Turkiyada yashagan suriyaliklar soni 3.5 millionga yaqinlashdi

Ichki ishlar vazirligi migratsiya idorasi bosh boshqarmasi ma'lum qilishicha, ba'zi viloyatlarga kelib joylashgan suriyaliklar soni mahalliy aholi sonidan oshib ketgan.

891431
Turkiyada yashagan suriyaliklar soni 3.5 millionga yaqinlashdi

 

Turkiyaga qochqib o’tgan suriyaliklar soni 3.5 millionga yaqinlashdi.

Ichki ishlar vazirligi migratsiya idorasi bosh boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra, xozirda vaqtinchalik muhofaza qilish doirasida Turkiyada 3 mln 424 ming 237 nafar suriyalik istiqomat qilmoqda.

Bulardan 1 mln 852 ming 563 nafari erkak, 1 mln 571 ming 674 nafari ayollardan iborat.

Ularning yoshiga doir ma’lumotlar ham berilgan.

Bunga ko’ra, Turkiyada yashagan suriyaliklarning 2 mln 461 ming 664 nafari 29 yoshga to’lmagan fuqarolar bo’lsa, 515 ming 116 nafari 4 yoshgacha bo’lgan bolalarni tashkil qiladi.

Istanbul shahrining o’zida 537 ming 829 nafar suriyalik yashaydi.

Shanliurfada 462 ming 961 nafar, Hatayda 457 ming 106 nafar, Gaziantepda 350 ming 67 nafar, Mersinda 191 ming 684 nafar, Adanada 171 ming 685 nafar, Bursada 134 ming 490 nafar, Kilisda 131 ming 914 nafar, Izmirda 129 ming 644 nafar, Koniyada 99 ming 990 nafar suriyalik yashaydi.

O’tgan yilgi hisobotlarga ko’ra, Kilis viloyatidagi mahalliy aholi 130 ming 825 nafarni tashkil qilar ekan, bu viloyatda yashagan suriyaliklar soni esa 131 ming 914ga yetgan. Ya’ni Kilisda suriyaliklar soni mahalliy aholi sonidan oshib ketgan.

Suriyaliklar eng oz yashagan viloyat esa Bayburt viloyati deb topildi. Bu viloyatda suriyalik 57 kishi yashaydi.

10 viloyatda 21 ta vaqtinchalik yashash markazlari tashkil qilingan.

Xozirda suriyalik 228 ming 251 kishi vaqtinchalik yashash markazlarida kun kechirmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #suriyalik , #migratsiya , #Suriya

Aloqador xabarlar