Bingo'ldagi terrorga qarshi kurashda, bir askar shahid bo'ldi

Turk Qurolli kuchlari tomonidan terror tashkilotiga qarshi mamlakatning Shirnak, Hakkari va Mardin viloyatlarida olib borilgan amaliyotlarda oxirgi bir hafta mobaynida jami 32 terrorist yo’q qilindi.

Bingo'ldagi terrorga qarshi kurashda, bir askar shahid bo'ldi

Turkiyaning Bingo’l tumaniga qarashli qishloqda terror tashkilotiga qarshi kurash doirasida amalga oshirilgan tekshiruv va kuzatuv faoliyati olib borgan xavfsizlik kuchlari bilan PKK terror tashkiloti o’rtasida kelib chiqqan to’qnashuv oqibatida 1 askar shahid bo’ldi. Shahid bo’lgan askardan tashqari 1 askar tan jarohati oldi.

Tan jarohati olgan askarni davolash ishlari davom etmoqda.

Turk Qurolli kuchlari tomonidan terror tashkilotiga qarshi mamlakatning Shirnak, Hakkari va Mardin viloyatlarida olib borilgan amaliyotlarda oxirgi bir hafta mobaynida jami 32 terrorist yo’q qilindi.

Amaliyotlarda terroristlar tomonidan foydalanilgan boshpana, g’or va omborxonalar yo’q qilinar ekan tashkilotning muhim moliyaviy manbaalaridan biri hisoblangan giyohvand moddalarga va kontrabandaga qarshi kurash doirasida ham 200 tup nasha, 346 kilogram narkotik modda, 6 million 726 ming 102 pachka kontrabanda sigaret va 90 ming litr yoqilg’i qo’lga tushirildi.



Aloqador xabarlar