Prezident Erdo’g’an, Yevropa ittifoqi a’zoligi Turkiyaning bo’lmasa bo’lmasi emas dedi

Prezident Erdo’g’an, NATO davlat va hukumat rahbarlari yig’ilishiga ishtirok  etish uchun Belgiya harakatidan oldin kecha Esenbo’ga  aeroportida qilgan izohida, yevropa ittifoqi ham o’z mas’uliyatini  bajo keltirishi kerak deb  ta’kidladi.

739265
Prezident  Erdo’g’an, Yevropa ittifoqi a’zoligi Turkiyaning bo’lmasa bo’lmasi  emas dedi

Prezident Rajab Toyyib Erdo’g’an, Yevropa ittifoqi (YI)a’zoligi, Turkiyaning  “ bo’lmasa bo’lmasi” emas deb  ma’lum qildi.

Prezident Erdo’g’an, NATO davlat va hukumat rahbarlari yig’ilishiga ishtirok  etish uchun Belgiya harakatidan oldin kecha Esenbo’ga  aeroportida qilgan izohida, yevropa ittifoqi ham o’z mas’uliyatini  bajo keltirishi kerak deb  ta’kidladi.

Erdo’g’an,

“ Bizning ularga  aytadigan so’zimiz  bu, 54 yil bo’ldi. Hanuzgacha nimani kutib turibmiz. Yevropa ittifoqiy  Turkiya o’z  istagi bilan   Yevropa ittifoqiy  sheriklik  istagidan  voz kechsin”  niyatida. Biz ham qarorni siz bering  deymiz. Uchrashuvda ( Yevropa Komissiya Rahbari Jean- Claude Juncker va Yevropa ittifoqiy kengashi rahbari Donald Tusk bilan ) buni ko’rib chiqamiz. (YI) Bizning bo’lmasa bo’lmas degan bir narsamiz yo’q, buning bilinishi lozim” deb aytdi.

Terrorizm mavzusida ham to’xtatgan Prezident, buning,  faqat bir o’lkaning emas dunyoning muammosi holiga kelganini aytdi.

Global masalalar faqat global jihatda  bir hamkorlik bilan yechim  topilishi  kerak degan  Erdog’an.

Hanuz ham menim terroristim, sening terroristing” imtiyozi va ajratib qo’yishni ko’rmoqdamiz  ba’zi yerlarda bu  davom etmoqda. Bu uslubdan uzoqlashishimiz shart” dedi.

Milliy va xalqaro tahdidlar qatorida terror birinchi o’rinda degan Rajab Toyyib Erdo’g’an,

“ Barcha ushbu tahdidlar, ham milliy hamda xalqaro saviyada tabiiy bizning ham xavfsizligimizni jiddiy ravishda tahdid etmoqda. Terror bu tahdidlar orasida holi hozir en muhim masaladir.

Barcha bu muammolarni  oshib o’tish uchun qarorli, asosiy bir uslub ko’rsatish shartdir.” Dedi.

NATO ittifoqdoshlari to’liq bir shaklda birdamlik va  hamkorlikda harakat qilish majburiyatida  ekanini aytgan Erdo’g’an,

“ Oxirgi oylarda ham Sankt-Peterburg, Stokgolm, Parij va Manchesterda sodir  etilgan  hujumlar, bizga terrorning mintaqaviy bir masala emasligini ko’rsatdi.” Dedi.

Prezident Erdo’g’an, Germaniya Adanadadagi Injirlik harbiy bazasidan chekinmoq istagi borasida esa, “ bu mavzu bilan tegishli bizga kelgan bir narsa yo’q. “ Biz Iordaniyaga boramiz, bormaymiz, bunga o’xshash bizga yetib kelgan bir narsa yo’q. Hatto o’tgan kunlarda kun tartibida bunday bir narsa bo’lmaganini Nemis rasmiylari o’z  bayonotlarida ma’lum qildi. Bunday bir narsa qilmoqchi bo’lsalar biz uchun muhim bir muammo emas. Tark etmoqchi bo’lsalar  oq yo’l  tilaymiz boshqa bir narsa emas deb  ma’lum qildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Yevropa Ittifoqi

Aloqador xabarlar