Turkiya Prezidentlik voizi Ibrohim Kalin: "Moddiy dunyodan ma'naviy dunyoga o'tish..."

Ibrohim Kalin:"Qur’onga ko’ra, barcha koinot bizga omonat sifatida berilgan va bu omonatga loyiq deb topilgan insonlar esa, ishonchli va amin bo’lishga majburdirlar"

Turkiya Prezidentlik voizi Ibrohim Kalin: "Moddiy dunyodan ma'naviy dunyoga o'tish..."

Bugungi kunda biz duch kelgan intellektual va axloqiy muammo aslida dunyoda bola turib lekin unda bo’lmaslik masalasi. Dunyoda, uning moddiy boyligini inkor etib yoki unga batamom berilib emas aksincha yashashga loyiq ravishda umr surish darkor. Bu dunyodagi yashash maqsadimizni hech qachon ko’zdan qochirmay, hayotdan maksimal darajada zavq olib yashashni o’rganishimiz zarur.

G’arblik diniy va sharqshunos olimlar orasida islom diniga qaratilgan tanqidlardan biri islom dini bilan xristian dini bir-biri bilan solishtirilganida, bir din sifatida islom dinining ko’proq dunyoviy ekanligi to’g’risidagi iddiolarning o’rtaga tashlanishidir. Xristian munozarachilar Muhammad Payg’ambarni Iso Masihning aksiga “jahon hamjamiyati va siyosiy munosabatlarga katta e’tibor bergan” deb hisoblaydi. Kamiga islomni bir din emas, bir mafkura ekanlikda ayblaydi. Bu iddio va ayblovlar noto’g’ri tushuncha va soxta taqqoslashlarga borib taqalmoqda. Islom dini, dunyoning borligini inkor etmaydi lekin dunyoga unchalik berilib ham ketmaydi. Bilishimiz shart bo’lgan eng nozik muvozanat esa bu dunyoning xizmatkori bo’lib ketmay, uni ma’noli va mazmunli ravishda yashashdir.       

Moddiy boyliklarga yetarli darajada ahamiyat berib, uni qadrlashimiz shart albatta lekin Tanrining yaratilish rejasidagi kichkinagina nuqtalarini va uning ichidagi o’z o’rnimizni bilgan xolda muomala qilishlik donolik va mahorat talab qiladi. Dunyo bir parda hisoblanadi va u ko’ngil o’char bir makondir. Hech kim uning ichida o’zini yo’qotib qo’ymasligi darkor. Odam bolasining donoligi va sharafi bu dunyoning vaqtinchalik o’tish onining ustidadir. Lekin Tanrining bir san’at asari sifatidagi dunyo bir tomonidan Uning qudratini, bir tomondan Uning chevarligini va rahm-shafqatini ko’z oldimizga yoyib qo’yadi. Dunyo, g’am va tashvishning manbaasi bo’lishi mumkin lekin ayni vaqtda donolikning, muhabbatning, mehr-shafqatning ham manbaasidir.  Bu ham bo’lsa bizni har doimgidek quyidagi nozik savolni berishga undaydı yani, “umrimizni, dunyoga berilib ketmagan ravishda, qanday qilib jiddiy va mazmunli o’tkazisihimz mumkin?”.    

Bu faqatgina kontseptual savol emas. Bu savol bizning atrof muhitdagi dunyo bilan qanday muomalada bo’lishimiz kerakligini ham shakllantiradi. Dunyoni rivojlantirish yoki yo’q qilish yo’llarini aniqlaydi. Bu savol barcha madaniyatlarning qalbidagi savoldir va u shunday bir savolki bugungi kunda zamonaviy dunyo ham unga qanday javob berishni bilolmayapti.

Klassik musulmon mutafakkirlar va olimlar dunyoning moddiy jihatini jiddiy ravishda muhokama qilibti lekin hech qachon uni o’zidan-o’zi paydo bo’lib qo’lgan degan natijaga erishmapdi.

Lekin shunga qaramay “dunyo” o’zini-o’zi izoh etgan va o’zining paydo bo’lish sababini ochiq-oydin ko’rsatgan haqiqat emas edi. Moddiy dunyoni Qur’on-i Karimning “dunyoviy hayot” deya tilga olgan keng ma’nodagi ta’rifida ham qo’lga olganlar lekin bu nozik ma’nodagi ta’rif “dunyo hayoti” deb ham ifoda etilishi mumkin.

“Dunyo hayoti” sifatida nazarda tutilgan va zimmasiga katta qadriyatlar yuklangan yaxshi va yomon tamoyillar fizika va matematika prinsiplariga ko’ra, katta ahamiyat kasb etgan aloqalar to’plamidir.

Dunyo faqatgina biron ob’yekt yoki insonlarning makoniga aylangan joy emas. Yana ham muhimi ahloqiy maydon, insoniylikni shakllantirgan e’tiqodlar to’plamidir.

Dunyoga nisbatan munosabatimiz bu maydonda bir-birimizga bo’lgan munosabatimiz bilan ma’no kasb etadi.

Shu sababli, dunyoviy hayotga nisbatan dunyoning moddiy borlig’ini inkor etmagan holda, ahloqiy va ma’naviy kurash sifatida qarashimiz kerak.

Insonlardan bu dunyoning qoidalariga amal qilish, qadriga yetish talab qilinadi, lekin bir tomondan Muhammad payg’ambarning quyidagi so’zlarini aqlda tutish talab qilinadi: “Bu dunyoga begona bo’l va aslo unga bog’lanma!”

Bir tomondan dunyo ne’matlariga bog’lanmaslik, bir tomondan esa, dunyoning qadriga yetishdan ham murakkab bu ikki yo’l aslida, islomning o’rta yo’lni topish va barcha ashaddiylikdan uzoq turish tavsiyasining davomidir.

Islom mana bu zamin asosiga insoniyat tarixining eng doimiy madaniyatlaridan birini insho etgan. Musulmon olimlar, san’atchilar, boshqaruvchilar, qishloq ahli va boshqalar dunyoni, koinotning qonunlarini va go’zalligini kashf etish yo’llarini qidirganlar. Bundan qo’lga kiritilgan katta moddiy va ilmiy muvaffaqiyatlar ularni hech qachon materializm va dunyoga mukkasidan ketishlikka jalb qilmagan. Ular dunyoga foniy bir maskan sifatida qaraganlar, lekin uni yana ham go’zallashtirish uchun g’ayrat sarf qilganlar.

Qur’onga ko’ra, barcha koinot bizga omonat sifatida berilgan va bu omonatga loyiq deb topilgan insonlar esa, ishonchli va amin bo’lishga majburdirlar. Mana bu shakldagina dunyo butun insonlar uchun ishonchli joyga aylanadi.

Xulosa shuki, dunyoda na uning moddiy boyligini inkor etgan holda, na unga mukkasidan ketgan holda yashamaslik kerak. Unga to’be bo’lmaslik kerak. Dunyoning qadriga yetib yashash kerak. Bu dunyodagi eng asosiy maqsadimiz hayotning zavqiga borib yashashni uddalashdir.

Shu sababli, islomning dunyoviy din ekanini aytish katta xato bo’ladi. Islom dunyoni rad etguvchi bir din emas. Buning siri shundaki: “Har narsani oid bo’lgan o’rniga qo’yish” bo’lmish adolatni to’liq anglay olish va unga amal qilishdir. Dunyoga va o’zimizga nisbatan odil bo’lganimizdagina har narsa o’z yo’lida davom etadi.

Shu sababli, biz dunyoda omonatga hiyonat qilmaydigan ahloqiy va ma’naviy mukammallikka intilib yashashimiz kerak. Haqiqatga, komillikka, sevgiga va baxtiyorlikka erishish, faqatgina dunyoga to’be bo’lib qolmaganimizdagina amalga oshadi.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: hayot , dunyo , Daily Sabah , maqola , Ibrohim Kalin , Turkiya

Aloqador xabarlar