Turkiya bilan AQSh o’rtasidagi diplomatik inqiroz harbiy hamkorlikka ta'sir ko'rsatadimi?

AQSh mudofaa vaziri Jim Mattis Turkiya bilan AQSh o’rtasidagi viza muammosi ikki davlat o’rtasidagi harbiy aloqalarga ta’sir ko’rsatmasligini ma’lum qildi.

Turkiya bilan AQSh o’rtasidagi diplomatik inqiroz harbiy hamkorlikka ta'sir ko'rsatadimi?

AQSh mudofaa vaziri Jim Mattis Turkiya bilan AQSh o’rtasidagi diplomatik inqirozga nisbatan o'z munosabatini bildirdi.

U Turkiya bilan AQSh o’rtasidagi viza muammosi ikki davlat o’rtasidagi harbiy aloqalarga ta’sir ko’rsatmasligini ma’lum qildi.

“Turkiya uzoq yillardan beri NATOga a’zo ittifoqdoshimizdir. Hozirda to’qnashuvlar panjasida qolgan NATOga a’zo yagona davlat bor, u ham bo’lsa Turkiyadir. Hamkorligimizni va aloqalarimizni yaqindan davom ettiryabmiz. Harbiy integratsiya bundan zarar ko’rmadi. Injirlik harbiy bazasi o’z faoliyatini davom ettirmoqda. Iroqning shimoli, Suriyaning shimoli va Turkiyaning janubida operatsiyalarimiz davom etmoqda. Shu sababli, havo kuchlarimiz o’zaro aloqani uzgani yo’q”,-deydi AQSh mudofaa vaziri.

Uning aytishicha, ikki davlat o’rtasidagi diplomatik inqiroz kelgusida harbiy operatsiyalarga ta’sir ko’rsatmaydi. Chunki, o’tmishda ham ta’sir ko’rsatmagan.

“Bu mavzuda fikr yuritishni xohlamayman. Har safar bunday chigal vaziyat yuzaga kelganida bunday savollarning tug’ilishi tabiiy hol. Lekin, shuni aytishim mumkinki, Turkiya NATOning eng yaqin hamkoridir. Biz mushtarak dushmanlarimizga qarshi birgalikda kurash olib borishga harakat qilamiz. Harbiy sohada ham juda yaxshi faoliyat olib boryabmiz”,-dedi AQSh mudofaa vaziri.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: diplomatik inqiroz , viza muammosi , NATO , AQSh , Turkiya

Aloqador xabarlar