Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 32-qism

Dasturimizning bugingi bo’limida Turkiyaning Rossiyadan S-400 zenit-raketa majmualarini xarid qilib olish to’g’risidagi qarori va g’arb davlatlarining bu qarorga bo’lgan e’tirozlari shuningdek, vaziyatning mintaqaga ko’rsatgan ta’siri haqida so’z qilamiz.

Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 32-qism

Aziz dasturimiz muxlislari,

Suriyadagi nizo va mojarolarning ichki urushga aylanishi, Iroq va Suriyada DEASh va PKK terror tashkilotlarining borligi, qo’shni geografik hududlardagi inqiroz potensiali, Turkiyaning havo mudofaa tizimidagi izlanish va faoliyatini jadallashtirishiga yo’l ochdi. Qo’shni geografik mintaqalardagi xavflar esa raketa tizimi va kimyoviy qurollarga qarshi Turkiyaning turli tadbir olishiga majbur qildi. Bugungi kundagi Turkiyaning mudofaa siyosatidagi eng muhim masala huddi mana shundan iboratdir.

Eng avvalo Suriyadagi vaziyat yuzasidan NATO tarkibidagi Turkiya raketa xavfi ostida bo’lishiga qaramay Patriot havo mudofaa tizimlari Turkiyaga NATO tomonidan ancha kech olib kelindi. Ispaniya va Italiyadan boshqa barcha mamlakat ham batareyalarini chiqarib olib ketdi. Bugun PKK/ PYD / YPG terror tashkilotlari qo’lida NATOga asoslangan yengil va og’ir qurollar bor. NATO inventarida o’rin olgan harbiy portlaguvchi moddalar terroristlar tomonidan Istanbulning qoq markazida foydalanildi. FETO ning o’tgan yilgi to’ntarish tashabbusiga qarshi G’arb davlatlari jiddiy ravishda qarshilik ko’rsatmadi. Bularning hammasi Turkiyani tadbir olish yo’llarini qidirishga majbur qilmoqda.    

Rossiya tomonidan berilgan narxning tushirilishi, Turkiya-Rossiya munosabatining yaxshilanishining ko’rsatkichi desak mubolag’a bo’lmaydi. Turkiyaning Rossiyadan S-400 zenit-raketa majmualarini xarid qilib olish to’g’risidagi qarori g’arblik ittifoqchilarining qattiq tanqidiga yo’l ochdi. Bunga o’xshash vaziyatlar bundan faqatgina bir necha yil muqaddam, Turkiyaning Xitoy firmasidan havo mudofaa tizimi ta’minlash to’g’risidaigi muzokara jarayonida uchratilgan edi.  

Aytib o’tish joizki Turkiyaning g’arblik ittifoqchilari e’tirozlarining eng asosiy sababi texnik masalaga qaraganda ko’proq siyosiy masaladek ko’rinmoqda. Zero huddi ana shu g’arblik ittifoqlardan Gretsiyaning Rossiyadan xarid qilib olgan S-300 larini, o’zining mahalliy havo mudofaa tizimiga integratsiyalash to’g’risidagi qaror va “Oq burgut-2013” harbiy tadqiqot chog’laridagi S-300lardan foydalanishlar hech qanday e’tirozlarga yo’l ochmadi.

Turkiyaning Rossiyadan S-400 zenit-raketa majmualarini xarid qilib olishi Turkiyaning, bugungacha Turk rasmiylari tomonidan takror-takror ta’kidlanganidek favqulodda vaziyatlar ehtoyijlarini ta’minlashga qaratilgan bir tadbir tashabbusdan iboratdir. Oxirgi vaqtlarda Turkiyaning NATO va ayniqsa AQSh bilan tashqi siyosat va harbiy xavfsizlik manfaatlarining bir-biriga to’g’ri kelmaganligi ma’lum haqiqatdir. Bunga qarshi Rossiya bilan Turkiya o’rtasidagi mavjud yaxshi munosabatlar ham bir kun kelib buzilishi mumkin. Shuning uchun ham Turkiyaning mudofaa alternativlari va ittifoqchilarini ko’paytirishi o’zi jihatidan to’g’ri tashabbus hisoblanadi.

Turkiyaning qo’shni mintaqalardan kelgan ochiq va yaqin xavflarga qarshi tadbirsiz o’tirishi noto’g’ri albatta. Shuning uchun ham Turkiyaning o’zini havo mudofaa tizimi bilan ta’minlashini to’g’ri tushunish darkor. Bu esa qisqa vatq ichida yirik ta’minlaguvchilardan havo mudofaa tizimlarini xarid qilib olish yo’li bilangina amalga oshadi.

Turkiyaning S-400 zenit-raketa majmualarini xarid qilib olishiga NATOning e’tiroz bildirishi tabiiy hol edi. Shunday ekan NATO S-400 tizimining o’z tizimiga integratsiya qilisihga ham yo’l qo’ymasligi mumkin. Bu vaziyatda Turkiya bu tizimni NATO tizimidan mustaqil ravishda, faqatgina turgan o’rnini himoya qiladigan vaziyatda joylashtiradi. Lekin bugungi kunda Turkiyaning barcha mudofaa jarayonlari va mudofaa tuzilishi NATOga integratsiya bo’lganligi uchun birinchi bosqichda jiddiy muammolarga duch kelinishi mumkin. Agar NATO va AQSh Turkiyaning, bunday say-harakatidan bezovta bo’layotgan bo’lsa unda mintaqada qabul qilina oladigan kuch muvozanati qura olish uchun Turkiyaning tashvishlarini tushinishi va Turkiya bilan birgalikda faoliyat olib borishi darkor.   

Turkiyaning qo’shnisi hisoblangan Kavkaz, Bolqon va Yaqin Sharq kabi geografiyalarda oxirgi yuz yil ichida bir muncha to’qnashuv, nizo va urush yuz berdi. Ular orasida davlatlaro urushlar bilan birga gibrid urushlar ham bor. Turkiya bugungi kunda ham keng geografik hududda turli xavflarga duch kelgan vaziyatda. Shuning uchun ham ayniqsa o’tgan yilgi 15-iyul voqeasi ortidan keng ko’lamli mudofaa va xavfsizlik tizimi talab qilmoqda. Turkiyaning g’arblik ittifoqchilarining ham bu vaziyatni hisobga olgan holda, ittifoq davlat sifatida, bo’yniga tushgan vazifasini bajarishi o’zaro munosabatlarning kelajagi jihatidan muhimdir.

Aziz dasturimz kuzatuvchilari Otaturk universiteti, Xalqaro aloqalar bo’limining kichik ilmiy xodimi Jemil Dog’ach Ipekning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 



Aloqador xabarlar