Qozog’istonda havo harorati keskin pasayib, ba’zi viloyatlar qahraton sovuq icihda qoldi

Ostona shahar xokimiyati, Sog’likni saqlash Bosh boshqarmasi seshanba kuni boshlagan kuchli ayoz tufayli 14 kishining kasalxonaga yotqizilganligini ulardan 4 nafarining yosh bolaligini qayd etdi.

Qozog’istonda havo harorati keskin pasayib, ba’zi viloyatlar qahraton sovuq icihda qoldi

Qozog’iston poytaxti Ostona bilan Qorag’anda, Pavlodar va Sharqiy Qozog’iston viloyatlarida havo harorati -35 darajadan ham tushib ketishi tufayli ta’lim markazlari vaqtinchalik yopildi.

Ostona shahar xokimiyati, Sog’likni saqlash Bosh boshqarmasi seshanba kuni boshlagan kuchli ayoz tufayli 14 kishining kasalxonaga yotqizilganligini ulardan 4 nafarining yosh bolaligini qayd etdi.

Shahar xokimiyati yo’lda qolganlarning isinib olishiga imkon beradigan yopiq turdagi avtobus bekatlarining ro’yhatini tarqatar ekan, ayni vaqtda xalqni, sovuqda tashqarida qolgan insonlarga qarshi uquvli bo’lishga undadi.

Qozog’iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar qo’mitasi xalqni uzoq safarga chiqmasligi va iloji boricha tashqariga chiqmasliklari uchun ogohlantirdi.

Shuningdek Qorag’anda, Pavlodar va Sharqiy Qozog’iston viloyatlarida ham ta’lim markazlarining vaqtinchalik yopilganligi ma’lum qilindi.

Qozog’iston Gidrometeorologiya markazi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko’ra kunduzi -27 bo’lgan havo harorati kechasi -37 darajadan ham tushmoqda. Shunday havo harorati hafta oxirigacha davom etadi.

 

 



Aloqador xabarlar