda samoliyotlar uchun havo maydoni qurish faoliyatlari boshlatildi.

1937-yili Turk Havo Kengashi tomonidan uyushtirirgan 10 harbiy samolyoti bilan 65 ta grayder xarid qilgan Demirdag’ va guruhi kecha kunduz tinmay ishlayotgan edi. 1938- yili Otaturkning vafotidan keyin o’lkada siyosiy kelishmovsizliklar boshlangan. 1939- yilgi shartlar va Turk Havo Kengashi uchuvchilarining ijobiy hisobotlariga qaramasdan samolyotlar rad etildi. Bir samolyot Eskishehirda tor maydonda qo’nish majburiyatida qolgani uchun halokatga uchragan. Turk Havo Kengashi halokatning texnik sabablar tufayli maydonga kelganini ilgari surib xarid qilishni to’xtatgandir. Demirdag’ning u davrdagi barcha vakillarga qarshi tergov qo’zg’atishi va maktub yuborishi samara bermagan. O’lkaning kelajagi jihatidan muhim loyihalardan biri siyosiy kelishmovsizliklar tufayli ziyon bo’ldi.

Boshlang’ich va Asosiy Ta’lim Safarlarini rivojlantirish loyihasi (HURKUSH)

Hozirgi kunda boshqaruvchilarning ta’siri va ta'luqli tashkilotlar himoyasida mudofaa loyihalari ijro etilmoqda. HURKUSHning protopini ishlab chiqarish ham tamonlangandir. Ustida faoliyatlar davom etgan ilk milliy samolyotimiz 2030- yili samolarda parvoz qilishi uchun g’ayrat qilinmoqda. Yevropa noharbiy Havochilik tashkilotlaridan sertifikat olgan Turk samolyoti HURKUSHdan 2 ta prototip ishlab chiqarilgandir. HURKUSH,  harbiy va noharbiy havochilikda e’htiyojlarga javob berish maqsadida o’ziga xos ishlab chiqarilgandir. Shuningdek HURKUSH-C larga ham qurol o’rnatish faoliyatlari davom etmoqda.

 

Milliy Jangovor Samolyot Loyihasi

Milliy Jangovor Samolyot loyihasi Havo Kuchlari qo’mondonligining 2030-yildan keyin butun eh’tiyojlariga javob beradigan xususiyatda bo'ladi. Mahalliy ishlab chiqarish jadal davom atmoda bu doirada ilk safarning 2023- yili uyushtirilishi kutilmoqda.

 

F-35 Mushtarak Hujum Samolyoti

Yangi F-35 samolyoti beshinchi nasl, bir uchuvchi va bir motor bilan ko’p maqsadli harbiy samolyotni loyihalashtirish va ishlab chiqarish, AQSh boshchiligida xalqaro konsorsium (AQSh, Angliya, Italiya, Turkiya, Niderlandiya, Kanada, Avstriya, Norgeviya va Daniya) tomonidan olib borilmoqda. Turkiya ham joy olgan loyihada 100 samolyot olish bilan diqatlarni o’ziga jalb etgan. Turkiya sherik bo’lgan F-35 loyihasi doirasida birinchi samolyotni 21-Iyun kuni Teksas-Fort Worthda marosim bilan oldi. Mana uchuvchimiz AQShda ta’limini boshlatgan bo’lib buning yakunlanishi bilan parvoz qilishga boshlaydi.

Turkiya F-35lar uchun Yevropada motor va sozlash markaziga aylanadi. F-35 samolyotlarining eng murrakab bo’limlaridan biri bo’lgan “O’rta gavdasi” AQShdan tashqari faqat Turkiyada ishlab chiqariladi. Shuningdek F-35 A/B/C Kompozit Komponentlar, F-35 A/B/C Havo-Yerdan tashqari Yuk Toshuvchi-Pyon ham Turkiyada ishlab chiqarilmoqda. TUBITAK SAGE tomonidan ijtiro etilgan Roketsan ishlab chiqargan SOM-Jlarning F-35 Turkiyaga ko’ra moslashtirilmoqda.

Davlat dastaklagan loyihalar kuchga kirar ekan davlat to’sqinliq qilgan loyihalar hayotga tatbiq etilmagandir. Hayotga tatbiq etishga muvoffiq bo’lgan loyihalarning hikoyalarini tushntirishga davom etamiz.

 

 


Tanlangan kalimalar: mudofaa sanoati , mudofaa loyihalari , Turkiya

Aloqador xabarlar