Prezident Rajap Tayyip Erdog’an hayit namozini Istanbulda o’qidi

Prezident Erdog’an hayit namozi ortidan jome’ masjididan chiqar ekan jurnalistlarning kun tartibi haqidagi savollariga javob berdi.

759314
Prezident Rajap Tayyip Erdog’an hayit namozini Istanbulda o’qidi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an hayit namozini Istanbulda o’qidi.

Prezident Erdog’an hayit namozi ortidan jome’ masjididan chiqar ekan jurnalistlarning kun tartibi haqidagi savollariga javob berdi.

Erdog’an, jurnalistlarning Qatar muammosi haqidagi savollariga esa quyidagicha to’xtaldi:

Prezident Erdog’an, “Eng avvalo Qatarning 13 moddaga qarshi muomalasini Turkiya sifatida biz ham qo’llab-quvvatlamoqdamiz. Chunki u 13 moddalik ro’yhat xalqaro huquqga to’g’ri kelmaydi. Zero, davlatlararo huquqda bir davlat erkinligiga bunchalik hujum qilinmaydi. Shunday ekan Turkiyaning 2014-yildan beri mudofaa sohasida hamkorlik qilib kelayotgan Qatarga qarshi muomala qilishi to’g’ri bo’lmaydi” deya gapirdi.

Prezident Erdog’an shuningdek, al-Jazira telekanalining yopilishini ham matbuot erkinligiga to’g’ri kelmasligini ta’kidladi.

Shu bilan birga jome’ masjidida Prezident Erdog’anning shakari tushib, ahvoli yomonlashdi. Bunga qarshi shifokorlar tez yordam ko’rsatdi va ortidan Prezident Erdog’anning ahvoli qisqa vaqt ichida yaxshilandi.  

 



Aloqador xabarlar