Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 36-qism

Dasturimizning bugingi bo’limida Afg’onistondagi oxirgi vaziyat va Turkiya-Afg’oniston munosabatilari haqida so’z qilamiz.

802740
Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 36-qism

Aziz dasturimiz muxlislari, 1919-yilning 19-avgusti kuni o’z mustaqilligini qo’lga kiritgan Afg’oniston, tashkil topgan birinchi kunidan beri terror falokatlari bosh bo’lish bilan birga bir necha muammolarga qarshi kurashib kelmoqda. Mamlakatda geografik shart-sharoitning murakkabligi yuzasidan markaziy hokimiyatni tashkil etish judayam qiyin. Shuning uchun ham xalqaro jinoyat tashkilotlari va terror faoliyatlariga ochiq maydon hisoblanadi. NATO tarkibidagi mamlakatlarining 2001-yildan beri terrorni yo’q qilish say harakatlari hech qanday natija bermagan Afg’onistonda terror xavfi borgan sayin ortib bormoqda. Mamlakatda terror hujumlari, xudkushliklar, to’qnashuvlar to’xtamayapti. Yurt boylab 15 viloyatda Tolibon a’zolari bilan xavfsizlik kuchlari o’rtasidagi kurashlar davom etmoqda.

Afg’onistonda ortgan yo’qchilik, bilimsizlik va ishsizlik rivojlanishning oldida turgan eng muhim to’siq hisoblanadi. 2015-yildan oldin Afg’oniston aholisining 35 foizi ishsiz edi. Bu raqam 2016-yildan e’tiboran 40 foizga ko’tarildi. Qobul, Hirot, Nangarhar, Qandahor va Mazor-i Sharif ishsizlik nisbati eng yuqori bo’lgan shaharlardandir. Ishsizlarning ko’pchiligini esa yoshlar tashkil etadi. Qariyb 35 million aholiga ega bo’lgan Afg’onistonda, o’rtacha 20 million kishi bir kuniga 1.5 AQSh dollari bilan kun kechirishga harakat qilmoqda.

 

Afg’oniston dunyo bo’ylab eng ko’p narkotik modda ishlab chiqarilgan mamlakat hisoblanadi. Hukumat, 2001-yildagi AQSh ishg’olidan beri narkotik moddalarga qarshi kurash olib borish uchun yirik mablag’ ajratdi lekin bunga qaramay ishlab chiqarish har yili ortmoqda. Bu vaziyat siyosiy va iqtisodiy barqarorsizlikga ham yo’l ochmoqda. Afg’oniston Narkotik moddalarga qarshi kurashish vazirligi ma’lumotiga ko’ra 2016-yili 201 ming gektar maydonga ekilgan ko’knoridan qariyb 4 ming 800 tonna narkotik modda qo’lga kiritilgan. Bu yil esa o’tgan yilga nisbatan yana-da ko’proq hatto, ikki barobar ishlab chiqarilishi tahmin qilinmoqda. Afg’onistonda aholining 3 milliondan ko’prog’i narkotik moddaga o’rganib qolgan. Ularning 40 foizini ayollar bilan yosh bolalar tashkil etadi. Bunga ko’ra Afg’oniston dunyo bo’ylab eng ko’p narkotik modda iste’mol qilgan mamlakatlarning biri hisoblanadi.  

Siyosiy va iqtisodiy barqarorsizlik bilan birga Afg’onistonning qo’shni Pokiston bilan bo’lgan munosabati qadimdan beri munosabati yaxshi emas. Ushbu ikki mamlakat o’rtasida jiddiy muammolar bor. 19-asrda Britaniya chizgan chegara liniyasi ikkala mamlakat o’rtasidagi muammolarning eng asosiysi desak mubolag’a bo’lmaydi. Turkiyaning har ikkala mamlakat bilan ham munosabati yaxshi bo’lgani uchun ikkala mamlakat munosabatining yaxshilanishida muhim rolga ega.

Turkiya bilan Afg’oniston o’rtasidagi samimiy munosabat uzoq yillardan beri davom etmoqda. Ikkala mamlakat o’rtasidagi diplomatik munosabatlar 1921-yili tashkil topdi. Turk elchixonasi Qobulda ochilgan birinchi diplomatik missiya hisoblanadi. Turkiya 1920-1960-yillari orasidagi davrda Afg’onistonning zamonaviylashish say harakatlarini qo’llab-quvvatladi. Afg’onistonda ma’muriy, harbiy, madaniy-ma’rifiy, ta’lim va sog’liqni saqlash sohalari kabi asosiy davlat tashkilotlarining rivojlanishida muhim rol o’ynadi. Shuningdek Turkiya huddi ana shu davrlarda Afg’onistonga 212 nafar o’qituvchi, shifokor, ofitser va boshqa mutaxassislardagi kadrlarini Afg’onistonga yubordi. Yaqin do’stlik va hamkorlik munosabatlari, Afg’onistonning Sovet ittifoqi ta’siri ostiga kirishigacha davom etdi. Sovet ittifoqi ishg’olining 1989-yili o’z nihoyasiga yetishi natijasida Turkiya Afg’oniston kun tartibini yaqindan kuzatib borishni davom ettirdi. Ham tashqi aktyorlar, ham mamlakatdagi barcha guruhlar bilan aloqa o’rnatib, Afg’onistonga barqarorlik va tinchlik olib kelinishiga hissa qo’shishga harakat qildi. Turkiya bugungi kunda ham Afg’onistonning xavfsizlik va rivojlanish sohalaridagi mexnatini faol ravishda qo’llab-quvvatlab kelmoqda.   

Turkiyaning Afg’oniston siyosatida 4 unsur muhim hisoblanadi. Ular Afg’onistonning birlik va hududiy yaxlitligini himoya qilinishi, xavfsizlik va barqarorlikning ta’minlanishi, mamlakatda xalq tomonidan qo’llab-quvvatlangan keng ko’lamli siyosiy tuzilishning mustahkamlanishi va Afg’onistonning terrorizm va ekstremizmdan xalos bo’lishi, xalqning tinchlikga erishtirilishidir. Turkiya ushbu maqsadlarga muvofiq ham o’zaro munosabatlarda ham da, BMT va NATOning say harakatlarini qo’llab-quvvatlayotgan holda Afg'onistonning kelajagi uchun keng ko’lamli hissa qo’shib kelmoqda. Afg’onistonning qo’shni davlatlar bilan bo’lgan munosabatlarining mustahkamlanishi, Turkiyaning Afg’onistonga bo’lgan yondoshishining oldingi unsurlaridan biridir.  

Huddi mana shu maqsad bilan 2007-yili Turkiya-Afg’oniston-Pokiston uchli sammit jarayoni va 2011-yili Osiyoning qalbi hisoblangan mamlakatlarning ishtiroki bilan Istanbul jarayoni boshlatildi. Turkiyaning 2004-yildan e’tiboran Afg’onistonda olib borgan rivojlanish dasturi Turkiyaning bugungacha bir mamlakatga bag’ishlangan eng yirik tashqi yordam dasturlaridan biri hisoblanadi.  

Bryusselda 2016-yilning 4-5-oktabr kunlari uyushtirilgan Afg’oniston konferentsiyasida Turkiya 2018-2020 davriga atalgan rivojlanish yordamiga qaratilgan hujjatdagi raqamni 150 million AQSh dollari deya ma’lum qildi. Varshavada 2016-yilning 8-9-iyuli kunlari uyushtirilgan NATO sammitida esa Turkiya Afg’oniston xavfsizlik kuchlariga yordam sifatida 2018-2020 davri uchun 60 million AQSh dollari ajratib berishni o’z zimmasiga oldi.   

Aziz dasturimz kuzatuvchilari, Otaturk universiteti, Xalqaro aloqalar bo’limining kichik ilmiy xodimi Jemil Dog’ach Ipekning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 



Aloqador xabarlar