Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 24-qism

Dasturimizning bugingi bo’limida Prezident Rajap Tayyip Erdog’anning may oyidagi Hindiston ziyorati va Turkiya-Hindiston munosabati haqida so’z qilamiz.

Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 24-qism

Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 24-qism

Turkiya va Hindiston o’rtasidagi munosabatlarning mustahkamlashtirilishi, Turkiyaning tashqi siyosatida muhim kun tartibi moddasi hisoblanadi. Prezident Erdog’anning Hindistonga bo’lgan ziyorati, Turk tashqi siyosati jihatidan katta ahamiyat kasb etadi. Erdog’anning Hindistonga Milliyatchi harakat partiyasi deputatlari bilan birgalikda ketishi ham muhim detal desak mubolag’a bo’lmaydi. Bu detal, Prezident Erdog’anning yangi davrda kuzatmoqchi bo’lgan ichki va tashqi siyosat masalasida bir belgi sifatida ko'rinish mumkin.   

Hindiston 1 milliarddan ortiq aholi soniga ega. Hind okeanida tabiiy hukmronligi mavjud. Arab dunyosi bilan Malay dunyosi o’rtasida bir o’tish nuqtasida. Boy etnik tuzilishi tarkibida musulmonlar ham bor. Shular qatorida turklar ham albatta. Roppa-rosa 7 ta mintaqa va 28 ta federatsiya orqali boshqarilgan mamlakatda 22 turli til ishlatiladi. Ko’p madaniyatli va ko’p tilli bo’lgan Hindiston bilan Turkiyaning munosabatlari qadimga borib taqaladi. Turkiya Respublikasining prezidentlik gerbida Hindistonda asos solingan Turk Bobur Davlati bir yulduz orqali ko’rsatilgan. Bugungi kunda Hindistonda qariyb 30 million atrofida turk millatiga mansub aholi bor.  

Hindiston jiddiy ravishda sotib olish kuchiga ega 200-300 million iste'molchini o’z ichiga qamrab olgan, barqaror makroiqtisodiy tuzilish sohibi bir bozor hisoblanadi. Turkiya va Hindiston o’rtasidagi savdo hajmida ortish kuzatildi. Lekin ikkala mamlakatning ham savdosi jihatidan kuzatilganida, zararli tomon Turkiyadir. (Hindistonning Turkiyada ko’plab investitsiyasi bor. 200dan ortiq Hindiston firmasi Turkiyaga investitsiya kiritmoqda. Turkiyaning esa Hindistonda iqtisodiy jihatdan faoliyatlari judayam pas nisbattadir.) Agar Hindiston mavjud o’sish darajasini davom ettirgudek bo’lsa unda dunyoning ikkinchi yirik iqtisodiy kuchiga aylanadi. Turkiya, Hindiston uchun Yevropa bilan Yaqin Sharqga ochilishi jihatidan muhim sherik bo’lishi mumkin. Ikkala mamlakat o’rtasidagi savdo hajmi qariyb 6.5 milliard dollarni tashkil etadi. Bu yetarli emas albatta. Eng qisqa vaqt ichida 10 milliard dollar saviyasiga chiqish foydali bo’ladi degan fikrdamiz.  Bu boradagi irodani har ikki mamlakatda ham ko’rishimiz mumkin.  

Bugungi kunda Hindistonda bojxona soliqlari qimmat turadi. Hindiston, liberallashish uchun tashlangan barcha qadamlarga qaramay qimmat bojxona to’lovlari bilan mahalliy sano’atini saqlab qolishga harakat qilmoqda. Hindiston hukumatining Jahon savdo tashkilotiga majburiyati doirasida xomashyo importida soliqlarning 10 foizga, ishlab chiqarilgan mahsulotlarda esa 20 foizga kamaytirilishi uchun va’da verdi. Lekin, bir necha mahsulotga qo’shimcha soliq yo’lga qo’yilmoqda. Shuning uchun ham yakuniy soliq huddi mana shu darajalarga solishtirganimizda judayam yuqoridir.   

Qo’shimcha soliqlarni ham birga hisoblaganimizda bojxona solig’i ikki barobarga chiqishi mumkin. Ikkala mamlakat bank tizimlari o’rtasida hali hanuz hech qanday hamkorligi yo’q. Turk banklaridan olingan kafolatlovchi maktublar qabul qilinmayapti. Korrespondent bank topish ancha murakkab va vositachi banklar bilan olib borilgan tijoriy protseduralar judayam qimmat turadi. Hindiston banklaridan kelgan akkreditivlar batafsil ma’lumotga ega emas va protsedura jarayonlari ancha uzoq davom etadi. Iqtisodiy munosabatlarning ilgarilashi uchun bu muammolarning hal qilinishi darkor.  

Hindistonda, ayniqsa siyosat olamida ortgan islomofobiya, xalq orasida terang yaralarning ochilishiga yo’l ochishi mumkin. Shunday ekan bu borada, hushyorlik bilan muomala qilinishi shart. Prezident Erdog’anning ziyorati bilan Turkiya-Hindiston munosabatlari tezlik bilan rivojlanish jarayoniga kiradi. Shuningdek bu ziyorat ba’zi ijobiy hodisalarga yo’l ochishi mumkin. Hindiston bilan Pokiston o’rtasida yangi muloqat zaminlariga imkon yaratishi mumkin. Hindiston-Xitoy munosabatlariga hissa qo’shishi mumkin. Kashmir masalasining eng avvalo nazorat ostida ushlab turilishi ortidan esa hal qilinishiga xizmat qilishi mumkin. Turkiya, AQSh bilan Rossiyaning Hindiston kuzatuvidagi vaziyatlarini barqarorlashtirish vazifasini bajarishi mumkin.   

Turkiya bularni amalga oshira oladigan salohiyatga egadir. Hindistondagi ko’pchilikni tashkil etgan musulmon aholisi va tarixda Hindistonda asos solingan Turk davlatlaridan qolgan izlar, Turkiyaning bu kuchiga kuch qo’shmoqda. Bunga qo’shimcha sifatida Turkiya, Hindiston bilan qiladigan hamkorligi va shartnomalari xususida Pokiston va Afg’oniston bilan bo’lgan muomalasini himoya qilishga harakat qilishi kerak. Aks holda mintaqada Turkiyaning qadimgi do’stlari hisoblangan bu ikki mamlakat bilan bo’lgan munosabatiga putr yetishi tabiiy.     

Turkiya bilan Hindiston o’rtasida ikki yilda bir marotaba, oliy darajali ziyoratlarning amalga oshishi foydali bo'ladi albatta. Bu ziyoratlar faqatgina oliy darajada emas, turli sohalarda, turli darajalarda ham bo’lishi mumkin. Yana-da ko’proq akademik almashuvlar amalga oshishi kerak. Shuningdek axborot-analitik markazlar o’rtasida aloqalar o’rnatilishi darkor. Shu doirada qo'shma konferentsiyalar uyushtirilishi va ikkala mamlakatni qiziqtirgan masalalar haqida yana-da ko’proq asarlar chop etilishi zarur. Natijada Hindiston; o’rni, aholisi, manbaalari va iqtisodiyoti bilan strategik bir mamlakat hisoblanadi va Turkiya Hindiston bilan bo’lgan munosabatlarini har sohada rivojlantirishni davom ettiradi.  

Aziz dasturimz kuzatuvchilari, Otaturk universiteti, Xalqaro aloqalar bo’limining kichik ilmiy xodimi Jemil Dog’ach Ipekning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 


Tanlangan kalimalar: Rajap Tayyip Erdog'an , Hindiston , Turkiya

Aloqador xabarlar