TQK Afrindagi terror tashkiloti mavzelariga qarshi artilleriya hujumi uyushtirdi

Turk Qurolli kuchlari Suriyaning Afrin shahridagi PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkiloti mavzelariga qarshi artilleriya hujumi uyushtirdi.

Shu doirada Turkiyaning Hatay viloyatining Suriya chegarasidagi artilleriya birligi PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkilotining Afrindagi mavzelarini vayron qildi.

Artilleriya birligi Suriyaning Hassa va Kirikhan tumanlaridan Afrinning Basufan, Jindere, Memelan, Meskenli va Rako qishloqlariga kamida 40 ta artilleriya o’qi otgan.

Kecha tush vaqtlarida Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Adolat va taraqqiyot partiyasining Elazig’dagi navbatdagi viloyat kongressida, Suriyadagi terror tashkilotiga qarshi kurash masalasiga e’tibor qaratayotgan vaqtda, TQKning artilleriya birligi tashkilotning Afrindagi mavzelarini vayron qilgan edi.

Aloqador xabarlar