Prezident Mustafa Akinjining ilk rasmiy ziyorati

Mustafa Akinji, Shimoliy Kipr Turk Respublikasining 4- Prezidentidir.

263490
Prezident Mustafa Akinjining ilk rasmiy ziyorati

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Mustafa Akinji prezident bo’lib saylanganidan keyin ilk rasmiy ziyoratini Anqaraga qaratdi.

Mustafa Akinjini Esenbog’a aeroportida Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavuso’g’li kutib oldi.

Akinji ushbu ziyorati doirasida ilk olaroq Bosh vazir Ahmet Davuto’g’li bilan Chankaya ko’shkida uchrashuv olib boradi. Ortidan Anitqabrni ziyorat qilmoqchi bo’lgan Akinji Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’li tomonidan o’zining hurmatiga berilgan tushlik ziyofatida ishitrok etadi.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Akinjini Prezidentlik Saroyida rasmiy marosim bilan kutib oladi.

O’zaro va hay’atlararo uchrashuvlari ortidan ikki lider matbuot anjumani uyushtiradilar.

Oqshom vaqtida esa Prezidentlik Saroyida Akinjining hurmatiga ziyofat beriladi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar