Prezident Erdog’an Makron va Putin bilan Suriyadagi oxirgi vaziyatni qo’lga oldi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron va Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqat qildi.

896045
Prezident Erdog’an Makron va Putin bilan Suriyadagi oxirgi vaziyatni qo’lga oldi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron va Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan alohida-alohida telefon orqali muloqat qildi.

Prezidentlik apparati Matbuot xizmatidan olingan ma’lumotga ko’ra Erdog’an bilan Makron, Suriyadagi oxirgi vaziyat va Turkiyaning Afrindagi terroristlarni yo’q qilishga qaratilgan “Zaytun novdasi” deb nomlangan amaliyoti haqida fikr almashdi.

Prezident Erdog’an Turkiyaning mazkur amaliyotning xalqaro huquq va Birlashgan Millatlar Tashkiloti shartnomasining 51-moddasida o’rin olgan o'z-o'zini himoya qilish huquqi doirasida, terrorizmga qarshi kurash bo’yicha BMT Xavfsizlik kengashi qarorlariga muvofiq ravishda amalga oshirayotganligini ta’kidladi.

Makron bilan bo’lgan muloqati chog’ida kasbdoshi bilan “Zaytun novdasi” amaliyoti haqida ma’lumot bo’lishgan Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, amaliyotda tinch aholining ziyon ko’rmasligi uchun barcha tadbirlarning olinganligiga e’tibor qaratdi.  

Ikkala lider Suriya masalasining hal qilinishiga qaratilgan say-harakatlar bo’yicha kelasi jarayonda yaqindan aloqa o’rnatib turishda kelishib oldi.

Prezident Erdog’an ortidan Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan ham telefon orqali muloqat qildi.

Ikki mamlakatning o’zaro munosabatiga ham to’xtalgan muloqatda,“Zaytun novdasi” amaliyoti doxil Suriyadagi oxirgi vaziyat haqida fikr almashildi.

Prezident Erdog’an, “Zaytun novdasi” deb nomlangan amaliyotning Afrindagi YPG/ PYD va DEASh terror tashkilotidan tozalashni ko’zda tutganligini qayd etdi.

Turkiyaning milliy xavfsizligini kafolatga olish niyatida boshlatilgan bu amaliyotning, Suriyaning siyosiy birligi va hududiy yaxlitligi jihatidan ham katta ahamiyat kasb etganligiga e’tibor qaratgan Erdog’an, Suriya masalasida Rossiya bilan, bir xil vaqtda faoliyat olib borishga ahamiyat berganligini belgilab o’tdi.  

Ikkala lider, Rossiyaning Sochi shahrida uyushtiirladigan Suriya Milliy muloqat kongressining muvaffaqiyati va muammoni siyosiy yo’llardan hal qilish uchun mushtarak g’ayratlarini davom ettirish borasidagi qarorliliklarini tasdiqlab oldi.

 

 



Aloqador xabarlar