Anqarada, muhim hujjatli film taqdimoti bo'lib o'tdi

Ushbu hujjatli film Anqarada TRT Bosh direktorligida namoyish etildi.

290005
Anqarada, muhim hujjatli film taqdimoti bo'lib o'tdi

TRT Bosh direktori Shenol Go’ka Ozarbayjonda armanlar tomonidan sodir etilgan genotsid-ommaviy qirg’in haqidagi ushbu hujjatli filmning taqdimoti chog’ida so’zga chiqar ekan o’tmishdan bugungi kungacha bu geografining katta azob-uqubatlarga girifdor bo’lganligiga e’tibor qaratdi.

“31-mart ayniqsa 1918-yildan boshlagudek bo’lsa unda judayam katta azob va uqubatlarga girifdor bo’lingan kunlardir” degan Go’ka 31-martning Ozarbayjonda yuz bergan qatliomning ramzi ekanligini ham qo’shimchaladi. Shuningdek bu geografiya qiyinchilikni ko’rgan, azob va uqubat tortgan geografiyadir. Ammo shu bilan birga sabrning geograifyasidir” deya gapirdi.

Go’ka “Qorabog’ning hayqirishi” deb nomlangan hujjatli filmning qatliomni esdan chiqarilmasligi va esdan chiqartilmasligi bo’yicha judayam ahamiyatli bir vosita bo’lishini ham aytdi.

Ozarbayjon Diaspora ishlaridan mas’ul davlat qo’mitasi raisi Valeh Hajiyev “Bugun bu yerga hamdardlik uchun keldik. 31-mart Ozarbayjonlilarning genotsid-ommaviy qirg’in kuni. Bu qatliomlar Ozarbayjonda 200 yildan beri davom etib kelmoqda. Bizning boshimizga tushgan azob-uqubatlarni haligacha katta davlatlar tan olgani yo’q. Tan olishni ham xohlamayabdilar” deya gapirdi.

Ozarbayjonning Anqara elchisi ham ushbu qatliomning esdan chiqmasligini ta’kidladi.

TRT Bosh direktori Shenol Go’ka ushbu hujjatli filmning tushirilishi uchun xizmat ko’rsatganlarga minnatdorchilik bildirildi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar