O'zbekistondan xabarlar 5-qism

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati Forish tumaniga tashrif buyurib, atom elektr stantsiyasini qurish uchun muhandislik tadqiqotlari olib borilayotgan maydonlardan birini ko`zdan kechirdi.

O'zbekistondan xabarlar  5-qism

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati Forish tumaniga tashrif buyurib, atom elektr stantsiyasini qurish uchun muhandislik tadqiqotlari olib borilayotgan maydonlardan birini ko`zdan kechirdi.

Forishda Mirziyoyev "O'zatom" agentligi va "Rosatom" korporatsiyasi rahbarlari bilan suhbatlashdi.

Suhbat chog'ida Mirziyoyev, bu ulkan loyiha Rossiya bilan strategik sheriklikning yangi yo`nalishi ekanligini aytar ekan, "Mamlakatimiz sanoati rivojlanyapti, aholi soni o`syapti. Hali oldinda yana katta rejalarimiz bor. Bular uchun barqaror energiya ta`minoti kerak. Bizning atom stantsiyamiz boshqalardan ham yaxshi, sifatli va xavfsiz bo`lishi kerak, - deya ta'kidladi.

Mirziyoyev, shuningdek atom elektr stantsiyasini aniq hisob - kitob va puxta tayyorgarlik bilan qurish, xorijdagi stantsiyalar qurilishidagi tajribani o`rganish zarurligi ta`kidladi.

Prezident tashrifi doirasida shuningdek Forish tumanini ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirish, turizm salohiyati va lalmi yerlardan samarali foydalanishga qaratilgan loyihalar taqdimoti o`tkazildi.

Shavkat Mirziyoyev tumanda suvni tejaydigan texnologiyalarni qo`llash natijasida aholi daromadlarini ko`paytirish masalalarining muhokama qildi hamda jizzaxlik nuroniylar bilan uchrashdi.       

"O`zbekiston havo yo`llari" kompaniyasi 2019- yilda Tbilisi, Myunxen va Karachi yo`nalishlarda yangi parvozlarni yo`lga qo`yadi.

Bu xaqida "O`zbekiston havo yo`llari" kompaniyasi matbuot xizmati xabar qildi.

Kompaniya shuningdek, 2018-yilda amalga oshirilgan ishlar xaqida xam ma'lumot berdi.

Bu ma'lumotlarga ko'ra, o`tgan uch oy ichida Milliy aviakompaniya Mumbay, Vladivostok va Jiddaga yangi parvozlarni yo`lga qo`ydi.

2018 yilda shuningdek Moskva yo`nalishida parvozlar soni haftasiga 27 taga etkazilib, Samarqand, Buxoro, Urgench, Termız, Namangan va Farg`ona shaharlarini Moskva bilan bog`lab turgan parvozlar umumiy soni esa 49 taga chiqarildi.

O'than yili shuningdek, Seul, Dushanbe, Bishkek, Minsk, Rostov, Ostona va Novosibirsk shaharlariga ham parvozlar soni oshirildi. O'tgan yilda İstanbulga parvozlar soni Toshkentdan 10taga Samarqanddan 2taga yetkazildi.

O`zbekiston havo yo`llari milliy aviakompaniyasi o`tgan yil davomida 21 mingta parvozlarni amalga oshirib, 3 million yo`lovchiga xizmat ko`rsatdi.        

O`zbekiston Bosh vaziri o`rinbosari - investitsiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi raisi Suxrob Xolmuradov o'tgan xaftada Yevropa İttifoqining Markaziy Osiyo bo`yicha maxsus vakili Peter Burian boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda so'z olgan Burian, O`zbekiston o`z oldiga qo`ygan maqsad sari harakat qilsa Markaziy Osiyoda iqtisodiy etakchiga aylanishi mumkinligini ta`kidladi.

Burian aytishicha, Yevropa İttifoqi Shavkat Mirziyoyevning mintaqaviy siyosatini olqishlaydi xamda mamlakat tashabbuslarini qo`llab - quvvatlashga tayyor.

Uchrashuvda, Yevropa Ittifoqi vakillari O`zbekiston rahbariyatining Afg`onistonda tinchlik o`rnatishga qaratilgan tashabbuslarining muhimligiga e`tibor qaratdilar.

Burian, shuningdek Yevropa İttifoqining O`zbekistonning Butunjahon savdo tashkilotiga kirish bo`yicha rejalarini qo`llab - quvvatlashga va respublikaga bu borada kerak bo'lgan yordamni ko`rsatishga tayyor ekanligini bildirdi.

Yevropa tashqi aloqalar xizmatining Markaziy Osiyo bo`yicha bo`linmasi rahbari o`rinbosari Filip van Amersfoort, Yevropa ittifoqi Markaziy Osiyo bilan hamkorlikning yangi strategiyasini ishlab chiqish ishlarini yakunlayotganligini aytar ekan, mazkur hujjatning shu yilning birinchi yarimida qabul qilinishini ta'kidladi.

Amersfoortning so'zlariga ko'ra, hujjatda O`zbekistondagi yangilanishlarni qo`llab - quvvatlash bo`yicha barcha choralar aks ettiriladi.

Yevropa Ittifoqining o`zbek tovarlari uchun o`z bozorlariga keng yo`l ochishni maqsad qilgan maxsus dasturga ko`ra, O`zbekiston uchun Yevropa bozorlariga olti ming turdan ziyod tovarlarning bojsiz kiritilishi imkoniyati taqdim etilishi ko`zda tutilgan.       

O`zbekiston va Tojikiston chegarani belgilashga doir huquqiy hujjatni imzoladi.

Shu yilning 21-27- yanvar kunlari Dushanbe shahrida O'zbekiston - Tojikiston davlat chegarasini demarkatsiya qilishning tashkiliy-huquqiy masalalarini kelishish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi delegatsiyalarining navbatdagi uchrasvuvi bo'lib o'tdi.

Bu xaqida O`zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, uchrashuvda O`zbekiston va Tojikiston delegatsiyalari davlat chegarasini demarkatsiya qilishga doir huquqiy hujjatlarni tayyorlashdi.

“Muzokaralar doirasida bir qator normativ - texnik hujjatlar loyihalari tayorlandi. Ushbu hujjatlar asosida demarkatsiya ishlarini o`tkazish uchun hududlarda davlat chegarasi chizig`ini aniqlash bo`yicha muzokaralar boshlanadi. ”, - deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Xabarda aytilishicha, uchrashuv an`anaviy do`stlik va o`zaro tushunish muhitida o`tdi. Tadbir yakuniga ko`ra Bayonnoma imzolandi.

Ma'lumki, bugungi kunda, jami uzunligi 1330 kilometrdan ortiq bo'lgan O`zbekiston va Tojikiston davlat chegarasining 20 foizi yoki 260 kilometrga yaqin qismida delimitatsiya va demarkatsiya ishlari amalga oshirilmagan.

           

Sözcük sayısı: 588


Tanlangan kalimalar: Xabarlar , O'zbekiston

Aloqador xabarlar