Kun tahlili 20- qism

Turkiya va Rossiya o’rtasida “ mushtarak aloqalar” davri Professor Dr. Mustafa Sitki Bilgin

Kun tahlili 20- qism

                Turkiya va Rossiya o’rtasida “ mushtarak aloqalar” davri 

                                                                                  Professor Dr. Mustafa Sitki Bilgin

2017- yili 3- May kuni Rossiyaning Sochi shaharida bo’lib o’tgan  Putin-  Erdo’g’an  sammiti yaqin davr Turk- Rus aloqalarida yangi bir sahifa ochilishiga sabab bo’lgan.

Chunki uchrashuvlarda, energiyadan mudofaa sanoat, qishloq xo’jalikdan koinot texnologiyasi, strategiyadan  xavfsizlikka, turizmdan   madaniy- maorifiy  ko’plab mavzuni muhokama qilganlar,   barcha mavzularda, juda  kichik muammo tashqarisida, kelishuvga borilgan.  Sammitda  qilingan izohlarda har ikki o’lka lideri   Turk- Rus aloqalarida “ aloqalar o’z iziga tushish  jarayoni yakunlandi va endi “ sheriklik aloqalari” saviyasiga o’tildi deyishdi. Faqat bu natijaga borish uchun inqirozlar bilan  to’la davrni  ortda qoldirdi  va ikki o’lka aloqalari ko’plab majburiy sinovlardan o’tdi.

             Tarixiy ravishda qaralganda Turkiya va Rossiya o’rtasida yaxshi- yomon aloqalar bo’lib o’tgan. Har ikki o’lka ham Yevrosiyo  geografiyasida  tarixiy va   jiddiy  aloqalarga  ega kuchli davlatlardir.

            Birovi  global bir kuch ekan  boshqa birovi    global kuch bo’lishga harakat qilgan bir kuchdir.

Yaqin davrda  sodir bo’lgan bir qator voqealari tizimi, Turk- Rus aloqalarini  xalqaro kun tartibida dolzarb masala  holiga keltirdi. 2015- yili 24- noyabrda Suriya chegarasida SU- 24 tipidagi bir Rus samolyoti Turk samolyotlari tomonidan urib tushirilishi ikki davlat o’rtasida  katta inqirozga sabab bo’ldi.

            So’ngra 2016- yili dekabr oyida Rus elchisi Andery Karlov 2016- yili 19- dekabr kuni  Anqarada bir suiqasd  oqibatida o’ldirilishi va bundan  keyingi davrda Suriyada  ijro etilgan Firat- qalqoni va Dijla qalqoni kabi harbiy amaliyotlar ikki o’rtasida vaqti- vaqti siyosiy va strategik muammolarning maydonga kelishiga sabab bo’ldi.

             Faqat Yevropa o’lkalar va AQShning Qrim inqirozi tufayli Rossiyaga iqtisodiy va siyosiy sanksiya tatbiq etishlari, NATOning takror  sobiq umumiy strategiyasiga qaytib Rossiyaning yaqinidagi  Polsha va Boltiqbo’yi o’lkalariga harbiy va qurol yuborib o’rab olishga harakat qilishi Moskvani yangi bir  siyosat yuritishga yo’naldi. Rossiya bir tomondan Yevrosiyo blogining liderligini qo’lga olar ekan boshqa tomondan ham bu blokni kuchaytirish uchun Turkiya bilan hamkorligini rivojlantirishga tashabbus qildi. G’arb blogi va yevropa o’lkalari tomonidan o’xshash bosimlar bilan duch kelgan Anqara, Vashington va Brusselni muvozanatda tutish uchun  fursatdan foydalanib Moskva fursatidan ham foydalanishdan voz kechmadi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun Turkiya Prezidenti Erdo’g’an  2017-  yili 27- ....  yozgan bir uzr maktubi  Moskva bilan Anqara o’rtasidagi munosabatlarning yaxshilanishini ta’min etdi.

            Bundan keyingi jarayonda 3- mayda amalga oshgan sammitgacha Putin va Erdo’g’an besh marotaba uchrashuv amalga  oshirdi.  Ushbu tig’iz diplomatik  harakat har ikki o’lkaning vazirlari o’rtasida ijro etilgan ko’plab yig’ilishlar bilan davom  ettirildi  va bularga  qo’shimcha ravishda Bosh shtab raislari ham uchrashuv o’tkazdilar.  Iqtisodiy, tashqi siyosat, harbiy, siyosiy va ijtimoiy madaniy- maorifiy  mavzular kabi keng ko’lamli amalga oshirilgan ushbu yig’ilishlarda barcha mavzularda istalgan natija olina olmadi.   

            Ayniqsa, harbiy, strategik va xavfsizlik mavzulari ikki o’lka o’rtasida muammolarning o’rtaga chiqishiga sabab bo’lgan sohalardir. Bu xususan Suriyaga qarata ta’qib etilgan siyosatlarda o’rtaga chiqdi.

            Rossiya, Turkiya tomonidan  terrorist  deb qabul  qilingan  PKK- PYD va YPG kabi unsurlarga  qurol va logistika jihatdan yordam berar ekan,  Anqaraning xavfsizlik maqsadli Shimoliy Iroq va shimoliy Suriyada  yuritgan Dijla  Qalqoni operatsiyasida  ham duch kelmoqdalar. Faqat umuman harbiy, xavfsizlik va strategik mavzularda poyda bo’lgan ushbu kelishmovchiliklar tashqarisida   ikki o’lka qolgan boshqa mavzularda ham   hamkorlik qilishlariga  to’sqinlik qilmoqda.   Bu vaziyat  o’zaro  aloqalarda endi esga kelmagan bir model bo’lgan Kompartmentalizayo uslubi,  Turkiya va Rossiya o’rtasida yaxshi ishlayotganini ham ko’rilmoqda . Ushbu aloqa modelida yechimi qiyin ko’ringan muammolar, nisbatan yechimi oson  bo’lgan yoki ijobiy bo’lgan sohalarni boshi berk  ko’chaga kirishiga ruxsat bermaydi.

            Natijada, Rossiya, diplomatik an’anasi kuchli bo’lgan bir davlatdir. Yirik davlat- kichik davlat aloqalarida  juda mohirona  ayni paytda juda  qattiq ishlatgan bir kuchdir.

            Shu bois mintaqaga  bunday bir davlatga qarshi ta’qib etiladigan siyosatda, muvozanat zaminda joylashgan va ko’p tomonlama  ta’sirga ega siyosiy bir paradigmaga ehtiyoj bordir.

Muvozanat buzilganda esa Rossiya, loyihalashtirgan o’yinni o’z foydasiga va ittifoqdoshining zidiga foydalanishga  taraddud qilmaydi. 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: Diplomatik aloqalar , Rossiya , Turkiya

Aloqador xabarlar