Bugun Turkiyada prezident va parlament saylovlari o’tkazilmoqda

Saylovda ovoz berish jarayoni mahalliy vaqt bilan soat 08:00da boshlandi.

Bugun Turkiyada prezident va parlament saylovlari o’tkazilmoqda

Bugun 24-iyun yakshanba kuni Turkiyada prezident va parlament saylovlari o’tkazilmoqda.

Saylovda ovoz berish jarayoni mahalliy vaqt bilan soat 08:00da boshlandi.

Turkiyada hammasi bo’lib, 56 mln 322 ming 632 fuqaro ovoz berish huquqiga ega bo’lib, ular mamlakat miqyosida tashkil qilingan 180 ming 65 saylov uchastkasida ovoz beradi.

Saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 17:00gacha ishlaydi.

Xorijda 1.5 mln Turkiya fuqarosi muddatdan avval ovoz berib bo’ldi.

Ushbu saylovda birinchi marta yotaloq bemorlar yoki nogironlar uchun ko’chma saylov qutilari tashkil qilindi.

Yotaloq bemorlar yoki nogironlar ko’chma saylov qutisida ovoz berish uchun oldindan murojaat qilinishi zarur.

Ko’chma saylov qutilari bu shaklda murojaati qabul qilingan saylovchilar yoniga olib boriladi.

Ma’lumotga ko’ra, mamlakat bo’ylab yotaloq bemorlar ro’yxatiga olingan 17 ming 258 saylovchi bu shaklda ovoz beradi. Ular uchun 1303 nafar saylov qutisi tashkil qilindi.

Prezident saylovlarida 6 nomzod kuch sinashadi: Ular Turkiyaning amaldagi prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an (Adolat va taraqqiyot partiyasi), Muharram Enje (Jumhuriyat xalq partiyasi), Salohiddin Demirtash (Xalq demokratiyasi partiyasi), Meral Akshener (Yaxshi partiya), Temel Karamullaog’li ( Baxt partiyasi) va Do’g’u Perinchek (Vatan partiyasi).

Saylov kuni barcha ommaviy axborot vositalari soat 21:00 dan keyin erkin faoliyat olib boradi lekin, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ma’qul ko’rilgan taqdirda, soat 21:00 dan oldin ham erkin efir olib borishiga qaror beriladi.

 

 

 



Aloqador xabarlar