Turkiya-Yevropa Ittifoqi vazirlari ishtirokida siyosiy dialog yig’ilishi o’tkaziladi

Yig’ilishga Turkiyadan tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li bilan Yevropa Ittifoqi vaziri va bosh muzokarachi O’mer Chelik qatnashadi.

776342
Turkiya-Yevropa Ittifoqi vazirlari ishtirokida siyosiy dialog yig’ilishi o’tkaziladi

Ertaga Turkiya-Yevropa Ittifoqi vazirlari ishtirokida siyosiy dialog yig’ilishi o’tkaziladi.

Belgiyaning poytaxti Brusselda bo’lib o’tadigan yig’ilishga Turkiyadan tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li bilan Yevropa Ittifoqi vaziri va bosh muzokarachi O’mer Chelik qatnashadi.

Mazkur yig’ilishga Yevropa Ittifoqi Tashqi aloqalar va xavfsizlik siyosati maslahatchisi Federika Mogherini bilan qo’shnichilik siyosati va kengayish muzokaralaridan mas’ul Yevropa Ittifoqi komissari Johannes Hahn mezbonlik qiladi.

Yig’ilishda Turkiya-Yevropa Ittifoqi o’rtasidagi muzokara jarayoni bilan bir qatorda, energetika, iqtisodiyot, tijorat va terrorizmga qarshi kurash bo’yicha hamkorlik istiqboli, migratsiya va Turkiya fuqarolarini vizadan ozod qilish masalasining bugungi holati, shuningdek mintaqaviy dolzarb masalalar muhokama qilinadi.

Turkiya yig’ilish chog’ida talab va istaklarini, takliflarini Yevropa Ittifoqiga ifoda etadi.

Eslatma: Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’onning o’tgan oyda Brusselga tashrifi chog’ida yig’ilish o’tkazish to’g’risida qaror olingandi.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar