Iroq Kurd mintaqaviy boshqaruvi o'z kelajagi uchun xavfli qaror qabul qildi

Ibrohim Kalin:"Erbildagi kurd liderlar o’z xalqlarining siyosiy va iqtisodiy manfaatlarini Iroqni bo’lishga tashabbus qilgan holda va o’zini Turkiyadan uzoqlashtirgan holda tahlikaga soldi".

Iroq Kurd mintaqaviy boshqaruvi o'z kelajagi uchun xavfli qaror qabul qildi

Iroq Kurd mintaqaviy  boshqaruvi: Jiddiy natijalari bo’ladigan xavfli bir qaror

Erbildagi Kurd liderligi , Iroqni  parchalash  va o’zlarining  eng yaqin do’sti bo’lgan Turkiyadan  o’zini  uzoqlashtirib, xalqining siyosiy va iqtisodiy manfaatlarini xavfga soldi.

Iroq Kurd mintaqaviy boshqaruvi  25- sentabrda olgan referendum  o’tkazish qarori mintaqaviy hamda global bir yirik inqirozni avjlantiradi. Kelgusi kunlarda tebranishlar  yana  ham avj olishi kutilmoqda. Iroqlik Kurdlar o’zlarini chetlash va yillar mobaynida hosil qilgan vaziyatni boy berish vaziyatini ko’zga olgan bo’ladi. Erbilning referendum qarorini, mustaqillik uchun mi, Yo’qsa Bag’dodga qarshi o’zini  mustahkamlash uchun mi, savoli esga  kelingan nuqta nuqtai nazardan  esa  mavzuning tashqarisida qoladi. Ushbu qarorning   jiddiy natijalari bo’ladi va natijalar turli  darajada his etiladi.  

22- sentabrda o’tkazilgan Turkiya milliy xavfsizlik kengashi yig’ilishi, referendumni  “g’ayri qonuniy va qabul qilinmas” ekanini ma’lum qilgan bir bayonot bilan yakunlan edi.

Tramp boshqaruvi referendumni  “ provokatsiya va barqarorlikni buzuvchi” deb baholadi.

BMT xavfsizlik kengashi ham o’xshash bir ogohlantiruv bayonot tarqatib, Erbilga referendumni bekor qilish yoki kechiktirishga chaqirdi. Yevropa va Ko‘rfaz o’lkalari ham o’xshash deklaratsiya  tarqatdi.

Iroqning parchalanishini  himoya qilgan hech bir o’lka yo’q. yagona istisno bordir, u Bosh vazir Netanyahuning mustaqil bir Kurdistonning tuzilishini  ochiq ravishda himoya qildi. Mintaqaning haqiqatlarini nazarga tutganda, Kurdlarni mamnun qilish o’rniga qayg’ulanishi kerak shubhali bir himoyadir.

Holi hozir Bag’dod, mustaqillik referendumiga qarshi bir qator qadamlar tashlagan vaziyatda.

Eron esa Sulaymoniya va Erbilga havo sohasini yopib qo’ygan  vaziyatda. Turkiya turli chora- tadbirlar borasida faoliyat olib bormoqda. Boshqa o’lkalar ham katta ehtimol o’xshash  reaksiyalar ko’rsatadi.

Hech shubhasiz Iroqlik Kurdlar, Arablar, Turkmanlar va Iroq jamiyatini tashkil etgan boshqa guruhlar qadar tinchlik xavfsizlik va farovonlikka haqi bordir. Ular ham, Sunniy va shia jamiyatlar qadar, zolim,  bosim qilgan bir  boshqaruvning  qo’lining ostida  azob  tortmoqda . Ular ham Iroq jamiyatiga turli shaklarda hissa qo’shganlar.

Iroqlik Kurdlar Bag’dod bilan bo’lgan kelishmovchiligi  qonuniy qayg’ularga tayanmoqda edi. Shu bir haqiqatdir Bag’dod, faqatgina Iroq Kurd mintaqaviy boshqaruvi   bilan aloqali emas.  Ayni zamonda Sunniy Arablar va Turkmanlar bilan ham aloqasi  juda muhim bo’lgan xavfsizlik va siyosiy masalalarda yutuqsiz bo’lgan. Har ikki moliki hukumati o’zlashtirgan mazhabchi siyosati, Iroq  xalqini bir birgalikda yashashi uchun kerak  bo’lgan ishonch va umid hissini yo’q qilgan. Kurdlar bu  mas’uliyatsiz va katta zarar bergan siyosatdan zarar ko’rganlar. Faqat Sunniy Arablar va Turkmanlar ham bu azobga  ularga  ham mushtarak.

So’ngi taxlillarda iroqlik kurdlar Iroqning 2003 yildagi ishg’olidan keyin yuzaga kelgan qiyinchiliklar oldida o’ziga xos statuslarga ega bo’lmadi. Lekin, Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvi Iroqning 10 yildan ortiq davom etgan xaosga qaramay juda katta imkoniyatlarni qo’lga kiritdi. Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvi xozirda zotan o’z partiyasiga, bayrog’iga, xavfsizlik kuchlariga ya’ni peshmarga kuchlariga, chegara va bojxona nazorati, xatto pul birligiga ega bo’lgan federal boshqaruvdir. Iroqda boshqa hech bir guruh bunday imkoniyatlarga ega emas. Va referendum qarori mana shu imkoniyatlarni tahlikaga soldi.

Har bir etnik guruhning o’z davlatiga ega bo’lishga intilishi shubha uyg’otadi va bu o’ta tahlikali iddao. Buning oxiri yo’q. Bu mantiq bilan Yevropada, AQShda, Afrikada va Osiyoda minglab yangi davlatlarni paydo qilish mumkin.  Mintaqaviy ittifoqlar xalqlarga xizmat qilgan bir davrda davlatlarni ikkiga bo’lishning foydasi yo’q.

Iroqlik kurdlarning xavotirlari Iroqning tuproq butunligi va siyosiy erkinligi doirasida muhokama qilinishi kerak. Iroqning bo’linishi uningsiz ham mintaqada xavfsizlik tahlikasi davom etgan bir paytda, oldini olib bo’lmaydigan nizolarga sabab bo’ladi. Iroq konstitutsiyasiga ko’ra, qonuniy kuchga ega bo’lmagan referendum hech bir davlat yoki xalqaro tashkilot tomonidan tan olinmaydi.

Turkiya eng mashaqqatli kunlarda ham Iroq kurdlarini siyosiy va iqtisodiy jihatdan qo’llab quvvatlagan. Lekin, Erbildagi kurd liderlar o’z xalqlarining siyosiy va iqtisodiy manfaatlarini Iroqni bo’lishga tashabbus qilgan holda va o’zini Turkiyadan uzoqlashtirgan holda tahlikaga solmoqda.

Referendumning o’zi qonunga hilof ekan, bunga qo’shimcha ravishda muammoli hudud bo’lgan va Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvi tarkibida bo’lmagan Kerkukni ham referendum jarayoniga majburlash u yerda yashagan turkman va arablarni qiyin ahvolga soladi. Turkiya Iroq turkmanlari bilan o’ziga xos yaqin aloqada bo’lgani uchun Kerkukdagi o’zgarishlardan xavotirda. Kerkukda demografik tuzilishni o’zgartirish harakatlari uningsiz ham o’ta tahlikali siyosat edi. Kerkukda referendum o’tkazish esa, ushbu tarixiy shaharda ba’zi etnik nizolarni keltirib chiqaradi. Bu siyosat faqatgina Iroq kurd mintaqaviy boshqaruviga zarar beradi.

Bu ogohlantiruvlarga qaramay, Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvi yetakchilari referendumni bir amallab o’tkazdilar. Bu qarorning salbiy natijalari barchaga ma’lum. Bundan keyingi asosiy vazifa referendumni tan olmaslik, muzokaralarni Bog’dod hukumati bilan Iroqning tuproq butunligi va siyosiy erkinligi doirasida olib borishdir.

 


Tanlangan kalimalar: G'ayri Qonuniy , natija , referendum , Kurd , Iroq

Aloqador xabarlar