Prezident Erdog'an Qozog'istondagi rasmiy uchrashuvlarini boshladi

IHT sammitida ishtirok etish uchun hozirda Qozog’isatonda bo’lgan Prezident Erdog’an uchun qardosh mamlakatda rasmiy kutib olish marosimi uyushtirildi. Ortidan Prezident Erdog’an bilan Nursulton Nazarboyev eng avvalo yakkama-yakka uchrashuv o'tkazdi.

804052
Prezident Erdog'an Qozog'istondagi rasmiy uchrashuvlarini boshladi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Fetullahchi terror tashkiloti bosh bo’lish bilan birga barcha terror tashkilotiga qarshi kurashda Turkiyaning qarorli ekanligini qayd etdi.

Islom Hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun hozirda Qozog’isatonda bo’lgan Prezident Erdog’an uchun qardosh mamlakatda rasmiy kutib olish marosimi uyushtirildi.

Prezident Erdog’an bilan Qozog’iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev marosim ortidan eng avvalo yakkama-yakka uchrashuv o’tkazdi.

Erdog’an, uchrashuvning matbuotga ochiq bo’limida ikkala mamlakat o’rtasidagi munosabatlarni kun o’tgan sayin orttirish say-harakatiga e’tibor qaratdi.

Haligacha 2 milliard AQSh dollari atrofidagi savdo hajmining tezlik bilan 5 milliard AQSh dollariga chiqarilishining maqsad qilib olinganligini belgilab o’tgan Erdog’an, mintaqaviy muammolar nuqtasida ayniqsa Prezident Nazarboyev ko’rsatgan g’ayrat uchun minnatdorchilik bildirdi.

Erdog’an,

“14-sentabr kuni Ostonada bo’lib o’tadigan sammit ham muhimdir. Umid qilamanki ushbu sammit bugungacha amalga oshirilgan faoliyatlarga ijobiy nuqta qoyadi. Bu orqali Jeneva jarayoni ham yana-da qulay ravishda davom etadi” deya gapirdi.

Qozog’iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev esa ertaga o’z ishini boshlaydigan Islom Hamkorlik tashkiloti sammitida, dunyoning 57 davlatidan qariyb 70 ga yaqin hay’atning ishtirok etishini ifodalab, sammitda Prezident Erdog’an bilan birgalikda ishtirok etishini qayd etdi.   

Prezident Erdog’an bilan Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning taklifiga binoan Ostonada Suriya masalasini qo’lga olish faoliyatining davom etganligini eslatgan Nursulton Nazarboyev, navbatdagi muzokaraning 14-sentabr kuni bo’lib o’tajagini bildirdi.

Yakkama-yakka uchrashuv ortidan hay’atlararo uchrashuv boshladi. Ushbu uchrashuv ortidan, ikkala mamlakat o’rtasida uch shartnomaga qo’l qo’yildi.

Prezident Erdog’an uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanida DEASh, FETO, al-Qoida kabi terror tashkilotlariga qarshi kurash borasida hamkorliklarning yana-da orttirilajagini aytib o’tdi.

Erdog’an FETO terror tashkilotining o’tgan yilning 15-iyuli kuni qo’l urgan to’ntarish tashabbusi jarayonida Turkiyani qo’llab-quvvatlagan Qozog’iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevga minnatdorchilik bildirdi va bu borada:

“Bir yoqadan bosh, bir yengdan qo’l chiqarib, har ikki mamlakatning ham milliy xavfsizligini tahdit etgan bu to’dani yo’q qilamiz” dedi.

Prezident Erdog’anga ushbu safar chog’ida Bosh vazir o’rinbosari Hakan Chavusho’g’li, Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi, Sanoat va texnologiya vaziri Faruk Chelik, Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li bilan Oila va ijtimoiy siyosatlar vaziri Fatma Betul Sayan Kaya ham hamrohlik qiladi.



Aloqador xabarlar