Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 39-qism

Gruziya Janubiy Kavkaz mintaqasining strategik ahamiyatga ega bo’lgan mamlakatlaridan biridir. Shunday ekan keling dasturimizning bugingi bo’limida Turkiya-Gruziya munosabatlari haqida so’z qilaylik.

Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 39-qism

Aziz dasturimiz muxlislari,

Gruziya Janubiy Kavkaz davlatlari ichida NATO va Yevropa ittifoqi doxil g’arb davlatlari bilan bo’lgan munosabatini a’lo darajaga olib chiqgan davlat hisoblanadi. Gruziya, 2009-yildan e’tiboran YI tomonidan tuzilgan Yevropa ittifoqi va uchta Sharqiy Yevropa davlati shu jumladan Ukraina, Moldoviya, Belarus bilan uchta Janubiy Kavkaz davlati shu jumladan Gruziya, Ozarbayjon, Armaniston o’rtasidagi o’zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan loyihaga kiritilgan. Yevropaning “Sharqiy hamkorlik” dasturi, loyihaga kiritilgan davlatlarni Yevropa ittifoqiga yana-da yaqinlashtirish shu jumladan yaqin hamkorlik, erkin savdo va vizasiz rejim shartnomalariga qo’l qo’yilishini ko’zda tutmoqda. Sheriklik shartnomasiga 2014-yili Bryussleda qo’l qo’yildi va 2016-yilning iyul oyida kuchga kirdi. Gruziya bilan YI o’rtasidagi vizasiz rejimning yaqinda boshlashi kutilmoqda.      

Turkiya bilan Gruziya o’rtasidagi munosabatlar, Gruziyaning mustaqil davlat ekanligini e’lon qilganiden keyin rivojlandi va ikkala mamlakat o’rtasida turli tarmoqlardagi shartnomalarga qo’l qo’yildi. Turkiya, Gruziyaning mustaqilligini 1991-yilning 16-dekabrida tan oldi. Diplomatik aloqalarning tashkil topishi to’g’risidagi protokolga esa 1992-yilning 21-mayi kuni qo’l qo’yildi va har ikki davlatda ham elchixonalar ochildi. Shuningdek Turkiyaning Batumda, Gruziyaning esa Istanbul va Trabzonda bosh konsulliklari mavjud.

Turkiya bilan Gruziya o’rtasidagi munosabatlar strategik saviyada. Turkiya 2007-yilidan beri Gruziyaning, eng yirik savdo sherigi hisoblanadi. Gruziyaga eng ko’p to’g’ridan-to’g’ri investitsiya kiritgan davlatlar ro’yhatida Turkiya birinchi o’rinda desak mubolag’a bo’lmaydi. Ikkala mamlakat o’rtasida 2011-yilning oxirgi oyida kuchga kirgan bir protokolga muvofiq, ikkala mamlakat fuqarolari bir-birlari yurtiga faqatgina adikart orqaligina sayohat qilish imkoniga ega. Ikkala mamlakat o’rtasida muntazam ravishda, oliy darajali tashriflar ham amalga oshmoqda. Turkiya bilan Gruziya o’rtasidagi munosabatlarni yana-da rivojlantirish uchun ikkala mamlakat o’rtasida Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashi mexanizmi tashkil topdi. Birinchi ODSHK yig’ilishi 2016-yilning 19-iyuli kuni Turkiya poytaxti Anqarada, ikkinchi yig’ilishi esa 2017-yilning 23-mayi kuni Gruziya poytaxti Tbilisida bo’lib o’tdi.  

Ozarbayjon ishtirokida tashkil topgan Turkiya-Ozarbayjon-Gruziya Tashqi ishlar vazirlari uchli yig’ilish jarayoni mintaqaviy barqarorlik, tinchlik va gullab-yashnash uchun hissa qo’shadigan muhim loyihadir. Shuningdek Mudofaa, Iqtisodiyot, Transport vazirlari, Qurolli Kuchlar raislari, Parlamentning Tashqi ishlar komissiyasi rahbarlari va Biznes Forumlari o’rtasida ham uch tomonlama uchrashuvlar bo’lib o’tmoqda.

Turkiya bilan Gruziya, o’rtadagi mavjud munosabatlarni ham o’zaro rejalar, ham da mintaqaviy saviyadagi strategik mohiyat asosida ko’rmoqda. Gruziya, ham Kaspiy energiya manbaalarining Turkiya va g’arb bozorlariga olib o’tilishi ham da Turkiya bilan Ozarbayjon, Rossiya va Markaziy Osiyo Respublikalari o’rtasidagi transport aloqalari jihatidan muhim o’ringa ega. O’z navbatida Turkiya ham Gruziyaning eng yirik savdo sherigi hisoblanadi. Bu doirada Turkiya, Gruziya va Ozarbayjon o’rtasida energiya va transport bosh bo’lish bilan birga turli tarmoqlarda uchli hamkorliklar qilinmoqda. Boku-Tbilisi-Jayhon neft quvur liniyasi va Boku-Tbilisi-Erzurum tabiiy gaz quvir liniyasi bilan Boku-Tbilisi-Kars temir yo’li loyihasi bu hamkorlikning eng konkret namunalaridir.

Turkiya Gruziyaning hududiy yaxlitligini qo’llab-quvvatlamoqda. Shuningdek, Gruziyaning ichki masalalarining hal qilinishida ham yordam berishga harakat qilmoqda. Gruziya xalqi uchun Abxaziya va Janubiy Osetiya muhim hudud hisoblanadi. Lekin, 2008-yili yuz bergan Gruziya-Rossiya urushida Rossiya g’olib chiqdi. Ortidan bu mintaqalarning mustaqilligi Rossiya tomonidan tan olindi va harbiy shartnomalar orqali kafolatga olindi. Rossiyaning o’zaro shartnomalarga tayangan holda tashkil etgan bazalari, separatist rejimlarning mintaqaviy darajada, qonuniylikga erishishiga yo’l ochdi. Gruziya aslida mustaqil bo’lgan Abxaziyaning bu statusini, yaqin kunlarda o’zgartirish kuchiga ega emasligini yaxshi biladi. Shuning uchun ham vaziyatni xalqaro kun tartibiga olib chiqib, o’z haqqini himoya qilishga harakat qilmoqda. Janubiy Osetiya muammosiga bo’lgan ko’z qarashi ham bundan farqli emas. Lekin Rossiyaning 2016-yilning dekabr oyida “Abxaziya va Osetiyaning demokratik davlatlar sifatida rivojlanishini qo’llab-quvvatlashi” to’g’risidagi bayonoti, buning qulay ishga oshmasligini ko’rsatmoqda. Gruziyaning amaldagi hukumati, ham Rossiya bilan bo’lgan munosabatlar, ham da Abxaziya va Janubiy Osetiya muammosi masalasida yana-da iliq yo’l tanladi va Rossiya bilan bo’lgan munosabatlarini qayta tiklanishi uchun qadam tashladi. Lekin Qrimning Rossiya tomonidan anneksiya qilinishi va Ukrainadagi vaziyatlar bilan Rossiyaning Abxaziya bilan ittifoq shartnomasiga qo’l qo’yishi, Gruziyaning Abxaziya va Janubiy Osetiyaga bo’lgan qayg’ularini yana-da orttirdi.  

Turkiya Gruziyaning hududiy yaxlitligini qo’llab-quvvatlaydi. Abxaziya va Janubiy Osetiya mustaqilligini tan olmaydı va bu kelishmovchiliklarning Gruziyaning hududiy yaxlitligi va mustaqilligi doirasida tinchlik yo’li bilan hal qilinishini xohlaydi. Turkiya, Gruziyaning Yevroatlantika integratsiyasi sari intilishlarini ham qo’llab-quvvatlaydi.

Turkiya-Gruziya munosabatlaridagi eng muhim masalalardan biri axiska turklarining ona vatanalariga qaytish jarayonidir. Turkiya bu jarayonni yaqindan kuzatib kelmoqda va Gruziyaning 1999-yili Yevropa kengashiga a’zo bo’lar chog’ida o’z zimmasiga olgan javobgarchiliklari doirasida axiska turklarining ona vatani hisoblangan Axiskaga qaytishlari oldidagi barcha to’siqliklarning olib tashlanishini talab qilmoqda. Gruziyaning bu borada yuritadigan faoliyatlari ikkala mamlakat o’rtasidagi munosabatlarni yana-da mustahkamlaydi.  

Aziz dasturimz kuzatuvchilari, Otaturk universiteti, Xalqaro aloqalar bo’limining kichik ilmiy xodimi Jemil Dog’ach Ipekning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 



Aloqador xabarlar