Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim ertaga Ozarbayjonga safar qiladi

“Bosh vazir Binali Yildirim “Nizomiy Ganjaviy” nomidagi xalqaro markaz tomonidan uyushtiriladigan 6-Global Baku forumiga qatnashish maqsadida 14-15 mart kunlari Bakuda bo’ladi”,-deyiladi bayonotda.

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim ertaga Ozarbayjonga safar qiladi

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim “Nizomiy Ganjaviy” nomidagi xalqaro markaz tomonidan uyushtiriladigan 6-Global Baku forumiga qatnashish uchun ertaga Ozarbayjonga safar qiladi.

Turkiya bosh vazirlik matbuot xizmati bu haqda bayonot berdi.

“Bosh vazir Binali Yildirim “Nizomiy Ganjaviy” nomidagi xalqaro markaz tomonidan uyushtiriladigan 6-Global Baku forumiga qatnashish maqsadida 14-15 mart kunlari Bakuda bo’ladi”,-deyiladi bayonotda.

Binali Yildirim tashrif doirasida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Ozarbayjon milliy majlis rahbari Oktay Asadov tomonidan qabul qilinadi. Shuningdek, Ozarbayjon bosh vaziri Artur Rasizoda bilan uchrashadi.

Binali Yildirim 6-Global Baku forumi ochilishi doirasida o’tkaziladigan “Kuch: Ulkan kuchlar va boshqalar” nomli panelda nutq so’zlaydi.

Bosh vazir Binali Yildirim forumda ishtirok etadigan bir qator davlat va hukumat rahbarlari bilan o’zaro uchrashuv amalga oshiradi, matbuot organlari xodimlari va tadbirkor jamiyatidan vakillar bilan uchrashadi.

 

 



Aloqador xabarlar