Jahon iqtisodiyati 37-qism

Turkiya va yevropa ittifoqi o’lkalar o’rtasidagi iqtisodiy va savdo aloqalari, siyosiy aloqalardan yana ham uzoq  bir o’tmishga ega.

Jahon iqtisodiyati 37-qism

 

                       

            Yevropa ittifoqiga a’zolik jarayonida tashlangan qadamlardan biri bo’lgan Bojxona birligi oxirgi paytlarda kun tartibda  juda ko’p orin olishga boshlagan  mavzulardan biri. 1995- yilida kuchga kirgan bojxona birligining Turkiya bilan Yevropa ittifoqi o’lkalar o’rasidagi aloqalarda kritik ahamiyatga ega.

Yevropa ittifoqi va Turkiya orasidagi iqtisodiy aloqalar, Turkiyaning Bojxona birligiga ishtiroki bilan birgalikda farqli bir  tus oldi. Holi hozir Turkiyaning jami  eksportining 48,5 foizini Yevropa ittifoqi a’zolariga amalga oshirishi, aloqalarda ijobiy jarayonning ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi.

Aloqalarga  Yevropa tomonidan qaralganda, ittifoq a’zosi o’lkalar ham Turkiyaga oliy miqdorda eksport qilgani ko’rilmoqda. 2016- yilida Yevropa ittifoqi o’lkalaridan Turkiyaga 77,5 milliard dollar miqdorida eksport amalga oshirildi. Alohida a’zo o’lkalarning eng muhim sheriklaridan biri bo’lgan Turkiya 2016- yilida a’zo o’lkalar bilan bo’lgan tashqi savdo hajmi 145 milliard dollar miqdoriga   ko’tarildi.

AQSh, Xitoy, Rossiya va Shveysariyadan so’ngra Yevropa o’lkalari tashqi savdo sheriklari  orasida beshinchi o’ringa  ko’tarilgan  Turkiyaning ittifoq a’zosi o’lkalar iqtisodiyotlarida juda kritik bir ahamiyatga ega ekanini aytish mumkin.

22 yildir Bojxona birligiga a’zo bo’lgan Turkiya bilan Yevropa ittifoqi o’lkalar iqtisodiy aloqalar asosida o’zaro  hamkorli  tushunchasi bordir. Faqat bojxona birligi hozirgi mavjud muammolar uchun bir yechim topishga yetarli bo’lmasligini  qaytadan tartiblash va muhokama qilish zarurati  oshkor. Turkiya bu nuqtada Yevropa ittifoqi o’lkalari bilan hamkorlikni  mustahkamlash, mavjud muammolarni bartaraf qilish va bojxona birligini yana ham  rivojlantirish uchun har turli ijobiy qadamni  tashlashga va bu istakni ochiq bir shaklda tilga olishga harakat qilmoqda.

Bu  jihatda 2015- yili  may oyida ta’min etilgan Yevropa ittifoqi bilan Bojxona birligining isloh etilishi mavzusida kelishuvga borish juda muhim edi.

Ushbu reviziyaning maqsadi Yevropa İttifoqi-Turkiya iqtisodiy aloqalarini yanada keng  integratsiya qilishdir. Mavjud bojxona birligida, Turk yurtdoshlariga qarata majburiy viza va transport kvotalari hanuz ham  mavjud bo’lishini ko’ryapmiz. Amalga oshiradigan reviziyaning eng  muhim maqsadlaridan biri ham o’xshash muammolarni bartaraf qilish. Yana ham atroflicha ko’rib chiqadigan bo’lsak bojxona birligining chuqurlashtirish bilan ko’zlangan maqsad, Turkiyaning bojxona birligidan yana keng ko’lamli bo’lgan Yevropa ittifoqining mushtarak bozoriga ishtirokini ta’min etish.

1995- yilida bojxona birligi  tashkil etilar ekan Turkiya va Yevropa ittifoqi o’lkalari bilan orasidagi savdoga faqatgina sanoat mahsulotlari va qaytadan ishlangan qishloq xo’jalik mahsulotlari bahs mavzusi edi. Faqat bojxona birligining chuqurlashishi bilan bir qatorda  kishilar va xizmatlarning ham erkin aylanishi ko’zlangan.

Xizmat savdosining erkin bo’lishi bilan Turkiyaning xizmat sektorining Yevropa raqobatiga ochilishi rejalanmoqda. Ushbu  mavzuda iqtisodiyotining 70 foizini  xizmat sektori tashkil etgan Turkiya uchun juda ham muhim bir vaziyat tashkil etganini aytish mumkin.

Kishilar erkin sayohat qilish haqini qo’lga kiritishi bilan birgalikda Turk yurtdoshlari Schengen vizasi olish majburiyati bartaraf etiladi. Shu bilan tomonlarning turizm daromadlariga ijobiy ta’siri bo’lishi kutilmoqda. Bojxonaning chuqurlashishi va rivojlantirilishi kun tartibiga kelgan bu kunlarda Germaniya Bosh vaziri Merkelning bergan bayonotlariga  diqqat qaratmoqda. Faqat  ushbu bayonotlar ham xalqaro savdo hamda global  iqtisodiyot jihatidan  ijobiy bir uslub emasligi aniq.

Angliyaning ittifoqdan ayrilish qarorini  olishining ortidan  Yevropa ittifoqi o’zini yangidan ta’rif qilishga harakat qilgan bu davrda, tujjori sheriklar belgilash va mavjud aloqalarni  yana ham mustahkamlashtirish mavzusida yana sezgir va aqli harakat qilishi kerak.

Turkiya uzoq yillardir davom etgan Yevropa ittifoqiga a’zolik jarayonini, siyosiy ma’noda bir saviyaga  erishishda iqtisodiy sohadagi aks ta’sirlari ayni shaklda bo’lmagani ma’lum.

Turkiya va yevropa ittifoqi o’lkalar o’rtasidagi iqtisodiy va savdo aloqalari, siyosiy aloqalardan yana ham uzoq  bir o’tmishga ega.

Turkiya bilan Yevropa ittifoqi orasidagi iqtisodiy aloqalar yana sog’lom asoslarga o’rnatish ham Yevropa ittifoqi o’lkalarning kelajagi hamda Turkiyaning rivojlantirmoqchi bo’lgan savdo aloqalari jihatidan katta ahamiyat kasb etmoqda. Mana bu  sabab bilan Bojxona birligini  qaytadan ko’rib chiqish tortishuvlari, siyosiy jihatdan juda ko’proq  iqtisodiy perspektivadan muhokama qilish kerak. 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: Aloqalar , Yevropa Ittifoqi , Turkiya , İqtisodiyot

Aloqador xabarlar