Prezident Erdo’g’an, Rossiyadan S- 400 raketalar sotib  olish uchun imzolar qo’yildi dedi

Prezident Rajab Toyyib Erdo’g’an, Rossiyadan S- 400 raketalar sotib  olish uchun imzolar qo’yildi deb ma’lum qildi.

Prezident  Erdo’g’an, Rossiyadan S- 400 raketalar sotib  olish uchun imzolar qo’yildi dedi

Prezident Rajab Toyyib Erdo’g’an, Rossiyadan S- 400 raketalar sotib  olish uchun imzolar qo’yildi deb ma’lum qildi.

“Bilishim qadar  bir miqdor pul ham to’landi” dedi.

Erdo’g’an, Islom hamkorlik tashkiloti sammiti  uchun Qozog’iston safaridan so’ngra, Istanbulga qaytishi paytida jurnalistlarning bergan savollariga javob berdi.

Rus S-400larning sotib olinishi bilan aloqali yakuni vaziyat borasidagi bir savolga Erdo’g’an,

“ S- 400 bilan aloqali  vakillarim  imzo qo’ydilar .Turkiya Respublikasi mudofaa  sanoat yoki mudofaa  bilan aloqali mustaqillik asoslari yoki mustaqil qaroriga tegishli  hech kimning tortishuv haqi yo’qdir.

Biz o’z mustaqilligimiz bilan aloqali qarorimizni o’zimiz beramiz, o’lkamizni mudofaa qilish uchun qo’riqlash chora- tadbirini ham, xavfsizlik chora- tadbirini  ham o’zimiz olishga majburmiz” dedi.

Prezident Erdo’g’an,  uchuvchili yoki uchuvchisiz havo vositalari ishlab chiqargan holga kelgan Turkiya, bu yo’l bilan, oxirgi bir haftada 90 nafar terrorist ta’sirsiz holga keltirildi.

Suriya inqirozining yechimi uchun yuritilgan Ostona jarayoni doirasida 14- sentabrda yangi bir yig’ilish o’tkazilishini  ham eslatgan Erdog’an,

“ Holi hozir Idlibda Rossiya bilan oldindan kelishuvga borgani kabi jarayon davom etadi.

Rossiya bilan bu mavzuda o’rtamizda har qanday bir kelishmovchilik yo’q. Eron bilan ham o’tkazgan uchrashuvda har qanday bir kelishmovchilik kun tartibiga kelmadi” deb aytdi.

Erdo’g’an, bir savolga, Qozog’iston safari paytida , Suriya lideri Bashshar Asad bilan bir uchrashuv o’tkazildi iddaolarini,

“ Uchrashmadim. Uchrashuvga ham niyati yo’q” so’zlari bilan rad etdi.

Germaniya bilan o’rtamizda  sodir bo’lgan inqirozga tegishli esa borilgan nuqta “ xatoli ekanini shu bois Nemis hukumatiga  qarshi bir xafagarchilikdan” iborat ekanini aytgan Prezident, Nemis xalqi bilan esa hech bir muammomiz  yo’q deb ta’kidladi.

“Germaniyaning terrorga joy berish vaziyati qabul qilinmas degan Erdo’g’an,

“ Hujumlarni davom ettirgan taqdirda, Turkiya Respublikasi davlati sifatida izzat- abro’mizdan evaz bermaymiz” dedi.

 


Tanlangan kalimalar: İmzo , Raket , S-400 , Rossiya , Turkiya

Aloqador xabarlar