Eron prezidentining birinchi o’rinbosari Turkiyaga tashrif buyurmoqda

Eron prezidentining birinchi o’rinbosari Ishak Jahongiriy D-8 iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 9-sammitida ishtirok etadi.

Eron prezidentining birinchi o’rinbosari Turkiyaga tashrif buyurmoqda

Eron prezidentining birinchi o’rinbosari Ishak Jahongiriy bugun Turkiyaga tashrif buyurmoqda.

Ishak Jahongiriy rivojlanayotgan 8 davlatdan tashkil topgan D-8 iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 9-sammitida ishtirok etadi.

Ishak Jahongiriyning rasmiy ziyorati uch kun davom etadi.

Bo’lib o’tadigan uchrashuvlarda Turkiya-Eron aloqalari muhokama qilinadi, mintaqaviy va xalqaro masalalar bo’yicha fikr almashiladi.

Ishak Jahongiriy bundan tashqari, D-8 sammitiga ishtirok etayotgan davlatlarning vakillari bilan ham uchrashishi kutilmoqda.

D-8 ga a’zo davlatlar Turkiya, Eron, Pokiston, Bangladesh, Malayziya, Indoneziya, Misr va Nigeriya bo’lib hisoblanadi.

 


Tanlangan kalimalar: tashrif , Turkiya , Ishak Jahongiriy , Eron

Aloqador xabarlar