Chavusho’g’li Rossiyada Manbij masalasiga e'tibor qaratdi

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Rossiyada Manbij masalasiga e'tibor qaratdi.

Chavusho’g’li Rossiyada Manbij masalasiga e'tibor qaratdi

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkiloti Manbijni tark etgach mintaqa xavfsizligi turk va amerika askarlari tomonidan ta’minlanishini qayd etdi.

O’zaro munosabatlar tufayli hozirning o’zida Rossiyada bo’lgan Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, AQSh Davlat kotibi Rex Tillerson bilan 19-mart kuni Vashingtonda bo’lib o’tadigan uchrashuvda, Manbijdagi vaziyatga aniqlik kiritilajagini ma’lum qildi.

“YPG bosib olgan mintaqalarda barqarorlik qanday ta’minlanadi, kim tomonidan va qanday boshqariladi” degan Mevlut Chavusho’g’li, eng asosiysi aholi tomonidan boshqarilishi kerakligini qayd etdi.   

YPGning aslo o’rin olmasligini ta’kidlagan Chavusho’g’li,

“YPG/ PYD terror tashkiloti Manbijni tark etgach mintaqada turk va amerika askarlari bo’ladi. YPGning ketishi nazorat qilinadi. Mintaqa xavfsizligi ham AQSh va Turkiya tomonidan ta’minlanadi. Bu tartib qoidani eng avvalo Manbijda yo’lga qo’yiladi, ortidan boshqa mintaqalarda Rakka yoki Firat daryosining sharqidagi, YPG nazorati ostidagi mintaqalarda yo’lga qo’yiladi” deya gapirdi.

Shu yo’l orqali yuqorida nomi tilga olingan mintaqalarda xavfsizlikning ta’minlanajagini eslatgan va barcha faoliyatlarning ma’lum kunlarda ishga oshirilajagini ta’kidlagan Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li o’z so’zini:

“19-mart kuni bo’lib o’tadigan yig’ilishda rejalar ham, ularning qachon amalga oshirilishi ham aniqlanadi” deya davom etdi.

Hozirda Manbij masalasida Suriya rejimidan hech nima talab qilinmasligini qayd etgan Mevlut Chavusho’g’li, AQSh tomonidan YPG terror tashkilotiga berilgan qurollarning qayta to’planish masalalarini ham kuzatajaklarini ma’lum qildi.

Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’li shuningdek,

“Butunlay ololmasligimiz mumkin. Ba’zilari eskirib, ba’zilari yo’qolgandir. Bunga qaramay biz bu qurollarni avval ham (AQSh) prezident aytganidek qaytarib olamiz deyaptilar. Ko’ramiz” dedi.

 


Tanlangan kalimalar: Rex Tillerson , Manbij , Mevlut Chavusho'g'li

Aloqador xabarlar