Kun tahlili 32- qism

Amerika qo’shma shtatlari, 1991 yilidan  beri Yaqin sharq va ba’zi  Afrika o’lkalariga demokratiya olib borishga harakat  qilmoqda. AQShning demokratiya eksportidan eng ko’p ta’sirlangan o’lkalar Somali, Afg’oniston, Iroq va Suriya.

Kun tahlili  32- qism

       

                                 Amerika qo’shma shtatlari, 1991 yilidan  beri Yaqin sharq va ba’zi  Afrika o’lkalariga demokratiya olib borishga harakat  qilmoqda. AQShning demokratiya eksportidan eng ko’p ta’sirlangan o’lkalar Somali, Afg’oniston, Iroq va Suriya.

                     Amerikaning demokratiya olib borgan o’lkalarda  taxminan 5 million tinch aholi o’ldirilgani taxmin etilmoqda. AQSh, bu o’lkalarga demokratiya olib bormasdan oldin, ichki urush yoki  birodarning birodarni o’ldirishi kabi  bir voqea  deyarli  hech yo’q edi. Afg’onistondagi Tolibon va Mujohid hukumati to’qnashuvi emas,  butunlay siyosiy bir janjal edi.

                     Somali, buhrondan qutulishga harakat qilmoqda edi. Iroqda tartibli bir nizom bor edi. Sadomning  atom emas hatto Ximiyoviy quroli ham yo’q edi. Holbuki  AQSh, bu sabablar  bilan Iroqni ishg’ol etgan edi va ishg’oldan yillar so’ngra yana AQSh manbalari, Iroqda atom qurol yo’q edi deb e’tirof qildilar.

                     AQSh, sherigi bo’lgan terror tashkiloti YPG vositasi bilan Suriyaga  demokratiya olib borishga  harakat qilmoqda. Xahlasangiz,  AQShning demokratiya olib borishga harakat qilgan Suriyaga bir nazar tashlaylik:

                     O’tgan kunlarda ijtimoiy tarmoqda 1 daqiqa 17 soniyalik bir video tarqatildi.

                     Video, Suriyaning shimol hududida tasvirga tushirilgan. Vayrona bir binoning ichida qo’llari orqaga bog’langan bir yosh zo’raki kulishga harakat qilmoqda va Kurd tilida shunday demoqda:

                     Iltimos meni o’ldirmang.

                     Hayot bilan olim orasidagi eng nozik chiziqning o’rasida turgan  bu Kurd yoshi, juda yumshak va shafqatli bir ovoz bilan va tabassum bilan qurolli terroristlardan o’zini o’ldirmasligi uchun  iltimos qilmoqda.

                     Kelgusi yillarini tabassum bilan bezatib   g’asb etmasligini iltimos qiladi. Bunday bir shartda  umuman dod   va faryod  qilishi kerak. Ekranda, qo’llarida AQSh ittifoqdoshi  YPG  gerbi bo’lgan ikki kishidan yana semizirog’i  kurd tilida  g’azab  bilan shunday javob beradi.

                     Buyuriqga rioya  qilmading. Urushimizga qatnashmading. Ushbu harakating  bilan Kurd xalqiga xiyonat qilding.   Va Xiyonatning jazosi o’lim degandan keyin   o’q uzib yuboradi. Ortidan AQSh ittifoqdoshi bo’lgan boshqa YPG terrorist han o’q uzadi.

                     Umrining g’asb qilishini istamagan  noharbiy  Kurd yoshi, qo’li orqada bog’langan holda yuzini  o’qqa qarshi o‘girmasdan turib tabassum bilan o’ladi.

                     AQSh va barcha   Yevropa o’lkalari tomonidan O’jalan “ terrorist” deb qabul qilinadi. Hatto AQSh, O’jalanni qo’lga olish uchun Turkiyaga hatto yordam bergan.

                     Amerika qo’shma shtatlari ittifoqdoshi bo’lgan terror tashkiloti YPG,

                     AQSh o’ziga bo’ysunmagan Kurdlarni uy- joyidan haydab surgunga yubormoqda.  Yerini yurtini tark etmagan u 20 yoshidagi yoshlar esa  o’ldirilmoqda.

                     Vazifam tufayli bir necha marotaba bu videoni tomosha qildim. Urush va terror mavzusidagi jurnalistlik vazifamning eng yomon  tomoni, boshqalarining o’limini izlash  majburiyatida qolishim.

28 yildan  ziyod kasbim bo’yicha hayotga bunday bog’langan boshqa ikki o’limga yana guvoh bo’ldim.

Biri 1994- yilida Bosniya va Gersegovinada Serb terroristlar, Dracachda bir ayolni bolalarining ko’zining o’ngida o’ldirar ekan, boshqasi esa 1999- yilining oxirlarida boshlagan II. Chechen- Rus urushida guvoh bo’ldim. Chechenistonning poytaxati Gruzinida yana quchog’ida  bolasi bir Chechen ayolni Rus askarlari tomoni o’ldirilar ekan guvoh bo’lgan edim. O’q badaniga teggan holda tabassum qilardi. Bir umrdan yana ham uzoq ikki va uch soniya edi.

 Bugun kunda  AQShning sherigi bo’lgan terror tashkiloti ko’chishga majburlagan Kurdlar soni 700 mingdan  oshgani taxmin etilmoqda. Kurdlar nomidan terror va dahshat qilayotgan YPG va PYD, juda ajibdir ki  jami  Kurd aholi soni bir million atrofida bo’lgan Suriyada Kurdlarining 700 mingi surgin qiling.

Xo’p, PYD- YPG terror tashkilotidan qochgan Kurtdlar qaysi o’lkaga boshpana olib bormoqda bilasiz mi? Yevropa ittifoqi a’zosi g’arbiy Yevropa o’lkalari “ Kurd yurtdoshlariga bosim qiladi “ deb iddao qilgan Turkiyaga  boshpana keltirmoqdalar. Terror tashkilot YPGdan qochib Turkiyaga boshpana olib kelgan  Kurd qochqin soni 500 ming atrofida ekani taxmin etilmoqda. Turkiyaga   boshpana keltirmoqda.  

Turkiya, o’ziga boshpana olib kelgan etnik guruhlarni tekshirmagani uchun ushbu sonning  qancha ekanini  aniq taxmin etish mumkin emas. Faqat Iroqning shimolidagi Barzani boshqaruviga boshpana olib borgan Kurd qochqin soni 70 ming atrofida ekani ma’lum  bo’ldi. Bu vaziyatda, qolgan Kurdlar Turkiyaga boshpana olib kelgani  ma’lum bo’lmoqda.

Kurdlarning  Suriyada hech bir  zamon  fuqarolik kartochkalari bo’lmagan. Turkiya Respublikasi Prezidenti Erdo’g’an, Bosh vazir bo’lgan paytda Asadga qilgan  bosimlari natijasida, Suriyalik Kurdlar, tarixda ilk marotaba  fuqarolik  kartochkalariga ega bo’la boshladilar.

Erdo’g’andan oldin Suriya Kurdlari minglab yillik tuproqlarida “ qochqin” statusi edilar.

Suriyada  PYD- YPG zulmidan qochgan Kurdlar, Turkiyaning har joyida istiqomat  qilayotganlarini  bilasizmi? Ayni zamonda istagan har sektorda erkin ravishda ishlaydi yoki ish qura oladilar.

Suriyadagi demokratik va  tinch aholi va kurd muxolif tashkilotlarining markaz byurolari Turkiyaning poytaxti Anqara va Istanbulda joylashgan. Kurd muxoliflarning   Yevropa ittifoqi a’zosi o’lkalarda yashash imkoniyati yo’q. Yevropalik politsiyachilarning ko’zining o’ngida PKK- YPGliklarning hujum bilan   duchor bo’lmoqdalar. Va  u siyosiy Kurd liderlar, shoshilinch ravishda  Turkiyaga boshpana  olib keladi. Barcha bular ko’zga olganda aqlimizga ana shu savollar keladi: “Amerikaning  demokratiyasi  nimaga odamlarni  o’ldirmoqda?”

                      

 

SİNYAL


Tanlangan kalimalar: o'limidan keyin , o'lim , Odam , Somali , Afg'oniston , Demokratiya , AQSh

Aloqador xabarlar