• Video galereya

Saylov-2018:Turkiyada davlat yetakchilari saylovda ovoz bermoqda

Turkiya Oliy majlis spikeri Ismoil Qahramon: "“Saylovdan qanday natija olinsa, biz unga hurmat ko’rsatamiz”,-dedi.

Saylov-2018:Turkiyada davlat yetakchilari saylovda ovoz bermoqda

Bugun Turkiyada bo’lib o’tayotgan prezident va parlament saylovlarida davlat yetakchilari ham ovoz bermoqda.

Turkiya Oliy majlis spikeri Ismoil Qahramon Ankaradagi Chankaya boshlang’ich maktabida ovoz berdi.

Tarixiy ahamiyatga molik saylov bo’lib o’tayotganligiga diqqat qaratgan Qahramon: “Saylovdan qanday natija olinsa, biz unga hurmat ko’rsatamiz”,-dedi.

Jumhuriyat Xalq partiyasi rahbari Kemal Kilichdarog’li Ankaradagi Chukurambar Argentina boshlang’ich maktabida ovoz berdi.

Chiqishda savollarga javob bergan Kemal Kilichdarog’li xozircha saylovlar bo’yicha Turkiya miqyosida biron muammo yo’qligini aytdi.

“Saylovda xizmat qilgan xodimlar vazifasini adolatli bajargan taqdirda, demokratiyada xavotirga o’rin qolmaydi”,-dedi Kemal Kilichdarog’li.

 


Tanlangan kalimalar: prezident saylovi , saylov , Turkiya

Aloqador xabarlar