Turkiya, Yevropa va terrorga qarshi kurash

Turkiya Respublikasi Prezidenti voizi va Bosh kotibi o’rinbosari Ibrahim Kalin, Turkiyaning terrorga qarshi kurashi va bunga Yevropa ittifoqi davlatlarining muomalasi masalasini baholadi.

614319
Turkiya, Yevropa va terrorga qarshi kurash

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an bilan Bosh vazir Binali Yildirim 12-noyabr kuni Turkiyaning shimolida joylashgan Sakarya viloyatining kichik bir shaharchasi hisoblangan Arifiyadagi bir dafn marosimida ishtirok etdi. Marhumni oxirgi manzilga kuzatish chog’ida, dafn marosmi ishtirokchilari terrorizmga qarshi shiorlar ayta boshladilar.

Bu kichik hodisa hech qaysi g’arb matbuotida o’rin olgani yo’q. PKK terror tashkiloti tomonidan o’z vazifasi ustida suiqasdga uchragan Turkiyaning Mardin viloyatining Derik tuman hokimi Muhammed Fatih Safirturkning turmush o’rtog’ining og’ir taqdiri esa bironta yevropalik rasmiyning aqliga ham kelmadi.

Hech qaysi Yevropa ittifoqi qo’mitasi, PKK terror tashkiloti qo’l urgan teraktlaru uning matbuotdagi va siyosatdagi yordamchilarini tekshirish va qoralash uchun yig’ilish o’tkazgani yo’q. Hech qaysi Yevropa ittifoqi elchisi ushbu dafn marosimida ishtirok etmadi va hatto Safiturkning oilasiga ta’ziya izhor etganliklarini ham eshitmadik.

Bu vaziyat uzoq yillardan beri davom etib kelmoqda. Yevropalik rasmiylar PKK hujumlarini qoralash uchun til uchida bayonotlar beradilar lekin ularni to’g’ridan-to’g’ri yoki bilvosita qo’llab-quvvatlaganlar masalasiga to’xtalmaydilar ham. PKK terror tashkilotini rasmiylashtiruvchi yoki ularni madh etuvchilarga qarshi e’tiroz bildirgan hukumatni esa tanqid qilish uchun konkret yordam berishga qaraganda ko’proq vaqt ajratadilar. Xalqlarning Demokratik partiyasi Parlament a’zolarining va ularning ommaviy axborot vositalarining, PKK terror tashkilotining hujumlarini, bomba yuklangan mashinalarini, xudkushliklarini va maqsadli uyushtirilgan suiqasdlarini qoralagan biron-bir bayonot bermaganliklari haqidagi satrlarni nomunosib ko’radilar. Yevropa ittifoqining PKK-ni “terror tashkiloti” deb qabul qilganliklari haqida gapiradilar lekin PKK josuslarining va propagandachilarining terror tashkiloti uchun Yevropada faoliyat olib borishlariga, yig’ilish o’tkazishlariga, yangi terroristlarni tashkilot tarkibiga qabul qilishlariga, ideologiyasi uchun propaganda yuritishlariga, Bryusselda va Milliy majlislarda tashkilot foydalariga faoliyat olib borishlariga ruxsat beradilar. Turk fuqarolari Yevropa Parlamenti va Yevropa poytaxtlarining turli ko’chalarida PKK bayroqlarini ko’rganlarida, yevropaliklarni bezovta qiladigan vaziyatga tushmoqdalar.  Xo’sh, bunga kim javob beradi?

AQSh Prezidenti Barack Obama rahbariyati ham PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti PYD va qurolli qanoti YPG terror tashkilotini, DEASh terror tashkilotiga qarshi kurash bahonasi bilan qo’llab-quvvatlamoqda. Bir terrorizmni ikkinchi terrorizm bilan yenga olishning imkonsiz ekanligi aniq bo’lishiga qaramay afsuski vaziyat shunday yani AQSh hukumati PKK-ning Suriya qanotiga qurol-yaroq berish, mashg’ulot o’tkazish faoliyatini davom ettirmoqda. Lekin Suriyadagi ichki urushning egizak ajdariga yani Bashar al-Asad rejimi bilan DEASh terror tashkilotiga qarshi kurash olib boradigan norasmiy Suriya muxolifat kuchlari mavjud. Turkiya rahbarligida 2016-yilning 24-avgusti kuni boshlagan va Suriyaning shimolini DEASh terror tashkilotidan qutqarishni ko’zlagan “Firat qalqoni” amaliyoti quyidagi masalani isbotladi: DEASh terror tashkilotiga qarshi kurashning PKK va Qandil tog’idagi buyruq markaziga qurol berishdan yana-da mazmunliroq bir yo’li bordir.

Yevropaliklar, XDP deputatlarining nazorat ostiga olinishlarini tanqid qilib, haqiqatni tekshirib ko’rmay voqea haqida asabiy bayonotlar berar ekan aslida “Yevropa terror masalasida qosh-standartga egadir” degan fikrlarni takror yodga solmoqda.

Haqiqat shuki: daxlsizligi bekor qilingan boshqa deputatlar Sud qaroriga e’tiroz bildirmagan holda so’roqqa bordilar. Lekin XDP deputatlari Sud qaroriga ochiq-oydin qarshilik ko’rsatib, PKK hujumlarini qoralashdan bosh tortdilar.

Yevropalik siyosatchilar, “fikr erkinligi” bahonasi bilan terrorizmni oqlaganlarning yonida o’rin olib, Yevropada yoyilishi imkonsiz bo’lgan bir printsipni Turkiyaga qabul qildiishga harakat qilmoqdalar. YI siyosiy tashkilotlari va milliy majlis deputatlarining al-Qoida yoki DEASh terror tashkilotlarini himoya qilishi, terrorist faoliyatlarini math etishlari va Sud qarorlariga qarshi chiqishlari uchun ruxsat berishlarini bir tasavvur qilib ko’ring-a?  

Konkret bir faoliyat yuritmay turib terrorizmni qoralashning hech qanday foydasi yo’q. Buning eng konkret o’rnagi 2012-yili Yunon majlisiga 6.9 foizlik ovoz bilan kirgan va uchunchi yirik partiya bo’lgan neo-Nazi va fashist Oltin Shafaq partiyasidir. Bundan 6 yil muqaddam yani 2013-yili partiya raisi va bir necha deputatlar turli ayblovlar bilan ayblanib (ayblovlardan biri jinoyat edi) Sud oldidan nazorat ostiga ham olindi. Agar ayblovlar isbotlanganida edi ular hibsga olinardi. Bu jarayonda hech qaysi YI yetakchisining bu siyosiy partiyaga qarshi Yunon hukumatini tanqid qilganini ko’rmadik. Turkiya vaziyatida esa, ayblovlar terrorni qo’llab-quvvatlashga qaratilgani uchun yana-da murakkab. Turkiyaning yevropalik va amerikalik hamkorlari tomonidan terrorga qarshi kurashda qo’llab-quvvatlanishni kutishi tabiiy holdir.

Bu qo’sh-standartlikni tog’rilagan boshqa masalalar ham bor. Masalan, 240 dan ortiq turk fuqarosining o’limiga yo’l ochgan 15-iyul voqeasi ortidan hukumat ushbu to’ntarishni rejalashtirganlarning ketida. Yevropalik rasmiylar muvaffaqiyatsiz natijalangan to’ntarish tashabbusini qoralash uchun bir og’iz gap aytar ekan, to’ntarishchilarni adolatga topshirgan hukumatni tanqid qilish uchun to’qqiz og’iz gap aytdilar.

Yevropa bu masalada biron-bir yordam berdimi? To’ntarish tashabbusiga qo’l urgan 9 askar Yunonistonga qochdi va ular haligacha ana shu yerdalar. Yuzlab bo’lmasa ham onlan Gulenchi shubhali turlii Yevropa davlatlariga qochdi. Ularni qo’lga tushirish to’g’risida Sud qarori bo’lishiga qaramay hech qaysi Yevropa davlati bu mavzuga javob bergani yo’q. Aksincha, Turkiyada jinoyatga qo’l urganlarni taqdirlash bilan ovora.

Germaniya hukumati, Wikileaksga hukumat hujjatlarini sizdirishda ayblangan va haligacha Rossiyada yashirinib yurgan Eric Snowdenga vaqtinchalik pasport berishni aslo ko’zga ololmas edi. Lekin gap Turkiya haqida borgudek bo’lsa unda hammayoq muhayyo.

Turkiya bunga qarshi e’tiroz bildirganida esa asabiylik, tushunmovchilik deya baholanmoqda.

Insonlarning ko’rgan-bilganlari shudir: Derik tuman hokimi Muhammed Fatih Safiturkning ortida ko’z yoshlari sel bo’lib oqqan beva ayoli va yetim bolasi qoldi. Marhum PKK terror tashkiloti tomonidan suiqasdga uchradi. Hamon ertasi kuni PKK axborot agentliklari ushbu hujumni olqishladi. Eng yomoni hech qaysi yevropalik rasmiy bu voqeani qoralagani yo’q.

Bu vaziyat yaxshilikka dalolat emas. Shunday ekan Yevropa o’zining bu muomalasini o’zgartirishi darkor. Aks holda Yevropa barcha hamkoridan ajrab qoladi. Turkiya, Yevropa ittifoqiga a’zo bo’lishlik masalasiga strategik jihatdan katta ahamiyat bermoqda. Bugungi kunda Turkiya-Yevropa munosabatlari mintaqaviy xavfsizlik va global taraqqiyotning kalitidir. Turkiyaning Yevropada va YI ichida do’stlari bor va bu do’stlari o’rnidan turib Yevropa tarixini bu mavzuda o’zgartirishi kerak. Vizasiz rejim, 2013-yili kelishib olinganidek natijalanishi shart. YI, Turkiya-YI muhojirlar kelishuvining bir bo’lagi hisoblangan moliyaviy javobgarchilikni o’z zimmasiga olishi kerak.

Yevropaliklar Turkiya duch kelgan xavfsizlik masalalariga yana-da ko’proq e’tibor qilishi kerak. Buning nafaqat Turkiyaga, balki Yevropaga ham qanchalik ahamiyatli ekanligini Yevropa bundan buyon qabul qilishi lozim.

 

 

 



Aloqador xabarlar