Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 22-qism

Dasturimizning bugingi bo’limida Prezident Rajap Tayyip Erdog’anning Xitoyga bo’lgan rasmiy ziyorati va Turkiya-Xitoy munosabati haqida so’z qilamiz.

Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 22-qism

Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 22-qism

Aziz dasturimiz muxlislari,

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdog’an Xitoy poytaxti Pekinda uyushtirilgan "Bir makon, bir yo’l" forumi doirasida ishtirok etish va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan uchrashuv o’tkazish uchun yaqindagina Xitoyda bo’lib qaytdi. Turkiya bilan Xitoy o’rtasidagi diplomatik aloqalar 1971-yili tashkil topgan. Ikki mamlakat o’rtasidagi hamkorlik esa 1980-yillardan keyin faollasha boshladi. Oxirgi vaqtlarda esa bu munosabatlar o’zaro oliy darajali ziyoratlar bilan yana-da mustahkamlanib ketdi.   

Turkiya 2002-yilgacha tashqi savdo va xalqaro investitsiya sohasida faqatgina Yevropaga yo’nalgan edi. 2002-yildan keyin esa Turkiya, faol tashqi siyosat yuzasidan yangi bozorlarga kirishi kerakligini anglab yetdi. Ortidan Prezident Erdog’an Osiyo, Afrika va Lotin Amerika mintaqalariga yana-da ko’proq ahamiyat bera boshladi. Xitoy ziyoratini ham shu doirada deya baholashimiz mumkin.  

2010-yili Turkiya bilan Xitoy o’rtasida strategik hamkorlik shartnomasiga qo’l qo’yildi. Lekin munosabatlarning strategik reja doirasida kuzatilganligini eslatishimiz shart. Turkiya bilan Xitoy o’rtasida ortgan iqtisodiy munosabatlarning Turkiya iqtisodiyotiga ijobiy hissa qo’shganligi ham haqiqatdir. Lekin Turkiyaning Xitoyga bo’lgan tashqi savdo kamomadi har yili, borgan sayin ortmoqda. Turkiya 2016-yili Xitoydan 25,4 milliard dollarlik import, Xitoyga esa 2.4 milliard dollarlik eksport qildi. Bu vaziyat barqaror emas. Turkiya-Xitoy iqtisodiy munosabatlarini rivojlantirish va uning davom etishi uchun Xitoydan Turkiyaga qaratiladigan to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarning ortishi darkor. Bu doirada Prezident Erdog’an va hamrohligidagi hay’atning rasmiy ziyorati chog’ida Turk va Xitoy firmalari o’rtasida, texnologiyani rivojlantirish to’g’risidagi shartnomalarga qo’l qo’yildi.

Bugungi kunda turkiyalik ishbilarmonlar va talabalarning eng yirik muammosiga aylangan viza masalalari bilan Xitoydagi xavfsizlik chora-tadbirlari yuzasidan kelib chiqqan salbiy ish tartibi davom etmoqda. Turkiyada 2008-yili ochilgan Xitoyning Konfutsiy institutlarining soni 2016-yildan beri beshtaga yetdi. Lekin Konfutsiy institutiga o’xshash Turkiyaning Yunus Emre nomidagi instituti esa haligacha Xitoyda o’z faoliyatlarini boshlay olmadi. Turkiyaning Konfutsiy institutlari uchun ta’minlagan qulayligini bundan buyon Xitoy ham Yunus Emre institutiga ko’rsatishi kerak.     

Oxirgi yillarda G’arb ommaviy axborot vositalari DEASh terror tashkiloti ustidan Turkiyani siyosat o’zgartirishga majbur qilayotgan edi va bular orasida Xitoy ham bor edi. Xitoy, Suriya muammosiga uyg’ur turklari masalasi jihatidan qaramoqda va Turkiyani, Suriyada uyg’ur jangchilarini qo’llab-quvvatlaganligini iddio qilgan holda ayblamoqda. Xitoy, uyg’ur turklariga ichki urush sifatida qaramoqda va boshqa davlatlarning bu masalaga aralashishini jiddiy ravishda tanqid qilmoqda. Lekin Suriya kabi Xitoyga minglab kilometr uzoqda yuz berayotgan insoniy va ahloqiy dramani bartaraf etishga harakat qilayotgan Turkiyaning, uyg’ur turklari ustidan ayblanishi Xitoy uchun jiddiy qarama-qarhilikdir.

Xitoydagi uyg’ur turklari muammosi xalqaro nodavlat tashkilotlar tomonidan jiddiy ravishda kun tartibiga olib chiqilmoqda. Xitoyning sovuq urush davridan qolgan siyosiy so’zlari va siyosatlari ham uyg’ur turklari ustidan jiddiy tazyik unsuri bo’lishni davom ettirmoqda. Uyg’ur turklarining diniy erkinliklari, ona tili va siyosiy faolligi sohasida jiddiy muammolari bor. Xitoy hukumatining iqtisodiy barqarorlik va birgalikda yashash to’g’risidagi rasmiy urg’usi esa afsuski amalda yoki real hayotda o’zini ko’rsatolmayapti.

2016-yilning oxirgi oylarida ayniqsa 15-iyul voqeasi ortidan Turkiya bilan Xitoy o’rtasidagi munosabatlar takror tiklana boshladi. Turkiya bilan Xitoy o’rtasida birinchi marotaba vazirlar ishtirokida maslahat mexanizmi tashkil topildi. Turkiya uchun Xitoy faqatgina o’zaro munosabatlar emas mintaqaviy va global munosabatlar jihatidan ham baholanishi kerak bo’lgan aktyordir. Natijada Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Pekinda, Turkiyaning Xitoy bilan yangi sahifa ochganligini ma’lum qildi.      

Xitoy, 11 trillion dollarlik yalpi ichki mahsuloti bilan dunyoning eng yirik ikkinchi iqtisodiyoti hisoblanadi. Bugungi kunda Xitoyning Turkiyadagi investitsiyasi qariyb 600 million dollarni tashkil etadi. Buning yetarli emasligi masalasida tomonlar hamfikrlar. Turkiya bugungi kunda chet el texnologiyasiga bo’lgan mubtaloligini kamaytiradigan darajada Xitoy bilan birgalikda loyihalar ishlab chiqarish maqsadida. Xitoyning rivojlanishi va xalqaro miqyosdagi o’rni hisobga olinganida mavjud muammolarga qaramay Turkiya-Xitoy munosabatlari davom etadi. Turkiya-Xitoy munosabatlari Turkiyaning G’arb bilan bo’lgan munosabatlariga nisbatan bir alternativ emas, bu munosabatlarni tamomlaguvchi bir munosabat sifatida baholanishi mumkin.      

Aziz dasturimz kuzatuvchilari, Otaturk universiteti, Xalqaro aloqalar bo’limining kichik ilmiy xodimi Jemil Dog’ach Ipekning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: Si Szinpin , Prezident Erdog'an , Xitoy , Turkiya

Aloqador xabarlar