O'mer Chelik:“Turkiya Yevropa Ittifoqi bilan imtiyozli hamkorlikni qabul qilmaydi”

Yevropa Ittifoqi vaziri va bosh muzokarachi O’mer Chelik davlat televideniyesiga intervyu berdi.

887479
O'mer Chelik:“Turkiya Yevropa Ittifoqi bilan imtiyozli hamkorlikni qabul qilmaydi”

Yevropa Ittifoqi vaziri va bosh muzokarachi O’mer Chelik davlat televideniyesiga intervyu berdi.

U Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bilan Fransiya prezidenti Makronning 5 yanvar kuni Parijda amalga oshirgan uchrashuvidan so’ng o’rtaga tashlangan “Turkiya bilan Yevropa Ittifoqi o’rtasida imtiyozli hamkorlik” masalasiga doir Turkiyaning munosabatini ma’lum qildi.

“Turkiya har qanday imtiyozli hamkorlikni aslo qabul qilmaydi”,-dedi O’mer Chelik.

“Turkiya faqatgina migratsiya bo’yicha hamkorlik qilinadigan qochqin lageri yoki terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik qilinadigan harbiy qarorgoh emas. Turkiyaga kuchli davlat sifatida qarashingiz kerak”,-dedi u.

O’mer Chelik Turkiyaning imtiyozli hamkorlik taklifiga nisbatan munosabati haqida “Ustida “imtiyozli hamkorlik” deb yoilgan taklifni ko’radigan bo’lsak, uning ichini xatto ochmaymiz ham va keskin rad etamiz. Hech kim Turkiyaga nisbatan ikkinchi sinfdek muomala qilmasin”,-dedi.

 



Aloqador xabarlar