Istanbul va Kobul o’rtasida yangi havo yo'nalishi ochilmoqda

Turkiyaning Turkish Airlines aviakompaniyasi bilan kelishuvga ko'ra, birinchi reys orqali Istanbulga Afg'onistondan 15 tonna yuk: kiyim-kechak, quruq va ho'l mevalar hamda dorivor o'tlar yetkaziladi.

Istanbul va Kobul o’rtasida yangi havo yo'nalishi ochilmoqda

Istanbul va Kobul o’rtasida yangi havo yo'nalishi ochilmoqda.

Yaqin kunlarda Istanbulni Kobul bilan bog'lovchi yangi havo yo'lagi ochilishi kutilmoqda.

Bu haqda Afg'oniston savdo va sanoat vazirligi vakili Muafir Qo'qondiy ma’lum qildi. 

Qo'qondiyning aytishicha, yangi yo'nalish ikki davlat o'rtasidagi savdo aylanmasini oshirishga imkon beradi. Uning ta’kidlashicha, Turkiya bilan havo yo'lagi Afg'onistonni tashqi dunyo bilan bog'lovchi uchinchi havo ko'prigi bo'ladi. Ayni vaqtda bunday yo'nalishlar Hindiston va Qozog'iston bilan yo'lga qo'yilgan.

Afg'oniston hukumati yangi yo'nalish evaziga mahalliy mahsulotlarni Yevropa bozoriga ham olib chiqishni rejalashtirmoqda.   

Qo'qondiyning aytishicha, Turkiyaning Turkish Airlines aviakompaniyasi bilan kelishuvga ko'ra, birinchi reys orqali Istanbulga Afg'onistondan 15 tonna yuk: kiyim-kechak, quruq va ho'l mevalar hamda dorivor o'tlar yetkaziladi. 

“Bu transport Afg'oniston uchun juda muhimdir. U Turkiya mahsulotlarining afg'on bozoriga yetkazilishini oshirishga ham imkon beradi”,-dedi Qo'qondiy. 

Afg'oniston vakilining ma’lum qilishicha, 2017 yilda Turkiya Afg'onistonga 172,3 mln dollarlik mahsulot yetkazgan.

 



Aloqador xabarlar