• Video galereya

Hatayda 29 nafar qochqin qo'lga tushdi

Turkiyaning Hatay viloyatining Altino’zu tumanida Suriyadan Turkiyaga noqonuniy yo’llar orqali o’tishga harakat qilgan 29 qochqin qo’lga tushdi.

Hatayda 29 nafar qochqin qo'lga tushdi

Turkiyaning Hatay viloyatining Altino’zu tumanida Suriyadan Turkiyaga noqonuniy yo’llar orqali o’tishga harakat qilgan 29 qochqin qo’lga tushdi.

Chegara qo’shinlariga qarashli xavfsizlik xodimlari Altino’zu-Yayladag’i tuman chegarasida shubhali kishilarni aniqladi.

Xavfsizlik kuchlari tomonidan qo’lga tushirilgan va suriyalik ekanliklari aniqlangan 29 kishining noqonuniy yo’llardan o’tganliklari ma’lum bo’ldi.

Suriyaliklar xavfsizlik tekshiruvlari uchun jandarmeriya xodimlariga topshirildi.


Tanlangan kalimalar: qochqin , Hatay , Turkiya

Aloqador xabarlar