Turkiya dastlabki F-35 harbiy samolyotini qabul qilib olishga tayyorlanmoqda

AQSh shartnomaga ko’ra, 21 iyun kuni F-35 harbiy samolyotni tantanali ravishda Turkiyaga topshiradi.

Turkiya dastlabki F-35 harbiy samolyotini qabul qilib olishga tayyorlanmoqda

Turkiya dastlabki F-35 harbiy samolyotini qabul qilib olishga tayyorlanmoqda. Bunga sanoqli kunlar qoldi.

AQShdan olingan F-35A harbiy samolyotining yangi tasvirlari namoyon bo’ldi.

Mudofaa sanoati maslahatchiligi turk bayrog’i tasvirlangan F-35ning Lockheed Martin Texas muassasasidan parvoz qilishini Twitterdagi sahifasida namoyish qildi.

Tasvirlarda samolyotning qanotida joylashgan raqam va turk bayrog’i yaqqol ko’zga tashlanadi.

AQSh shartnomaga ko’ra, 21 iyun kuni F-35 harbiy samolyotni tantanali ravishda Turkiyaga topshiradi.

Bu jarayonda F-35 samolyotining uchuvchilariga malaka oshirish ta’limi beriladi.

Ikkinchi samolyot ham tayyorlanib Turkiyaga topshirilgach, F-35 harbiy samolyotlari Malatyada joylashgan 7-Jet harbiy bazasi qo’mondonligiga keltiriladi.

F-35A harbiy samolyoti 2019 yilning oxirgi oylarida Turkiya samolarida parvoz qila boshlaydi.

Qolaversa, Turkiya 2018 yildan e’tiboran Yevropa mintaqasida F-35larning motorlarini ta’mirlash ishlarini olib boradi.

Bu ish mudofaa sanoatiga va davlat iqtisodiyotiga katta tajriba va daromad olib keladi.

Odatda 100 ta olinishi rejalangan F-35A harbiy samolyotlardan birinchi bosqichda 30 ta sotib olinadi.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: F-35 , F-35 harbiy samolyoti , AQSh , Turkiya

Aloqador xabarlar