Tashqi ishlar vaziri Ahmet Davutog’lu Jazoyirda...

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmet Davutog’lu Jazoyirdan xalqaro hamjamiyatga hitob qildi.

76289
Tashqi ishlar vaziri Ahmet Davutog’lu Jazoyirda...

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmet Davutog’lu Jazoyirdan xalqaro hamjamiyatga hitob qildi.
Davutog’lu kecha Daxlsizlar harakatining 17-vazirlar yig’ilishida 120 dan ziyod davlatning tashqi ishlar vazirlarini qutblashuvdan uzoq turishga chaqirdi.
Vazir Davutog’lu yig’ilishda so’zlagan ma’ruzasi xaqida matbuot xodimlariga ma’lumot berdi.
Davutog’lu xalqaro hamjamiyatni xalqaro tinchlik va barqarorlik ta’minlaydigan darajada tashabbus ko’rsatishga chaqirganligini aytib o’tdi.
Turkiya Afrika davlatlariga yordam beradigan asosiy davlatlardan biri ekanligini tilga olgan Davutog’lu, Afrika davlatlari bilan yuritilgan hamkorlik faoliyatlari davom etishini bildirdi.
İroq, Livan va Serbiya bilan bir qatorda, jami 15 davlatning tashqi ishlar vazirlari bilan o’zaro uchrashuv amalga oshirgan Davutog’lu Turkiyaning 2015-2016 yillar mobaynida yuritadigan BMT Xavfsizlik kengashiga o’tkinchi a’zo bo’lishini qo’llab quvvatlashga chaqirdi.
Somalida hayotdan ko’z yumgan xavfsizlik xodimining oilasiga hamdartlik bildirgan Davutog’lu, bu hujum Turkiyaning Afrikada yuritgan siyosatini o’zgartirmasligini aytib o’tdi.
Shuningdek, Ukrainada ushlab ketilgan AGİT xodimi Mehmet Kilichni qutqarish uchun zarur tashabbusni yo’lga qo’yganligini bildirdi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar