Toshken Haftanomasi

O'zbekiston bilan aloqalar mustahkamlashmoqda.

119572
Toshken Haftanomasi

Samarqand shahrida 1-3 oktyabr kunlari BMT jahon sayyohlik tashkiloti Ijroiya kengashining 99-sessiyasi bo`lib o`tadi.
Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
Bu anjumanda Osiyo, Evropa, Shimoliy va janubiy Amerika hamda Afrika qit`alaridan ko`plab olimlar, nufuzli xalqaro sayyohlik tashkilotlari rahbar va vakillari, ilmiy markazlar va institutlar mutaxassislari, ekspertlar ishtirok etishi kutilmoqda.
Xabarda qayd etilishicha, O`zbekistonda sayyohlikning ekoturizm, geoturizm, ekstremal, tibbiy va madaniy yo`nalishlari, otda, tuyada, avtomobilda sayohat qilish, alpinizm, baliq ovi, rafting kabi ko`plab turlari rivojlanmoqda. Shuningdek, 900dan ortiq sayyohlik firmalari faoliyat ko`rsatmoqda.
O`zbekiston jahon sayyohlik tashkilotiga 1993 yilda a`zo bo`lgan.
O`zbekiston sayyohlik ko`lami va tarixiy qadamjolari ko`pligi bo`yicha dunyodagi etakchi o`n mamlakat qatorida turadi.
Mamlakat hududida 4000dan ziyod tarixiy va madaniy yodgorlik bor. Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz shaharlari YuNESKOning jahon merosi ro`yxatiga kiritilgan.

5 sentyabr kuni O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Argentina Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Eduardo Antonio Zuain bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
Suhbatda siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalar holati va istiqbollari muhokama qilindi, deya xabar tarqatdi TIV matbuot xizmati.
Uchrashuvda turli darajadagi ikki tomonlama muntazam aloqalar, ishbilarmon doira vakillari, olimlar va ekspertlar, madaniyat va san`at arboblari uchrashuvlari davlatlar o`rtasidagi hamkorlik faol rivojlanishiga zamin yaratishi ta`kidlandi.
Shuningdek, o`sha kuni Eduardo Antonio Zuain Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida ham qabul qilindi.
Muzokaralar chog`ida ikki mamlakat o`rtasidagi o`zaro manfaatli savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Ҳamkorlikning me`yoriy-qonuniy asosini shakllantirish, ishbilarmon doiralar darajasida sherikchilik aloqalarini faollashtirish va kengaytirishning muhimligiga to`xtalib o`tildi.
Vazirlik ma`lumotiga ko`ra, 2013 yil yakunlari bo`yicha O`zbekiston va Argentina o`rtasidagi tovar aylanmasi hajmi 2,2 marta oshdi va 24 million dollarni tashkil qildi.
joriy yilning birinchi yarmida esa o`zaro savdo hajmi 3 barobarga oshib, 39 million dollarga yetdi.
Geçiş…..
Shu xaftada poytaxtdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida an’anaviy Tashkent Open 2014 turnirning asosiy tur bahslari boshlanadi.
Mukofot jamg‘armasi 250 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi musobaqada sayyoramizning ko‘zga ko‘ringan raketka ustalari ishtirok etadi.
Turnirning birinchi raqamli tennis malikasi sifatida amaldagi musobaqa chempioni serbiyalik Boyana Jovanovski e’tirof etilgan.
U ayni paytda dunyo reytingida 32-o‘rinni egallab turibdi.
O‘tgan yilgi finalda Boyana belaruslik Olga Govorsovani 2:1 hisobida taslim etgandi.
Bu yilgi turnirda isroillik Shaxar Peyer, rossiyaliklar Alla Kudryavseva, Kseniya Pervak, Aleksandra Panova, italiyalik Karina Knapp, xorvatiyalik Donna Vekich, polshalik Ursula Radvanska, ruminiyalik Irina-Kamella Begu, yaponiyalik Misaki Doi, lyuksemburglik Mendi Minella singari taniqli raketka ustalari o‘z mahoratlarini namoyish etishadi.
Mamlakatimiz sharafini asosiy bahslarda Nigina Abduraimova hamda Oqgul Omonmurodova himoya qiladi.

Toshkentda kurash bo'yicha jahon chempionati bahslari boshlandi
8 sentabr kuni Toshkentda erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo'yicha kattalar o'rtasida jahon chempionati bahslari boshlandi.
Mazkur musobaqa 14 sentabrga qadar davom etib, unda 90 dan ziyod davlatdan ming nafardan ortiq sportchi jami 24 vazn toifasida g'oliblik uchun kurash olib boradi.
Mazkur jahon chempionati musobaqalari boshlanishi oldidan Birlashgan kurash usullari federatsiyasining (FILA) hisobot saylov Kongressi bo'lib o'tdi.
Kongressda tashkilotning nomi bundan buyon Butunjahon kurash ittifoqi (United World Wrestling) deb yuritilishi e'lon qilindi.
Bundan tashqari, yig'ilish doirasida, UWWning yangi Konstitutsiyasi, Nizomi, Dopingga qarshi reglamenti kabi bir qator hujjatlar qabul qilindi. Shuningdek, tashkilotning 2014-2016 yillardagi byudjeti, istiqbolli rejalari tasdiqlandi.
Qayd etish joizki, kongress a'zolari tomonidan Nenad Lalovich Butunjahon kurash ittifoqi rahbari etib tayinlandi.
Shu bilan bir qatorda, tashkilotning Byuro a'zoligiga hamyurtimiz Ahrol Ro'ziyev qayta saylandi.
8 sentabr kuni erkin kurash bo'yicha 57 kg., 70 kg., 86 kg., 125 kg. vazn toifalaridagi sportchilar o'rtasida musobaqalar o'tkazildi.
Mazkur musobaqada O'zbekiston sharafini Ҳayot Sayfullayev, jamshid Kenjayev, Ixtiyor Navro'zov, Bekzod Abdurahmonov, Rashid Qurbonov, Umidjon Ismanov, Omar Omarov, Qurbon Qurbonovlar himoya qiladi.

O'zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Ashxobod shahrida bo'lib o'tgan Transport va tranzit yo'laklar sohasidagi hamkorlik masalalari bo'yicha yuksak darajadagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.
Konferensiya ishida qator xorijiy davlatlarning transport, tashqi ishlar, savdo vazirliklarini taqdim qiluvchi 200 dan ortiq delegat, shuningdek xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar ham ishtirok etishdi.
Anjumandagi kun tartibiga muvofiq, avvalo Markaziy Osiyo mintaqasi orqali o'tuvchi samarali xalqaro va mintaqaviy transport hamda tranzit yo'laklarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, konferensiya doirasida “O'zbekiston-Turkmaniston-Eron-Oman” xalqaro transport yo'lagini yaratish to'g'risidagi bitimni amalga oshirish istiqbollariga oid to'rt tomonlama uchrashuv ham bo'lib o'tdi.
Qayd etish joizki, O'zbekiston, Turkmaniston, Eron va Oman tashqi ishlar vazirlari shu yilning 6 avgustida ko'rsatib o'tilgan to'rt mamlakatni birlashtiradigan transport yo'lagini yaratishga oid Bitimning kuchga kirishi bo'yicha o'zaro hamjihatlik to'g'risidagi memorandumga imzo chekkan.
Markaziy osiyo davlatlarini Fors bo'g'ozi portlari bilan bog'laydigan yangi xalqaro transport koridorini barpo qilish haqidagi bitim 2011 yilning aprel oyida imzolangan.
Mazkur transport yo'lagi Eron hududi bo'ylab o'tadi va Markaziy Osiyo davlatlari uchun Fors va Oman bo'g'ozlaridagi eron portlariga chiqish yo'lini ochadi.
Ekspertlarning fikriga ko'ra, ushbu bitimning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi minqalararo munosabatlardagi bosqichli voqea bo'lib, keng ko'lamli mintaqadagi davlatlar o'rtasida o'zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish imkonini beradi hamda ishtirokchi mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi uchun turtki bo'ladi.
O'zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Turkmanistonga tashrifi doirasida kelgusida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirga oid dolzarb masalalar bo'yicha turkman tomoni bilan ikki tomonlama muzokaralar o'kazdi.

NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussenning taklifiga binoan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi 2014 yil 4 sentabrda Alyansning Uelsda (Buyuk Britaniya) bo‘lib o‘tgan navbatdagi Sammiti doirasida Afg‘oniston masalasi bo‘yicha yig‘ilishda ishtirok etdi.
5 sentabr kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Nyuport shahridagi NATO Sammitining Afg‘oniston masalasi bo‘yicha maxsus yig‘ilishda ishtiroki doirasida, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qo‘shma Qirolligi Tashqi ishlar va Ҳamdo‘stlik ishlari bo‘yicha vazirining parlamentdagi o‘rinbosari Tobias Ellvud bilan uchrashdi.
Suhbat davomida O‘zbekiston-Britaniya kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama etildi. Shuningdek, shu davrga qadar o‘zaro hamkorlik doirasida turli sohalarda erishilgan ikki tomonlama kelishuvlarning bajarilish jarayoni ko‘rib chiqildi.
Shu bilan bir qatorda, tomonlar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga ega ayrim muammolar yuzasidan fikr almashdilar.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar