FETO lideri Fathulloh Gulenning bitmas-tuganmas yolg’onlari…

Fathulloh Gulenning 15 iyul voqealaridan so’ng, xalqaro matbuotga bergan intervyularida yolg’on ifodalari fosh qilindi.

558260
FETO lideri Fathulloh Gulenning bitmas-tuganmas yolg’onlari…

Fathulloh Gulen o’z qilmishini fosh qildi.

Bosh vazirlik qoshidagi Matbuot va Axborot texnologiyalari boshqarmasi tomonidan olib borilgan tadqiqot natijasida, Fathulloh Gulenning 15 iyul voqealaridan so’ng, xalqaro matbuotga bergan intervyularida yolg’on ifodalari fosh qilindi.

Davlatni to’ntarish tashabbusiga qarshi bosh ko’targan insonlarning ko’pchiligi nobud bo’lishiga, minglab aholining esa, yaralanishiga sabab bo’lgan Fathullohchi terror tashkiloti FETO Fathulloh Gulen tomonidan uzoq yillar mobaynida davlatga qarshi rejalashtirilgan jinoyatchi tashkilot ekani aniqlandi.

FETO lideri Fathulloh Gulenning bitmas-tuganmas yolg’onlari…

FETO lideri Fathulloh Gulen to’ntaruv tashabbusidan so’ng, 2016 yilning 16-17 iyul kunlari The Guardian, Financial Times, Wall Street Journal va The New York Times kabi nashrlarga bergan intervyusida to’ntaruv tashabbusining bosh javobgari ekanini yashirish uchun o’tmishdan beri to’ntaruv jarayonlarida jabrlanganini ilgari surdi.

Xolbuki, Fathulloh Gulen 12 sentyabr voqealari haqida “Oqim” jurnalida chop etilgan maqolasida isyonchi harbiylarga nisbatan “Hizir kabi yetishdilar” ifodasini tilga olgan edi.

2005 yil 31 yanvar kuni “Milliyet” gazetasiga bergan intervyusida esa, Fathulloh Gulen 12 sentyabrdagi to’ntaruv jarayonini boshqargan Kenan Evrenni “jannatga loyiq” deb e’lon qilgan edi. Gulen "28 fevral to’ntaruv jarayoni"da 1997 yil 16 aprel kuni “Kanal D”da efirga uzatilgan bir ko’rsatuvda, to’ntaruvchilarning Farovon-yo’l hukumatidan yana ham demokrat ekanini ilgari surib, o’tmishdan beri to’ntaruv tarafdori ekanini namoyon qilgan edi.

FETO lideri Gulenning o’sha davrdagi siyosiy jarayonda hukumatga nisbatan “Uddalay olmadingiz, o’rningizni bo’shating!” degan ifodalari hamon unutilmagan. Bunga qaramasdan, Gulen xalqaro matbuotda to’ntaruv jarayonlaridan jabrlangandek bo’lib ko’rinishdan voz kechmadi.

FETO lideri Fathulloh Gulen 2016 yil 16 iyul kuni The Guardian, Financial Times va The New York Times gazetalariga bergan intervyusida davlatni to’ntarish tashabbusiga hech qanday aloqasi yo’qligini ma’lum qildi.

2016 yil 17 iyul kuni Wall Street Journal va Vesti TVga bergan intervyusida esa, to’ntaruv tashabbusi hukumat tomonidan rejalashtirilgan stenariya ekanini ilgari surdi.

Ketma-ket uch kun mobaynida xalqaro media organlariga intervyu bergan Fathulloh Gulen bunga qaramasdan, 2016 yil 18 iyul kuni BBCga bergan intervyusida bu safar to’ntaruv tashabbusining muxolifat partiyalariga yaqin harbiylar tomonidan sodir qilingan bo’lish extimolini ilgari surdi.

FETO to’da boshi Gulenning, 17-25-dekabr kunlari va Yechim jarayoni haqida ham shunga o’xshash yolg’on gaplar tarqatgani bergan intervyusida yana-da yaqqol o’zini ko’rsatdi. Avvalroq 17-25-dekabr jarayoni doirasida tashkilot tomonidan amalga oshirilgan noqonuniy tinglash ishlarini boyniga olmagan Gulen 2016-yilning 17-iyulida,  “Wall Street Journal” ga bergan intervyusida esa yaqinda Hurmatli Prezident Erdog’anning yaqinlaridan ma’lumot ololganligini, “Prezidentning yaqinidagilar tarqatgan ma’lumotga ko’ra” deya ifodalash orqali bildirib qo’ygan va o’zini yolg’onchiga chiqardi. Huddi ana shu intervyuda FETO to’da boshi Gulen, 17-25-dekabrning AQSh va Germaniyaning maxfiy xizmati tomonidan amalga oshirilgan bo’lishi mumkin ekanligini iddio qilib, o’zini oqlashga harakat qildi.

15-iyul voqeasidan beri hech qaysi imkonni qo’ldan boy bermay, Pensilvaniyadagi hovlisining darvozasini xalqaro ommaviy axborot vositalari uchun ochgan FETO to’da boshi, 2016-yilning 17-18-iyuli kunlari “CNN” va “Wall Street Journal” ga bergan intervyusida Yechim jarayonini “xiyonat jarayoni” deya sharhladi. Faqat Gulen avval, 2014-yilning 27-yanvari kuni BBCga bergan intervyusida esa Yechim jarayoni doirasida amalga oshirilgan muzokaralarga qarshi emasligini va hatto jarayonni qo’llab-quvvatlaganligini ta’kidlab o’tgan edi. Shuningdek 2016-yilning 4-avgusti kuni, Iroqning “NRT” kanaliga bergan intervyusida esa FETO to’da boshi avval, Yechim jarayonidek, 10 moddalik bir nizomni hukumatga taqdim etganligini faqat uning qabul qilinmaganligini iddio qilib, NRT kanali tomoshabinlarining ko’pchiligini tashkil etgan kurdlarga qarshi ig’vogar ifodalarga o’rin bergan.    

FETO to’da boshi Gulen keyingi kunlarda jiddiy ravishda, din arbobidek ko’rinishdan voz kechayotgan edi. Deyarli har bir va’zlarida to'n va do'ppi kiygan Gulen, xalqaro ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida kostyum kiydi. Shuningdek hovlisning eng oddiy xonasida tasvirga olishlariga ruxsat berish orqali, o’zining va FETO ning to’ntarishga tashabbus qilololmay turgan darajada kamtarin ekanligini ko’rsatishga harakat qildi.   

Yolg’onlar asosida erishilgan hayot sharoiti 

FETO to’da boshi Gulen, xalqaro ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida to’ntarish qurboni, tinchliksevar va kamtarin din arbobidek ko’rinishga harakat qilishiga qaramay bugungacha tarqatgan yolg’onlarining oshkora bo’lishiga mone’lik qilolmadi. Oxirgi vaqtlarda Turkiyada yuz berayotgan tanqidiy jarayonlarga aralashishdan voz kechmagan FETO, bugungacha 28-fevral Postmodern to’ntarishi, Tahshiye kabi siyosiy va adliy jarayonlarda davlat tashkilotlariga sizib kirgan a’zolari orqali minglab kishining qamoqqa kirishiga yo’l ochdi. 15-iyuldagi to’ntarish tashabbusi esa aslida mana shu tashkilotning kirli va qonli siymosini butun dunyoga yaqqol ko’rsatgan jarayon bo’lib chiqdi.

Gulenning bir- birga zid  izohotlari

2016- yili 1-16 iyul “ Harbiy to’ntarish tashabbusining  men  bilan bir aloqasi yo’q,  harbiy  to’ntarishga  qarashiman” Guardian, Financial Times, New York Times

2016- yil 17- iyul” Harbiy to’ntarish iddaosi bir ssenariydir. Harbiylarni  lavozimdan chetlashtirish uchun o’zlari  uyushtirgan bo’lishi mumkin.” Wall Street Jurnal, Vesti TV

2016- yil 18- iyul” Muxolafat partiyasi tarafdorlari bo’lishi mumkin. Millatchilar, bo’lishi mumkin” BBC World, Spiegel Online

2016- yil 18- iyul “ Bizga yaqinlik his etgan, milliy tuyg’ulari bo’lgan  sof odamlar ushbu tashabbusga aldangan bo’lishi mumkin”

BBC World, Spiegel Online

2016- yili 2-16 iyul “ Harbiy to’ntarishga qarshiman. Demokratiya, saylovga ishonaman.” Gurdian, Financial Times, Nyu York Times

1980- yili 30- sentabr “ Umidimiz qolmagan bir  paytda,  yordamimizga yetib kelgan harbiylarga yana hurmat bajo keltiramiz”  Sizinti  jurnali

2005- yili 31- yanvar “ 12- sentabr harbiy to’ntarishni amalga oshirgan  Kenan  Evren jannatli bo’lishi mumkin.” Milliyat gazetasi

1997- yil 16- aprel “ 28- fevral harbiy to’ntarishni amalga oshirgan harbiylar yana demokratdir ... Refah- Yo’l  hukumatiga  bajara olmadingiz, vazifani tark eting” Kanal D

2016- yili 3-16 iyul  “ AQSh  ushbu o’yinga aldanmas, zamonaviy huquqni nima desa uni bajo keltiradi”

2016- yili 18- iyul “  o’lkadan chiqarib yuborilishdan qo’rqmayman, AQSh unday bir qaror bersa unday  ham bo’ladi.

Xalqaro bir komissiya tuzilsin va tadqiq qilinsin.” Spiegel Online

2014- yili 4- 18- iyul “ Yechim jarayoni muzokaralariga qarshi emasman” BBC

2016- yili 17-18 iyul “  Yechim jarayoni bir xiyonatdir, tashkilot 2-3 yil mobaynida shaharlarda qurol yig’di. Bular  bunga ko’z yumdilar, endi esa mamlakatning sharqiyni xarobaga aylantirdi... Turkiyani bo’lishni rejaladilar.” The Wall Street Journal, CNN

2016- yil  4- avgust” “ Kurd masalasiga tegishli qo’limizda hanuz ham yozma o’n moddali bir yechim taklifini Prezidentga  taqdim etdik faqat rad etildi. Mamlakatning sharqiyni  qon ko’liga aylantirdi.” NRT

2013-  yili 5- 17- 25- dekabr” qonunsiz ravishda boshqalarining telefonini tinglash masalasining  biz bilan  bir aloqasi yo’q”

2016- yili 17- iyul “ 17- 25 dekabr jarayonidan Nemis va AQSh razvedkasi javobgar bo’lishi mumkin” Wall Street Journal

 

 

 

 



Aloqador xabarlar