Turk Qizil Yarim Oy jamiyati yetimlarning boshini silamoqda

Turk Qizil Yarim Oy jamiyati G’azodagi yetim bolalarga 7000 dollar naqd pul o’tkazdi.

259403
Turk Qizil Yarim Oy jamiyati yetimlarning boshini silamoqda

Turk Qizil Yarim Oy jamiyati G’azodagi yetimlarning boshini silamoqda.
Turk Qizil Yarim Oy jamiyati G’azodagi 127 ta yetim bolaga naqd pul o’tkazdi.
Turk Qizil Yarim Oy jamiyatining Xalqaro dasturlar bo’yicha mas’ul vakili Go’khan Duduning aytishicha, G’azodagi yetim bolalarga 7 ming dollar naqd pul tarqatilgan.
Uning aytishicha, kelgusi 3 oy mobaynida yetim bolalarga naqd pul tarqatish faoliyati davom etadi.
Turk Qizil Yarim Oy jamiyati asosan, G’azodagi Emel yetimxonasida yashagan bolalarga yordam qo’lini uzatganini bildirgan Dudu, “Yetimlarga yordam berish bizning vazifamizdir. Bolalarning yuzini biroz bo’lsa ham kuldirgan bo’lsak, ular o’zlarini himoyaga olingandek his qilgan bo’lsalar bundan baxtiyormiz”-dedi.
Falastin Ijtimoiy ishlar vazirligining ma’lumotiga ko’ra, G’azoda yetim bolalar soni tahminan 20 mingni tashkil qiladi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar