Saudiya Arabistoni tomonidan deport qilingan FETO a’zolari qamoqqa olindi

FETO va PYD terror tashkilotlarining Saudiya Arabistonida haj va umra kabi faoliyatlar uyushtirish orqali moddiy daromad qo’lga kiritganligi va ularni tashkilotga topshirganligi avval aniqlangan edi.

Saudiya Arabistoni tomonidan deport qilingan FETO a’zolari qamoqqa olindi

Saudiya Arabistoni tomonidan deport qilingan Fetullahchi terror tashkiloti Parallel Davlat tuzilmasi a’zosi 4 terrorist qamoqqa olindi.

FETO va PYD terror tashkilotlarining Saudiya Arabistonida haj va umra kabi faoliyatlar uyushtirish orqali moddiy daromad qo’lga kiritganligi va ularni tashkilotga topshirganligi avval aniqlangan edi.

Milliy razvedka tashkilotining samarali faoliyatlari natijasida buni amalga oshirgan terroristlar haqidagi ma’lumotlar Saudiya Arabistoni yetakchilariga yuborilar ekan ko’p o’tmay aybdorlar nazorat ostiga olinib, mamlakatdan deport qilingan.

Milliy Politsiya idorasi Terrorga qarshi kurash bo’limi yetakchilari tomonidan uyushtirilgan amaliyot natijasida Turkiyaga olib kelingan aybdorlar, FETO terror tashkilotiga a’zo bo’lganligi uchun Turkiyada ham ularni qo’lga tushirish to’g’risida qaror qabul qilingan edi.

 



Aloqador xabarlar