Quddus fojeasining ramziga aylangan Junidiy Turkiyada

AQShning Quddusni Isroilning poytaxti deb e’lon qilishiga qarshilik ko’rsatgan falastinlik Junidiy Falastin fojeasining ramziga aylandi va u bugun Turkiyaga keldi.

889508
Quddus fojeasining ramziga aylangan Junidiy Turkiyada

AQShning Quddusni Isroilning poytaxti deb e’lon qilishiga qarshilik ko’rsatgan falastinlik Junidiy Falastin fojeasining ramziga aylandi va u bugun Turkiyaga keldi.

Amerika Qo’shma Shtatlarining 6-dekabr kuni Quddusni Isroilning poytaxti deb e’lon qilishi ortidan boshlagan norozichilik namoyishlarida isroillik 23 askar tomonidan ko’zlari bog’langan holda, kaltaklanib nazorat ostiga olingan Fevzi al-Junidiy Turkiyada.

Esenler munitsipaliteti tomonidan uyushtirilgan 3 kunlik tadbirda ishtirok etish maqsadida Iordaniya poytaxti Ammandan Istanbulga kelgan 16 yoshdagi Junidiy bilan uning otasi Muhammad al-Junidiyni Istanbuldagi “Otaturk” nomidagi aeroportda munitsipalitet xodimlari kutib oldi.

Junidiy, matbuot a’zolariga bergan bayonotida Istanbulga taklif qilganlarga minnatdorchilik bildirdi.

Turkiyaga birinchi marotaba kelganligini aytgan Junidiy, Turkiya xalqini qanchalik yaxshi ko’rganligini qayd etdi.

Isroil turmasida dunyodan izolyatsiya qilinganligini belgilab o’tgan Junidiy,

“Turmadan chiqqanimdan keyin Hurmatli Prezident Rajap Tayyip Erdog’an tomonidan qo’llab-quvvatlanganligimni o’rgandim. Intervyusi va ba’zi dasturlari orqali kuzattim ham. To'g’risini aytkanda judayam xursand bo’ldim. Shaxsiga chuqur minnatdorchilik bildiraman. Biz Rajap Tayyip Erdog’anni judayam yaxshi ko’ramiz. Ollox undan rozi bo’lgan bo’lsin. Turk xalqini ham judayam yaxshi ko’ramiz. Turk xalqiga, Falastin masalasida, bizni yolg’iz qo’ymaganligi uchun alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman” dedi.  

Sog’ligi haqidagi bir savolga ham javob bergan Junidiy, o’ng qo’li og’riganligini, Isroil askarlari tomonidan kaltaklanganligini, hatto ularning qurollari orqali yelkasiga urganliklarini yetkazdi. Fevzi al-Junidiy, davolanish jarayonining davom etkanligini eslatgan holda, “Hudo xohlasa, yaqinda yaxshi bo’lib qolaman. Qo’lim va yelkam haligacha og’riyapdi. Bir necha operatsiyadan o’taman” deya gapirdi.

Junidiy, Sulton Abdulhamid II ning qabrini ziyorat qilish bilan boshlaydigan tadbir doirasida “Quddus kechasi” deb nomlangan dasturda ishtirok etadi. Istanbulda to'liq o’rta maktabi o’quvchilariga boshdan kechirgan voqea haqida gapirib beradigan Junidiy, Turkiya Milliy teleradiokompaniyasining TRT 1 kanalida havola etilgan “Payitaht Abdulhamid” deb nomlangan serialning syomka jarayoniga uchraydi.

Junidiyning Turkiyaga bo’lgan tashrifining yakunida Prezident Erdog’an tomonidan ham qabul qilinishi kutilmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar