Kun tahlili 16- qism

Suriyada rejim sharqiy Gutada muxoliflarga qarata kimyoviy qurol qo’llanishdan keyin  bir lahzada xalqaro hamjamiyatning diqqatini bu hududga qaratgan edi,

Kun tahlili 16- qism

Suriyada rejim sharqiy Gutada muxoliflarga qarata kimyoviy qurol qo’llanishdan keyin  bir lahzada xalqaro hamjamiyatning diqqatini bu hududga qaratgan edi, AQSh  boshchiligida rejimga qarshi bir harbiy kurash kun tartibiga kelgandi. 14- Aprel shanba kuni kutilgan hujum uyushtirildi.

AQSh, Angliya va Fransiyaning harbiy hujumi keng ko’lamli bir harakat bo’lishdan tashqari rejimga qarshi “ jazolantiruvchi ” bir  harakati shaklida ijro qilindi.  AQShda sodir bo’lgan tortishuvlarga  qaralganda, Tramp keng ko’lamli bir harakat uyushtirishni xahlar  ekan,  Mudofaa vaziri Mettis va Pentagon esa  Rossiya bilan  o’rtalarida murakkablikka  sabab bo’lmasligi uchun   kichik ko’lamli bir harbiy harakat tanlaganlarini bilardi. Ko’rilganidek Mettis va Pentagon istagan shaklda harakat ijro qilindi.

SETA( Siyosat, iqtisodiyot va jamiyat tadqiqotlar jamg’armasi) Tadqiqotchi – muharrir Jon Ajuning mavzuga doir fikr va mulohazalarini e’tiboringizga havola qilamiz.

Darhaqiqat AQSh, Angeliya va Fransiya bir koalitsiya tashkil etib Suriya  rejimi orqali Rossiyaning nufuz sohasini va Eron bilan birgalikda harakat etgan shia militsiya kuchlarini nishon oldi.

Natijada AQShning Suriyadagi rejimni to’ntarish kabi bir niyatlari yo’q edi.

Darhaqiqat AQShning qo’lida katta bir fursat o’tishiga qaramasdan keng ko’lamli bir harakat uyushtirmasligi buning ochiq bir dalilidir. Obama davrida  Suriyada va umuman Yaqin sharqda Rossiya va Eronga katta bir soha ochilgan edi, endi esa Rossiya  qo’lga  kiritgan maydon qadam ba qadam kamayadi va Eronning Suriyadagi nufuzining  cheklanishi bahs mavzusi.

Isroil  va  mintaqadagi ko’rfaz o’lkalari jihatidan Eronni  cheklash  juda muhim. Chunonchi  Isroil, ko’rfaz   o’lkalari va Turkiya jihatidan Eronning mintaqadagi  tarqalish siyosati qabul qilinmas miqyoslarga erishdi. Eron inqilob muhofizlari Hizbulloh va Eronga qarashli militsiya kuchlari  Suriyada  mavjudiyatini 60 mingni  oshdi deb  ma’lum qilmoqda. AQSh oxirgi hujum bilan ba’zi muhim havo bazalarini nishon oldi faqat umuman harbiy harakat chegarali bo’lgani  ko’rilmoqda.

AQSh boshchiligidagi harbiy harakatdan oldin, Isroil, T4 aeroporti bilan bir qatorda, ko’plab Eron tomonidan qo’llanilgan harbiy bazalarni vaqti- vaqti  bilan hujum qilmoqda edi.

AQSh boshchiligidagi harbiy hujumga qarshi, Rossiya va Eronning  beradigan javob kelgusi kunlarda yana aniq holga keldi. Deyr az Zor mintaqasida  YPG tomonidan   nazorat qilingan  neft sohalariga qarata ilgariladi. AQSh yetakchiligida xalqaro koalitsiya bu tashabbusga qattiq bit javob berib, havo hujumlari va to’p otishlari bilan ilgarilashga harakat qilgan unsurlarga  to’siq bo’ldi.

Faqat  oxirgi AQSh boshchiligidagi harbiy  hujumdan so’ngra, Rossiya va Eron javob sifatida Dyr ez Zor tarmog’iga qarata keng ko’lamli bir harbiy harakat boshlatishi mumkin.

Bu  vaziyatda YPG tomonidan nazorat qilingan va aholisining barchasini  deyarli Arablar tashkil etgan mintaqadagi neft sohalari uchun muhim bir kurash davom etishi mumkin.

Faqat Rossiya va Eronning reaksiyalari nima bo’lsa bo’lsin, Asad rejimining oxirgi kimyoviy qurol hujumi xalqaro hamjamiyat jihatidan muhim bir ta’sirga egadir.

O’z xalqiga qarshi  kimyoviy qurol qo’llangan rejimning qonuniyligi bir yana surishtirishga boshlandi.

Rejim tomonidan  qilingan urush jinoyatiga jazo berish muhimdir. Turkiya jihatidan rejimning insoniy jinoyatlar qilgani uchun jazolantirilishini  mamnuniyat bilan kutib olar  ekan, Rossiya va AQSh o’rtasidagi keng ko’lamli taranglik  esa Turkiya orzu qilmagan bir ssenariy edi.  Rossiya va AQSh o’rtasida Turkiyaning vositachiligining  rol o’ynashi, Turkiyaning Suriya muvozanatida kelgan strategik holati  aniq dalillardan  biridir.  Turkiyaning vositachiligida  AQSh bilan Rossiya o’rtasidagi diplomatik  va harbiy kanallar takror ochildi.  AQSh Rossiyaning vakil unsurlarini  mo’ljal qilib olar ekan, Rossiya bu hujumga to’g’ridan  aralashmadi. Texnoologik rivojlanish va mudofaa sanoatining kelgan oxirgi  nuqta nazarga  olinganda, xalqaro kuchlar bir- birini to’g’ridan harbiy ma’noda nishon olishi mumkin ko’rilmaydi. Iqtisodiy va  kiber urushlar bilan bir qatorda,  vakil unsur orqali bir urush yuritilmoqda. AQSh, Rossiyaning vakilini urishidan keyin, Rossiya AQShning Suriyadagi  vakili bo’lgan YPGni urib urmasligi  ham maroq etilmoqda.

SETA( Siyosat, iqtisodiyot va jamiyat tadqiqotlar jamg’armasi) Tadqiqotchi – muharrir Jon Ajuning mavzuga doir fikr  va mulohazalarini e’tiboringizga havola qildil. 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: Hujum , Guta , Suriya , AQSh

Aloqador xabarlar