Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Bosniya Gersegovinaga yetib keldi

Erdo’g’an poytaxt Sarayevodagi xalqaro aeroportda Bosniya Gersegovina prezidentlik kengashi rahbari Bakir Izzetbegovich tomonidan kutib olindi.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Bosniya Gersegovinaga yetib keldi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Bosniya Gersegovinaga yetib keldi.

Erdo’g’an poytaxt Sarayevodagi xalqaro aeroportda Bosniya Gersegovina prezidentlik kengashi rahbari Bakir Izzetbegovich tomonidan kutib olindi.

Ikki yetakchi prezidentlik kengashi binosiga tashrif buyurdi.

U to’plangan yuzlab boshnak va turklar Erdo’g’anga “Xush kelibsan rais!” deb yozilgan shiorlar bilan hurmat-ehtirok ko’rsatishdi.

Erdo’g’an Izzetbegovich bilan birga ularga salom berdi.

Turkiya prezidenti olomon ichida turgan Bosniya urushi qatnashchisi Mujo Aganovich bilan suhbatlashdi.

Shuningdek, ikki yetakchi avvalo tor va keng doiradagi uchrashuvlarni amalga oshiradi.

Uchrashuvlardan so’ng, Erdo’g’an va Izzetbegovich mushtarak matbuot anjumani o’tkazadi.

Bundan tashqari, prezident Erdo’g’an tashrifi doirasida Yevropalik Turk Demokratlar Ittifoqining 6-favqulodda umumiy kengashi yig’ilishiga sharafli mehmon sifatida tashrif buyuradi va nutq so’zlaydi.

Ta’kidlash joizki, Xalqaro Sarayevo Universiteti Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anga fahriy doktorlik unvonini beradi.

Erdo’g’an shu munosabat bilan unvonni tantanali ravishda taqdim etish marosimida ishtirok etadi.

 



Aloqador xabarlar