“Zaytun novdasi” amaliyoti mintaqada qanday siyosiy natijalar tug’dirishi mumkin?

“Zaytun novdasi” amaliyoti natijasida Suriyaning shimolida paydo bo’lgan yangi quvvat muvozanati, Suriya muammosining siyosiy yo’llar orqali hal qilinishi ustidan olib borilgan jarayonga ham o’z ta’sirini ko’rsatishi mumkin.

“Zaytun novdasi” amaliyoti mintaqada qanday siyosiy natijalar tug’dirishi mumkin?

Turkiya tomonidan Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanidagi YPG terror tashkilotini yo’q qilish niyatida boshlatilgan “Zaytun novdasi” amaliyoti o’z nihoyasiga yetdi. Amaliyotning birinchi oyi, ikkinchi oyga nisbatan murakkab o’tishiga qaramay chegara hududidagi YPG terror tashkilotining Turk Qurolli kuchlariga qarshilik ko’rsatish salohiyati asta-sekin zaiflay boshladi. Buning oqibatida amaliyot yana-da tezlashdi va qisqa vaqt ichida Afrin TQK tomonidan o’rab olindi. Bu jarayonda YPG terror tashkiloti qishloq joylarini boshatgan holda Afrin tuman markazi tomon yo’l oldi. Natijada YPG terror tashkilotining Afrin markazini egallab olish uchun kurashga qattiq tayyorlanishi kutilar ekan shahar markazida urushish nari tursin hatto qarshilik ham ko’rsatolmadi va Afrin deyarli hech qanday talash-tortishsiz Turk Qurolli kuchlari bilan Erkin Suriya armiyasining nazorati ostiga olindi.   

“Zaytun novdasi” amaliyoti harbiy nuqtai nazaridan tez-tez qo’lga olindi. Lekin amaliyotning harbiy jihatidek muhim bo’lgan boshqa masalalar ham bor. Ular ustidan esa turli savollar tug’ildi. Mazkur savollardan biri Afrin Turkiya nazorati ostiga olinganidan keyin Suriya muammosining qanday davom etishi; ikkinchisi Turkiyaning YPG terror tashkilotiga qarshi kurashi; uchinchisi Suriyada Turkiya-AQSh raqobati yoki bu vaziyatning ikki mamlakat hamkorligiga ko’rsatishi mumkin bo’lgan ta’sirlari; to’rtinchisi esa YPG terror tashkilotining milliy va xalqaro ittifoqlari ustidagi o’rnining qanday bo’lish masalasidir.

“Zaytun novdasi” amaliyotining Turkiya jihatidan eng muhim natijasi voz kechtirish siyosatini yo’lga qo’yish edi. Undan tashqari mazkur amaliyot Firat qalqoni amaliyoti bilan solishtirilganida yana-da murakkab o’tdi desak ham mubolag’a bo’lmaydi. Chunki TQK bu amaliyotda yana-da nozik bir nuqtada, yana-da ko’p terroristga qarshi kurash olib borishga majbur qo’ldi. Shunga qaramay qisqa vaqt ichida, yana-da oz yo’qotish bilan amaliyotni muvaffaqiyatli ravishda tamomladi. Shunday ekan harbiy kuchini o’rtaga qoygan va bundan foydalanish irodasi borligini terroristlarga ko’rsata olgan Turkiyaning Manbij va Firatning sharqidagi YPG terror tashkilotiga qarshi kurashda yana-da kuchli bo’lishi aniq. Eng qizig’i AQSh, TQK oldida hech qanday oyoq tirolmagan YPG terror tashkilotini qachon va qayergacha himoya qila olishi haqida o’zini-o’zi so’roq qila boshlashi mumkin. Bu yangi vaziyat AQShni ikkita mavzuda qiynoqqa soladi. Shu doirada avvalom bor AQSh Turkiyani qoniqtirish uchun Manbij masalasida ba’zi imtiyozlar bera boshlashi mumkin yoki Manbijda YPG terror tashkilotining himoya qalqonini kuchaytirish ehtimoli ham bor. AQSh ko’proq ikkinchi yo’lni tanlaydigandek. Zero AQSh Afrinda himoya qilolmagan YPG terror tashkilotini o’zining harbiy nazorati ostidagi Manbijda ham himoya qilolmasa unda tashkilotni qo’ldan boy berishini yaxshi biladi. Agar Turkiya va AQSh Manbijda til topishgudek bo’lsa unda YPG terror tashkiloti haqiqatdan ham Eron/ rejim ittifoqiga yo’nalish fikrini yuritishi mumkin.

Arab aholisining YPG terror tashkilotiga bo’lgan e’tirozi. “Zaytun novdasi” amaliyoti YPG terror tashkilotining Manbij va Firat daryosining sharqida joylashgan arablar bilan bo’lgan hamkorligini ham zaiflatadi. YPG terror tashkilotining Suriya Demokratik kuchlari tarkibidagi arablar bilan qilgan hamkorligi biz aytmasak ham arab qabilalarning mahalliy xavfsizligini kafolatga olish sababiga tayanmoqda. YPG terror tashkilotining aholi sonining ko’pchiligini arablar tashkil etgan mintaqalarda qonuniyligi deyarli yo’q. Ayniqsa Manbij, Suriya muammosi paydo bo’la boshlaganidan beri muxolafat guruhga oid shahardek qabul qilinib keldi. E’tibor bergudek bo’lsak hozirgacha ham Erkin Suriya armiyasi tarkibida manbijliklar ko’p uchraydi. Shuning uchun ham YPG terror tashkilotining “Zaytun novdasi” amaliyoti orqali ma’lum bo’lgan zaif jihati Manbij ichidagi tushunchalarni o’zgartiradi. Biz aytmasak ham uzoq vatdan beri Manbij aholisining bir bo’lagi YPG terror tashkilotiga qarshi namoyishlar uyushtirmoqda. Kelasi davrda bu voqealar yana-da ortishi mumkin. Manbijda YPG terror tashkilotiga kurash olib borish uchun imkon kutgan qismlar, Turkiyaning Manbij masalasida qanchalik jiddiy ekanligini ko’rish va ana shunga qarab o’z o’rnini belgilab olish niyatida. “Zaytun novdasi” amaliyoti Turkiyaning harbiy kuchidan qanchalik foydalana olish irodasining borligini isbotlashi bilan birga YPG terror tashkilotining hech qanday oyoq tirash imkonining yo’qligini ko’rsatishi jihatidan hammuhimdir. Bu orqali xalqaro bosimlarning ham Turkiyaga monelik qilolmasligi ma’lum bo’ldi.

YPG terror tashkiloti Afrinda mag’lub bo’ldi lekin uning qanday qilib mag’lub bo’lganligi ham muhim masala. “Zaytun novdasi” amaliyotining birinchi bosqichini hisobga olmagudek bo’lsak, terror tashkiloti mazkur amaliyot chog’ida hech qanday oyoq tirolmadi. To’g’rirog’i oyoq tirashga holi-qudrati ham qolmaganligi uchun shahar markazini ham qochish yo’li orqali tark etdi. Bu vaziyat YPG tarkibidagi suriyaliklarni, o’zlarini PKK terror tashkilotining mintaqaviy orzulariga qurbon qilmaslikka chorlashi mumkin. Bu vaziyatning tabiiy natijasi yaqinda YPG tarkibidagi PKK a’zolari bilan suriyaliklarning ikkiga bo’linib ketishi bilan o’zini yaqqol ko’rsatishi mumkin. Bu asosni isbotlagan sababalardan yana biri Afrin tuman markazida YPG terror tashkilotining qanday faoliyat olib borishi masalasida PKK a’zolari bilan mahalliy jangarilar o’rtasida kelib chiqqan turli ko’z qarashlardir. PKK liderlari oxirgi kungacha Afrinda oyoq tirashni talab qilar ekan, Afrindagi qandillik terroristlar bunga amal qilishda ikkilanib qolar ekan, mahalliy jangarilar bunga amal qilish o’rniga qochish yo’lini tanladi.   

Rossiya va Turkiya hamkorligi yana-da ortishi mumkin. “Zaytun novdasi” amaliyotining Suriyaning shimolida yaratgan yangi muvozanati Suriya muammosining siyosiy jihatdan hal qilinishi to’g’risidagi jarayonga ham o’z ta’sirini ko’rsatishi mumkin. Turk Qurolli kuchlari bilan suriyalik muxolafat guruh ham shimolda borgan sayin kuchli aktyorga aylanib bormoqda. Idlibda “Zaytun novdasi” amaliyotining tamomlanishi ortidan yettinchi nazorat nuqtasi tashkil etildi. On ikkinchi nazorat nuqtasining tamomlanishi bilan Idlibda kamida o’rta muddatda muxolafat guruhning nazorati kafolat ostiga olingan bo’ladi. Bu orqali Jarablusdan boshlab Jisr ash-Shugurgacha bo’lgan maydonda Erkin Suriya armiyasi hududi paydo bo’ladi. Turkiya himoyasidagi bu hudud, muammoni siyosiy yo’llardan hal qilish muzokarasida rejim bilan kelishib olish masalasini yana-da qulaylashtiradi.      

Afrindagi vaziyat ortidan Suriyadagi Turkiya-Rossiya munosabati yana-da mustahkamlanishi mumkin. Turkiya, AQSh bilan Manbij masalasida kelisholmagudek bo’lsa unda bosqichma-boshqich mazkur shahardagi kuchini orttiradi.

Afrindagi vaziyat ortidan Turkiya YPG terror tashkilotiga qarshi kurash masalasida Rossiya tomonidan yana-da ko’proq qo’llab-quvvatlanishi mumkin. Zero bundan buyon nishondagi YPG hududlari ayni vaqtda AQSh mintaqalari hisoblanadi. Rossiya borgan sayin rejim kuchlari va Eron bilan birga Suriyaning sharqida AQSh bilan katta raqib bo’la boshladi. Rejimni qo’llab-quvvatlagan kuchlar Deyr az-Zor mintaqasida bir necha marotaba Suriya Demokratik kuchlariga oid mintaqalarini tortib olmoqchi bo’ldi lekin bunga qarshi AQShning qattiq e’tiroziga duch keldi. Lekin Turkiyaning ham Manbij ustidagi qat'iyligini orttirishi AQSh hafsalasini puchga chiqarishi mumkin. Bu natija yuqorida nomi tilga olingan aktyorlar tomonidan ham ijobiy qabul qilinishi mumkin. YPG terror tashkiloti Afrinda mag’lubiyatga uchrar ekan Rossiya bilan hech qanday harbiy aloqasi qolmadi. Buning natijasida tashkilot butunlay AQSh himoyasiga o’tdi. Undan tashqari YPG, “Zaytun novdasi” amaliyotini qo’llab-quvvatlagani uchun mag’lubiyatida Rossiyani ham ayblamoqda. Shuning uchun ham yaqinda Rossiya-YPG munosabatlari ham buzilishi mumkin. Bu ham bo’lsa Turkiyaning Rossiya bilan bo’lgan hamkorligining asosini mustahkamlaydi. Turkiya-AQSh tarangligi esa ortadi. 

Afrin amaliyoti chog’ida Rossiyaning Turkiyaga bo’lgan muomalasi ijobiy edi yani Turkiyaning Afrin amaliyotini qo’llab-quvvatlagandek edi. Lekin buni Suriyadagi ittifoqlari hisoblangan Eron va rejim uchun aytish qiyin albatta. Hatto Eronning Afrin haqidagi munosabati yuzasidan Rossiyaga qarshi munosabati yomonlashdi. “Zaytun novdasi” amaliyoti davom etar ekan rejimni qo’llab-quvvatlagan kuchlar bilan Eron tomonidan qo’llab-quvvatlangan kuchlarning YPG terror tashkilotini qo’llab-quvvatlash uchun Afringa kirib borishi bunga o’rnak desak mubolag’a bo’lmaydi. Balki bundan Rossiya boxabardir lekin aniq Rossiyaning tasdiqi va qo’llab-quvvatlashi bilan amalga oshgani yo’q. Rossiyaning Turkiya bilan Eron/rejim o’rtasidagi betarafligi harbiy jihatdan ustun bo’lgan Turkiyaga ijobiy hissa qo’shdi va Turkiya YPG a’zolari bilan birga uni qo’llab-quvvatlagan shia kuchlarini ham nishonga oldi. Shuning uchun ham Eronning hafsalasi pir bo’ldi. Rossiyaning bu munosabatida Turkiya bilan Suriyadan tashqari ham davom ettirilgan hamkorlikning ahamiyati katta. Lekin Rossiya Suriyada kuchiga-kuch qo’shilgan Eronga qarshi Turkiyaning muvozanatli kuchiga ham muhtojdek. Zero Afrindagi vaziyat Idlibda ham yuz bermoqda. Idlibda nazorat nuqtalarini tashkil etish uchun ilgarilagan turk armiyasi, Eron tomonidan qo’llab-quvvatlangan xavfsizlik kuchlarining hujumlariga ma’ruz qolar ekan Rossiyaning nazorat nuqtalarining tashkil etilishini qo’llab-quvvatladi.   

Suriyaning shimolida paydo bo’lgan yangi quvvat muvozanati. “Zaytun novdasi” amaliyotining natijalari Eron va rejim kuchlarining qayg’ularini ham orttiradi. Bundan buyon Turkiya, Erkin Suriya armiyasi bilan birgalikda Halabdagi rejim mintaqalari ustidagi kuchini yana-da orttirish salohiyatiga ega. Ostona jarayoni natijasida tomonlar urushmasa ham bir-birining niyatiga ishonmayapdi. Ayniqsa Eron o’ziga qarashli xavfsizlik kuchlari nazorati ostidagi Nubul va Zehra turar-joy punktlarini “xavf ostida” degan fikrda. 

Eron va rejim kuchlarining PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkilotiga bo’lgan munosabati esa bundan buyon Manbij va Firat daryosining sharqida qanday yo’l tutajagini ko’rsatadi. Masalani amaldagi ittifoqlar ustidan qo’lga olgudek bo’lsak unda Turkiyaning Manbij va Firat daryosida o’z kuchini orttirishi, bu aktyorlar tomonidan ijobiy kutib olinadi. Lekin AQSh xavfini ikkinchi xavf sifatida qabul qilgan Erkin Suriya armiyasiga ham alishmaydi. Manbij va Firat daryosining sharqidagi AQSh-YPG ittifoqining davomi Turkiya-Eron koordinatsiyasi uchun zamin tayyorlashi mumkin. Lekin Eron va rejim bunga qaraganda ko’proq YPG terror tashkilotini o’z lagerlariga tortishga harakat qilishi mumkin. Bunday hamkorlik imkonining borligi Afrinda kuzatildi. AQSh tomonidan Suriyada eng muhim xavf sifatida qabul qilingan shia kuchlari YPG terror tashkiloti a’zolari bilan birga suratga tushishi, AQShda ba’zi shubhalarni tug’dirdi. AQSh, YPG terror tashkilotini Manbijda ham himoya qilolmagudek bo’lsa unda tashkilotning Eron tomoniga o’tishi ehtimolini payqagan bo’lishi mumkin. Bunday tsenariy Turkiya-AQSh munosabatining yaxshilanishaga olib kelishi mumkin. Turkiya esa ittifoqlarini qanday aniqlash masalasida aniq qarorlar qabul qilgan vaziyatda. Turkiya jihatidan YPG bilan hamkorlik qilgan aktyor xavf olaroq qabul qilinadi va ana shunday baholanadi ham.

Oytun O’rhan, Yaqin Sharq Strategik tadqiqot markazida, mutahassis sifatida ish olib bormoqda.

 



Aloqador xabarlar