Chavusho’g’li YIning Suriyaga bo’lgan muomalasini tanqid qildi

Chavusho’g’li Nyu-Yorkdagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida keng ko’lamli olaroq qo’lga olingan va Suriya muammosiga atalgan yig’ilishda ishtirok etdi.

812346
Chavusho’g’li YIning Suriyaga bo’lgan muomalasini tanqid qildi

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Suriya muammosini hal qilishda hech kimning javobgarchilik olishni xohlamaganligini qayd etdi.  

Chavusho’g’li bu borada Turkiya, Livan va Iordaniyaga maqtov yog’dirar ekan ularning bu yolda yolg’iz qoldirilganligini qayd etdi.   

Chavusho’g’li Nyu-Yorkdagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida keng ko’lamli olaroq qo’lga olingan va Suriya muammosiga atalgan yig’ilishda ishtirok etdi.

Suriyadagi muammo siyosiy yo’llar orqali hal qilinmagudek bo’lsa unda tinchlikni o’rnatishning imkonsiz ekanligini belgilab o’tgan Chavusho’g’li, xavfsiz mintaqalarning yana-da kengaytrilishi kerakligini ta’kidladi.

Suriyada faqatgina DEASh terror tashkilotiga qarshi emas ayni vaqtda YPGga qarshi kurashda ham ehtiyotkor bo’linishi kerakligini ta’kidlagan Chavusho’g’li, bu tashkilotning sunniy arablar bilan kurdlarni o’z yurtidan quvish payida ekanligini qayd etdi.

Turkiyaning suriyalik 300 ming nafar kurd fuqarosiga mezbonlik qilayotganligini ifodalagan Mevlut Chavusho’g’li, ularning 90 foizining o’z yurtidan YPG tomonidan majburlab haydalganligiga e’tibor qaratdi.  

Suriyaning qayta tiklanishiga ham to’xtalgan Chavusho’g’li, Yevropa ittifoqining bu masala ustidan ish olib borayotganligini lekin berilgan va’dalarning ustida turilmaganligi aytdi.   

Turkiyaning suriyalik muhojirlar uchun 30 milliard AQSh dollari sarf etganligini lekin xalqaro hamjamiyatning bu borada Turkiyaga faqatgina 520 million AQSh dollari yordam berganligini qayd etgan Mevlut Chavusho’g’li bu borada:

“Hech kim javobgarchilik olishni xohlamayapti. Ofarin Turkiya, ofarin Livan, ofarin Iordaniya. Yaxshi ish qilyapsiz. Sizga havas qilsa arziydi lekin qachongacha bu yo’lda yolg’iz faoliyat olib borasiz. Sizning yukingizni bo’lishmoqchi bo’lganlar qayerda? YI, Turkiyada yashagan muhojirlarga atab 3 milliard AQSh dollari yordam berish uchun va’da berdi chunki Turkiyada yoki Suriyada muhojirlar harajatining Yevropa ittifoqiga ko’ra 10 barobarga arzon ekanligini biladilar lekin bugungacha faqatgina 820 million yevrogina yubordi. Aytmoqchimanki bu vaziyat oddiy bir holat emas. Suriyada tinchlik o’rnatish uchun yana-da epchilroq bo’lishimiz darkor” deya gapirdi.

Chavusho’g’li, Turk Qurolli kuchlarining o’tgan yilgi Firat qalqoni amaliyotidan keyin 100 mingdan ortq suriyalik muhojirning al-Bob va Dabik kabi shaharlarga qaytganligini ma’lum qildi.

Suriyada o’z yurtini tark etishga majbur qolgan kishilarning takror, o’z yurtlariga qaytmoqchi bo’lganligini qayd etgan Chavusho’g’li,

“Qulay muhit tashkil etmay turib, himoyasiz bu insonlarning o’z yurtiga qaytishini qanday ta’minlay olamiz? Turkiya olaroq Yevropa ittifoqini qo’llab-quvvatlashni davom etamiz va yana-da keng ko’lamli hamkorlik uchun tayyormiz” deya gapirdi.



Aloqador xabarlar