Prezident Erdog’an Afrinning terroristlardan qutqarilishi kerakligini qayd etdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Suriyaning shimolidagi Afrin shahrining PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkilotidan qutqarilishi kerakligini qayd etdi.

849954

Ham Turkiya Respublikasi Prezidenti ham da Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi Rajap Tayyip Erdog’an partiyasining Bosh qarorgohida, Viloyat rahbarlarining kengaytirilgan yig’ilishida ishtirokchilarga xitob etdi.

Turkiyaning Afrinni terroristlardan qutqarib, u yerdagi nazorat nuqtalarida hukmron unsur sifatida o’rin olajagini belgilab o’tgan Erdog’an,

“Bunga majburmiz. Ittifoq ichida, osonlikcha hal qilinishi mumkin bo’lgan bir necha muammo Amerika Qo’shma Shtatlari tomonidan hal qilinishi imkonsiz katta muamoga aylantirilgan vaziyatda” dedi.

Rakka va Manbijda AQSh bilan birgalikda amaliyot olib borishni taklif qilishlariga qaramay AQShning terror tashkiloti bilan hamkorlik qilishni tanlaganligini ta’kidlagan Erdog’an, Afrinda AQShga ishonmasliklarini qayd etdi.

Erdog’an shuningdek,

“Turkiyaning DEASh va PYD terror tashkilotiga qarshi kurashida AQShning nima qilmoqchi ekanligini bilib turibmiz” dedi.

Aloqador xabarlar